Liderlar bilan uchrashuv

2018-2019 o’quv yilidan boshlab Guliston davlat universitetida ta’lim yo’nalishlarining akademik guruhlarida boshqaruvning “guruh sardori” (starosta) tizimidan voz kechilib, guruhlarni boshqarishda innovatsion yondashuv: guruhdagi ijtimoiy faol, Yoshlar ittifoqi universitet boshlang’ich tashkiloti etakchilari-liderlar tomonidan boshqarilishining o’ziga xos shakli joriy qilindi.

Shu maqsadda universitet rektori M.T.Xodjiev har bir fakultetlar kesimida ijtimoiy faol talabalar-liderlar bilan davra suhbatlari tashkil etildi. Ushbu davra suhbatlari ochiq muloqot tarzida o’tkazildi. Unda universitet rahbariyati tomonidan yangi o’quv yilidan joriy e’tilayotgan ushbu bashqaruv shaklining mazmun-mohiyati, bundan keyin oliygohdagi o’quv, ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni tashkil etishda guruh liderlari ham faol ishtirok etishi, dars jarayonlarining mazmunini boyitishda va semestr yakunlari bo’yicha reyting ballarining belgilanishida shaffoflikni ta’minlash, turli ko’rinishdagi ko’ngilsiz hodisalarning oldini olishda liderlarning mas’uliyati tushuntirib o’tildi.

Ochiq va erkin muloqot shaklida tashkillashtirilgan davra suhbati jarayonida universitet rektori M.T.Xodjiev har bir akademik guruh liderlari bilan birma-bir  suhbatlashib, ular tomonidan bildirilgan har bir taklif va mulohazalarni o’rganib chiqilishini, bundan keyin har oyda liderlar bilan shu kabi ochiq muloqotlar davom etishini ta’kidlab o’tdi. Suhbat bo’yicha bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

  

  

Matbuot xizmati

87 | 2018-09-18 12:56
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish