2019 yil -Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb elon qilindi.

Yil nomi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil  28 dekabr kuni Oliy Majlisga yo’llatgan Murojaatnomasida ma’lum qilindi. Prezidentimiz barcha sohada amalga oshirilrgan ishlar va kelgusidagi ishlarning istiqbollari to’g’risida to’xtalar ekanlar, oliy ta’lim tizimi sohasidagi islohotlarga ham alohida to’xtalib o’tdilar.

Jumladan, «Oliy ta’lim tizimida tahsil olish uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirishimiz zarur.

Yurtimizda bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish o’tgan yillarda 9-10% bo’lib kelayotgan edi. So’ngi 2 yilda ko’rilgan chora-tadbirlar tufayli biz bu raqamni 15%dan oshirishga erishdik. Lekin bu hali etarli emas, chunki dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan bo’lsak, bu ko’rsatkich ularda o’rtacha 60-70%ni tashkil etadi.

Shuning uchun 2019 yilda mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 20%ga etkazish va kelgusi yillarda oshirib borish muhim vazifalarimizdan biridir.

Yoshlarimizga bir vaqtning o’zida bir nechta oliy o’quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatini berishimiz, o’ylaymanki, ularning ta’lim olish huquqlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Oliy ta’lim muassasalariga real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul kvotalarini mustaqil belgilash tizimini joriy etishimiz kerak.

Bakalavriat yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga xorijda o’qishini davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishimiz kerak. Chunki jamiyatimizda oliy ma’lumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha ko’p bo’lsa, rivojlanish shuncha tez va samarali bo’ladi.

Vazirlar Mahkamasi ushbu takliflar yuzasidan 2 oy muddatda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak», deb ta’kidladilar. Matbuot xizmati.

2066 | 2018-12-28 15:03
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish