Giyohvandlik asr vabosi

2019 yil 5 fevral kuni Guliston davlat universitetida “Yoshlar orasida giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish” mavzusida huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor F.Niyazov, Guliston davlat universiteti professori R.Mahmudov, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi A.Rasulov, Sirdaryo viloyat IIB, Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Xolmatov, Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari I.Qudratov, Sirdaryo viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi S.Oʻrdaboyev, Guliston shahar Adliya boʻlimi boshligʻi N.Qarshiboyev, viloyat OAV boshqarmasi boshligʻi Z.Xaydarova, Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashi boʻlim mudiri A.Raxmonov, professor-oʻqituvchilar va talabalar qatnashdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan maʼruzachilar Respublikamizda 2019 yil fevral oyi “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqalishiga qarshi kurash” oyligi boshlangani, ushbu tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini tadbiq etish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq muammolarga jamiyat eʼtiborini qaratish, aholi orasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida ogohlikni oshirishga qaratilgani, giyohvandlik ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga sabab boʻlayotgani, unga qarshi kurash choralari haqida gapirib oʻtdishdi.
Shundan soʻng talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi IIV Narkotik va giyohvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan tayyorlangan “Ajalga elituvchi yoʻl” mavzusidagi xujjatli film namoyish etildi.

Matbuot xizmati.

179 | 2019-02-06 17:11
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish