Республика талабалар фан олимпиадаси ғолиблари
Гулистон Давлат Университети
(0367) 225-40-42
(0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Университетнинг Республика талабалар фан олимпиадаси ғолиблари ҳақида маълумот.

Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, talabalar o’rtasida onlayn fan olimpiadasini o’tkazish bo’yicha ishchi tashkiliy qo’mita tuzilib, umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo’yicha talabalarning respublika fan olimpiadasi I bosqichini o’tkazish jadvali hamda talabalar respublika fan olimpiadasi I bosqichini o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Respublika fan olimpiadasi I bosqichini o’tkazish jadvaliga asosan barcha fakultetlarning talabalari o’rtasida 43 ta umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo’yicha vazirlikning 2015 yil 7 apreldagi 123-sonli buyrug’i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasi to’g’risidagi Nizom” talablari asosida  respublika fan olimpiadasining I bosqichi o’tkazildi.

Olimpiada 1-bosqichida 43 ta umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo’yicha 432 nafar talabalar qatnashdi. Olimpiadani o’tkazishda kafedralarning 167 nafardan ortiq professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi. Olimpiadada universitet iqtidorli talabalarining keng ishtiroki ta’minlandi.

Fan olimpiadasi komissiyalari qarorlariga ko’ra 1-bosqichda 43 nafar talaba g’olib deb topildi va tashkiliy qo’mita yig’ilishining 2-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Ushbu qarorga muvofiq 43 nafar talaba Vazirlikning 2015 yil 7 apreldagi 123-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Talabalar Respublika Fan olimpiadasi Nizomi»ning 5-ilovasi asosida tayyorlangan ro’yxat bo’yicha tegishli fanlardan 2-bosqichda talabalar onlayn tarzda tashkil etilgan Respublika fan olimpiadalarida ishtirok etishdi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 iyuldagi 370-sonli “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazilgan respublika onlayn fan olimpiadasining yakuniy natijalari to’g’risida”gi buyrug’iga asosan universitetning I bosqichida g’olib bo’lib, II bosqichida ishtirok etgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan talabalar va ularning rahbarlari universitet Kengashida belgilangan tartibda rag’batlantirildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi, Oliy va o’rta maxsus, kasb-xunar talimini rivojlantirish markazining 2020 yil     22 apreldagi 02G’01-01-114-sonli xatiga asosan Guliston davlat universitetidan “Tuproqni xaritaga tushirish” fani bo’yicha talabalar o’rtasida Respublika onlayn fan olimpiadasining II-bosqichini Sattarov Nuriddin Faxirli 1-o’rin soxibi bo’ldi.

4712 | 2021-02-24 16:05

16379

8000

8209

49

121

19

PHD.MININNOVATION.UZ

Categoriyalar