Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari mavzusida maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi

2018 yil 1 fevral kuni Guliston davlat universitetida professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar oʻrtasida viloyat huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida “Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari” mavzusida maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor F.Niyazov, universitet professori R.Mahmudov, Sirdaryo viloyat Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimi R.Sharipov, Sirdaryo viloyati prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boʻlimi alohida ishlar tergovchisi M.Sulaymonov, Sirdaryo viloyati IIB JQB K va IJQKB tezkor vakili, kapitan J.Xoʻjamqulov, fakultet dekanlari, dekan oʻrinbosarlari, professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar “Korrupsiya”ning soʻzining lugʻaviy maʼnosi, mazmun-mohiyati, salbiy oqibatlari, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga keltiradigan zarari, mamlakatimizda va dunyo hamjamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtdishdi.


Matbuot xizmati.

234 | 2019-02-02 11:52
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish