Giyohvandlik illat!

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganining dastlabki kunlaridan boshlab, narkotik moddalarning gʻayriqonuniy aylanishi va uning isteʼmoliga qarshi kurash boshlandi. Mamlakatimizning tinchligi va xavfsizligiga tahdid solayotgan bir qator ichki va tashqi omillarga: kashandalik, odam savdosi, diniy ekstremizm, giyohvandlik va ichkilikbozliklar kiradi.

Giyohvandlik – narkotik moddalar jumlasiga kiruvchi dorilar yokiboshqa moddalarni isteʼmol qilish natijasida yuzaga keladigan kasallikdir.

Giyohvandlik – inson sogʻligʻiga xavf soluvchi illat boʻlib, kishi organizmini taʼsirchan moddalarga oʻrganib qolishini anglatadi.

Giyohvandlik – insonning giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilishga mukkasidan ketish bilan bogʻliq hastalikdir.

Giyohvand – forscha - tojikcha soʻzdan olingan boʻlib – nasha, qoradori, koʻknori va shu kabi narkotiklarni isteʼmol qilishga odatlangan odam; bangi, nashavand, koʻknori - deyiladi.

Giyohvandlik – nimadan, qayerdan boshlanadi? Giyohvandlik - sigaret chekish, ularnihidlashdan boshlanadi. Agar ota-onalar farzandiga sigaret, nos sotib olib kelib berishnibuyursalar, ular ota-onalaridan, yashirib sigaret, nos chekishni, hidlashni oʻrganadilar. Giyohvandlik ota-onalarning eʼtiborsizligi, loqaydligi uzoqni oʻylamay ish qilishioqibatida kelib chiqadi. Birgina misol: xavfli oʻsmani-rakni keltirib chiqaruvchi moddaning 45 foizi sigareta orqali organizmga oʻtar ekan.

Oʻzimiz bilib bilmay farzandlarimizni giyohvand boʻlib qolishiga sababchi boʻlib qolmayapmizmi? Davlatimiz sogʻlom turmush tarzini hosil qilish uchun yoshlarni ehtiyot qilishga eʼtibor berib turli xil jaholatparastliklardan saqlash boʻyicha katta ishlarni amalga oshirmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1987 yil 7 dekabrdagi qaroriga asosan BMT bosh Assambeliyasi tomonidan har yili “26 iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” deb eʼlon qilingan.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Biz narkotik moddalar tarqatilishining halokatli oqibatlarini sergaklik bilan baholagan holda, bu illatga qarshi kurashda saʼy-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur. Oʻzbekiston barcha manfaatdor mamlakatlar va tashkilotlar bilan bu borada hamkorlik qilishga tayyor”, - degan edilar.

1993 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish va jinoyatchilikni oldini olish Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi Toshkent shahrida ochilgan u ayni kunlarda ham faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi 1995 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1961 yildagi “Narkotik moddalar toʻgʻrisidagi” Konvensiyasiga, 1971 yildagi “Psixotrop vositalar toʻgʻrisidagi” va 1988 yildagi “Narkotik moddalar va psixotrop vositalarning gʻayriqonuniy aylanishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi” Konvensiyalariga aʼzo boʻlib kirgan.

1996 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Milliy axborot – tahlil Markazi tashkil etildi va u hozir faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

1999 yilda esa “Narkotik vositalar va psixotrop moddalar” toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. Giyohvandlikka qarshikurashish boʻyicha bir necha meʼyoriy hujjatlarqabul qilinganiga qaramasdanbu illat nima uchun borgan sari koʻpayib bormoqda?

Giyohvandlik qachon, qayerdan, kelib chiqqan? Giyohvand modda-opiy mutaxassislarni aytishlaricha, Hindistondan Sharqiy, Janubiy Osiyoga kirib kelgan. Keyinchalik 50-60 yillarda Yevropada, Osiyo mamlakatlariga tarqalgan. 80-yillarga kelib yer sayyorasida giyohvandlik ancha kuchaygan.

Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Kavkaz, Janubiy Ukraina, Belorusiya va Uzoq Sharqda yovvoyi koʻknor va kanop oʻsimliklari koʻp oʻsgan. Shu sababli bu joylarda gashish va sunʼiyopiy (geroin) pereparatlarini isteʼmol qilish rivojlangan. Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarida giyohvand moddalarni isteʼmol qilish koʻpaygan. Afgʻoniston narkotik moddalarni yetishtirish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinda turadi.

Narkotik moddani birinchi marta totib koʻrgandayoq odam oʻz hayotiga nuqta qoʻyishi mumkin, - deyishadi mutaxassislar. Barcha narsani birinchisi qiyin. Birinchi marta yolgʻon gapirayotgan odam sal qiynaladi, birinchi marta spirtli ichimlik ichayotgan kishi ham ogʻrinadi, birinchi marta narkotik qabul qilgan yigit yoki qiz uchun ham ogʻir boʻladi. Ammo birinchisiga qoʻl urdimi tamom.

Demak, uni narkomaniyadan qutqarib qolish qiyin kechadi.

Giyohvandlik – inson salomatligi uchun oʻta xavfli hisoblanadi. Mutaxassislarni fikricha baʼzi hollardagiyohvandlikni belgisi koʻzga tashlanmasligi xam mumkin.

Narkotik moddaga oʻrgangan organizmda fizologik oʻzgarishlar yuz beradi. Narkotik moddaga tashnalik vujudga keladi, usiz tura olmaydigan holat yuz beradi, ogʻir kasalliklar paydo boʻladi. Yurak muskullari jarohatlanib surunkali yurak yetishmovchiligi boshlanadi. Mutaxassis shifokorlarni aytishlaricha gastrit, oshqozon yarasi, jigar serrozi, pnevmaniya va plevrit kasalliklari paydo boʻladi.

