Bitiruvchilar diplomlik bo'ldi

 2018 yilning 13 iyul kuni Guliston shahridagi Alisher Navoiy nomidagi “Bilimdonlar maskani” erta tongdan gavjum bo’ldi. Bugun bu erda, ulug’ shoirning muazzam haykali qoshida Guliston davlat universiteti bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi o’tkazildi.

An’anaga ko’ra bitiruvchilar buyuk bobokalonimiz haykali poyiga guldastalar qo’yib, unga ta’zim bajo etishdi.

 Universitet yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori R.J.Mahmudov o’zining kirish so’zida marosimga yig’ilgan bitiruvchilarni, ularning ota-onalari, yaqinlarini tabriklar ekan, Guliston davlat universiteti jamoasi bu erda tayyorlangan kadrlarning o’quv-malakaviy salohiyati bilan hamisha faxrlanib kelganligini ta’kidladi. Jumladan, bu dargohni bir paytlar O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston xalq o’qituvchisi Sami Samadov, hozir marosimda ishtirok etayotgan Sirdaryo viloyati hokimi muovini Otabek Abdug’aniev, yana o’nlab taniqli olimlar, davlat arboblari bitirib chiqqanligini qayd etib, ulardan andoza olishga da’vat etdi.

Universitet rektori, prof. M.T.Xodjiev o’z tabrik so’zida bugungi bitiruvchilar oldida turgan mas’uliyatli vazifalarga to’xtaldi. Mamlakatimizda oliy ta’limga bo’lgan e’tibor yil emas, kun sayin orta boryapti, dedi u. Masalan, aynan bizning universitetda bu yil kunduzgi, maxsus sirtqi bo’limlarga kvotalar oshirildi. Umumiy tartibdagi sirtqi bo’limga qabul qizg’in ketyapti. Sizlar uchun universitetimizda magistraturaning yangi yo’nalishlari tashkil etildi, bu sohada ham yangi o’quv yilida qabul kvotasi oshirildi. Ishonamizki, bunday g’amxo’riklarga javoban ishda, o’qishning navbatdagi bosqichlarida yuqori natijalar bilan javob berasiz.

Yig’ilish ahlini universitetning sobiq bitiruvchisi, Sirdaryo viloyati hokimi o’rinbosari Otabek Abdug’aniev, “Nuroniy” jamg’armasi viloyat raisi O’tbosar Abdiev, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo’limi rahbari Hayotxon Ortiqboeva, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Anvar Tog’aev va boshqalar samimiy muborakbod etishdi.

Talabalar nomidan so’z olgan imtiyozli diplom sohibi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendinati Elyor Pozilov, universitet yoshlar tashkiloti etakchisi Zokir Zikriyaevlar oliy ta’lim dargohi professor-o’qituvchilari, butun jamoasiga qunt bilan bergan saboqlari, tarbiyalari uchun minnatdorchilik bildirishdi va hamisha, hamma erda diplomga munosib kadrlar bo’lishga so’z berishdi.

Shundan so’ng tantanali suratda diplom topshirish marosimi boshlandi. Shu kuni umumta’lim maktablari, kollej va litseylar bilan kelishuv shartnomalar ham imzolandi. Eng faol yoshlardan bir guruhi viloyat, tuman va shaharlar yoshlar tashkilotlariga mas’ul lavozimlarga ishga jalb etildi.

 

 

 

Universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’limi

 

722 | 2018-07-14 14:37
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish