O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi o’rganiladi

2018 yilning 31 dekabr kuni Guliston davlat universiteti Kengashining kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni universitet rektori M.Xodjiev olib bordi. Dastalbki masala 2018 yilning 28 dekabr sanasidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar to’g’risida universitet rektori ma’ruza qildi.

Ma’ruzada Prezident Murojaatnomasi har bir fakultet kafedralari va bo’limlar kesimida atroflicha o’rganilishi lozimligini, Prezident Murojaatnomasida ko’tarilgan masalalar bo’yicha “Yo’l xarita”lariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish hamda  uning ijrosini ta’minlashda har bir professor-o’qituvchi mas’ul ekanligini ta’kidlab o’tdi. Bundan keyingi faoliyatda korruptsiyaga qarshi kurash va belgilangan vazifalarni vijdonan bajarish har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligiga urg’u berildi.

2019 yilning yanvar oyining dastlabki haftasida barcha fakultet kafedralari va bo’limlarga Prezident Murojaatnomasini targ’ib qilish bo’yicha mas’ullar belgilandi.

 

Matbuot xizmati.

231 | 2019-01-03 09:54
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish