Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega va tegishli tavsiyanomalari bo’lgan fuqarolar bilan suhbat tashkil etish to’g’risida
ГулДУ - ГУЛИСТОН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ

Bizning shior: Universitet obro’si–har bir professor–o’qituvchi, xodim va talabaning or–nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu’la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega va tegishli tavsiyanomalari bo’lgan fuqarolar bilan suhbat tashkil etish to’g’risida

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 sentyabrdagi O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 7 avgustdagi 2-son va 2020 yil 28 avgustdagi 3-son bayonlari qarorlarida belgilangan vazifalarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega va tegishli vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga asosan 2020G’2021 o’quv yilida universitetning sirtqi va kechki ta’lim shaklida tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida suhbat natijalariga ko’ra o’qishga tavsiya etish uchun Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritilgan fuqarolar diqqatiga

Talabgorlar bilan suhbat 2020 yil 2 oktyabr kuni universitetning Ma’naviyat va marifat markazida bo’lib o’tadi.

Talabgorlar suhbatga o’zlari bilan tavsiyanomaning asl nushasini, mehnat daftarchasidan ko’chirma va ma’lumoti haqidagi hujjatini olib kelishi shart. olib kelishlari shart.

- suhbat jarayoniga tavsiyanoma bergan tashkilotning vakilini olib kelish (taklif qilish) so’raladi.

- talabgorlarning shartnoma to’lovlari tavsiyanoma bergan tegishli vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalari tomonidan amalga oshiriladi.

- o’tkazilgan suhbat natijalariga ko’ra talabalikka tavsiya etilgan fuqarolar hujjatlarini belgilangan talablar darajasida rasmiylashtirish uchun xodimlar bo’limiga topshirishlari shart. Tegishli buyruq shundan keyin chiqariladi.

Qabul komissiyasi

Davlat test markazining 2020-yil 21-sentabrdagi 84-02-3145-son xatiga ilova

617 | 2020-09-26 11:12

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2020
-->