Giyohvandlik davolab boʻlmaydigan kasallik. Giyohvandlikka berilgan fuqaroni oxir-oqibat faqat oʻlim kutadi. Shuning uchungiyohvandlikni davosi yoʻq vaboga tenglashtiriladi.

Koʻchada, toʻy-marakada giyohvandni turli belgilaridan ham bilsa boʻladi. Giyohvand, avvalo, rangi uniqqan, sal sargʻaygan, rangi chiqmaydigan, havo issiq boʻlishiga qaramay uzun yengli kiyim kiyishi, qoʻl panjasining shishi, tishlarining qorayishi va sargʻayishi, sinishi, muomalasining gʻalatiligi, spirtni hidi kelmay turib sarxush holatda, oʻzicha kulib, xursand boʻlibyurishi, serharakat boʻlmasligi, tez taʼsirga tushishi, tajanglik, uyidan narsalar va pullarni yoʻqolishi kabilardan ham giyohvandni bilib olsa boʻladi.

Hurmatli ota-onalar jigargoʻshasi, jondan aziz farzandlariga doimo eʼtiborda boʻlishlarizarur. Basharti yuqorida tilga olingan holatlar roʻybersa zudlik bilan mutaxassislarga murojaat qilishlarizarur.

Mutaxassislar bugungi kunda giyohvandlikni quyidagi asoratlari mavjudligini taʼkidlashmoqda:

1) Iqtisodiy jihatdan: koʻp mablagʻ sarflashi, daromadlaridan ayrilishi, uyidagi qimmatbaho buyumlarni sotilishi, ishsiz qolishi, koʻpchilikdan qarzdor boʻlishi, oilasidan, farzandlaridan ajralish holatlari yuzaga kelishi mumkin;

2) Huquqiy jihatdan asoratlar: oʻzi bilib bilmay, idrok qilmay jinoyat qilishi, odam oʻldirishi, bosqinchilik qilishi, turli diniy ekstremizmga terrorizm oqimlariga qoʻshilishi kabi turli boshqa jinoyatlarni qilishga majbur boʻlishi mumkin;

3) Tibbiy asoratlar: giyohvand moddalar butun organizmga va markaziy nerv sistemasiga, ruhiyatiga taʼsir koʻrsatib shaxsda turli oʻzgarishlar hosil boʻlishiga sabab boʻladi.

Bulardan tashqari giyohvand kishilar milliy urf-odat, qadriyatlardan, or-nomus, hayo, uyalish, tortinish, farosat, rahm-shafqat, mehr-oqibat kabi tushunchalardan begonalashib ketadilar va parishonxotir, nafosatsiz, idroksiz, didsiz, bir jonivorga oʻxshab qoladi. Maʼlumotlarga koʻra, OITS kasaliga chalinganlarni 80 foizini giyohvandlar tashkil etar ekan.

ʻGiyohvand oʻz ehtiyojini qondirish uchun hech narsadan qaytmaydi. Narkotik moddalar isteʼmol qilganlar oilasida tugʻma nogiron, mayib-majruh , aqli zaif, nuqsoni bor bolalar dunyoga kelmoqda. Demak giyohvandlik jamiyatga nihoyatda katta maʼnaviy va moddiy zarar yetkazadi. Giyohvandlik XXI asr vabosi hisoblanadi. Giyohvandlik illat. Illatni davolab boʻlmaydi uni faqat oldini olish zarur.

Giyohvandlikka qarshi kurash bu faqat huquqni muhofaza qilish organlarining ishi emas balki, barchamizning eng dolzarb vazifalarimizdan biridir.

Giyohvandlikni mudhish oqibatlarini koʻrsatuvchi “Qora ilon”, “Shayton toʻri” kabi filmlarni televizorni barcha kanalarida qayta-qayta namoyish qilish zarur. Bugungi kunda ayniqsa, bu asarlarni maktab, kollej, litsey oʻquvchilariga namoyish etish zarur deb hisoblayman. Giyohvandlar davolanayotgan kasalxonalardan hujjatli filmlar tayyorlanib namoyish etilsa ahamiyati katta boʻlardi. Bulardan tashqari talaba –yoshlar oʻrtasida “Xalqaro salomatlikkuni”, “Tamaki chekishga qarshi kurash kuni”, “OITS ga qarshi kurash kuni”,“Jinoyatga jazo muqarrar”, “Odam savdosi girdobiga tushib qrlmang”, “Tinchlik- oliy neʼmat”, “Biz oʻz xuquqlarimizni bilamiz”, “Konstitutsiya bilimdonlari” kabi mavzularda suhbatlar, uchrashuvlar, tadbirlar oʻtkazilsa yanada yaxshi boʻlardi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Farzandlarimiz, yoshlarimiz, bizning nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir”, - degan edilar.

Inson - oliy mavjudot. Inson-oliy qadriyat. Hayot shirin, uni mazmunli, mohiyatli, maqsadli oʻtkazib, ezgu ishlar qilib tevarak-atrofimizdagi insonlar hurmatiga sazovor boʻlish har bir inson uchun katta baxt. Baxtimizni qoʻldan bermaylik! Farzandlarimizga eʼtiborli boʻlaylik!

Ravshanbek MAHMUDOV

Guliston davlat universiteti dotsenti, f.f.n

633 | 2019-01-05 09:46
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish