Avf etilganlar ijtimoiy hayotga yoʻnaltirilmoqda

Sirdaryo viloyati hokimi raisligida 2018 yil 10 dekabrda oʻtkazilgan boshqaruv apparati yigʻilishida berilgan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Guliston davlat universiteti rektori M. T. Xodjiyev boshchiligida universitet kasaba uyushmasi raisi A. Yusupaliyev va universitet jamoatchilik kengashi raisi S. Qudratovlar Guliston davlat universitetiga biriktirilgan alohida roʻyxatda turadigan Guliston tumani Dehqonobod shaharchasi U. Yusupov koʻchasi 1-uyda yashovchi fuqaro Kasimov Kamoliddin Abdukabirovich va Guliston tumani, “Baxmal” MFY, Ulkansoy koʻchasida yashovchi fuqaro Usmonov Maxammadjon Azizkulovch xonadonlarida boʻlishib, ularning oila aʼzolarining ijtimoiy ahvolini oʻrgandilar.

Oʻrganishlar natijasida, Kasimov Kamoliddin Abdukabirovich hozirda oʻziga tegishli boʻlgan xususiy tegirmonda ishlayotganligi aniqlandi. Farzandi Komoliddinov Abulxafiz tuman shifoxonasida davolanib chiqib, hozirda tuman markazidagi kollejda oʻqiyotganligi maʼlum boʻldi. Xonadonda boʻlinganida ularga bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar haqida, davlatimiz rahbari tomonidan islom dinini oʻrganishga va eʼtiqod qiluvchilarga berilayotgan eʼtibor borasida atroflicha tushunchalar berildi. Xonadon aʼzolari, jumladan, Kasimov Kamoliddinning turmush oʻrtogʻi Zarifa Kasimova oila boshligʻini avf etib, farzandlariga oʻz otalarini qaytarganliklari uchun Prezidentimizga tashakkur bildirdi va turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda bundan keyin xato qilmaslikka hamda farzandlarini vatanga sodiq insonlar qilib tarbiyalashga qatʼiy ahd qilganliklari borasida gapirdi.

Fuqaro Usmonov Maxammadjon Azizqulovich oilaviy ahvoli oʻrganilganida Usmonov Mahammadjon hozirda Guliston tuman markazida qurilayotgan “Namunaviy” uylar qurilishida elektrik boʻlib ishlayotganligi, oʻz ishidan rozi ekanligi aniqlandi. “Baxmal” MFY posboni bilan boʻlgan suhbatda xonadon egasining Parrandachilik uchun kredit olish borasidagi istagi inobatga olinib, 2019 yil 1-choragida bankdan kredit olish boʻyicha tegishli hujjatlar tayyorlanganligi va tez kunlarda kredit hal boʻlishi bildirildi. Xonadon aʼzolari bilan boʻlgan suhbatda xonadon egalarining asli Tojikistonning Oʻra-tepa shahridan ekanliklarini eʼtiborga olib, Prezidentimizning yon atrofdagi yaqin qoʻshnilarimiz bilan olib borayotgan siyosati toʻgʻrisida ularga gapirildi. Xonadon egasi fuqaro Usmonov Mahammadjonning otasi Azizqul Usmonov oʻgʻlining xatosini avf etib, uni oʻz uyiga, nabiralari bagʻriga qaytarganligi uchun Prezidentimizni duo qildilar.

Ikkala xonadon aʼzolariga Guliston davlat universitetining yangi yil bayrami sovgʻalari topshirildi. 

 

 

Matbuot xizmati.

544 | 2019-01-11 14:32
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish