21-MAY – KUTUBXONACHILAR KUNI
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
21-MAY – KUTUBXONACHILAR KUNI

Joriy yilning 21-may kuni Guliston davlat universiteti bosh binosi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risi”dagi PQ-4354 sonli qaroriga asosan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Amaliddin Sulaymonov, Kasaba uyushmasi raisi Yusufaliyev Abduraxmon, Ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Abdurasulov Shermuhammad, 22 nafar ARM xodimlari va boshqalar ishtirok etdilar.

Tadbirni ARM direktori Obidjon Oqyigitov kirish so’zi bilan ochib barcha xodimlarni kasb bayrami bilan tabrikladi va birinchi bo’lib tabrik uchun so’zni universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Amaliddin Sulaymonovga berdi.

A.Sulaymonov barcha kutubxonachilarni 21 may - Kutubxonachilar kuni bilan universitet rektori nomidan tabriklab, bugungi taraqqiyot davrida OTMlar Axborot-resurs markazlarining o’rni, uning ahamiyati, kutubxonachilik sohasiga davlat boshqaruvi tomonidan ko’rsatilayotgan e’tibor, kutubxonachilarning mashaqatli va sharafli faoliyati hamda ularni ta’lim sohasiga qo’shayotgan hissalari to’g’risida so’z yuritdi. Shu jumladan, ushbu yo’nalishda bizning ARM xodimlarining qo’shayotgan hissalari, ta’limni masofadan tashkil etishdagi o’rni va xarakatlarini yuksak baholab, barcha xodimlarga o’zining iliq tabrigini aytdi.

So’zga chiqqan universitet Kasaba uyushmasi raisi A.Yusufaliev, Ma’naviy ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash bo’yicha bo’lim boshlig’i Sh.Abdurasulov va boshqalar ham kutubxonachilarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularga ulkan zafarlar tiladilar.

Tadbir davomida ARMda ko’p yillardan beri samarali mehnat qilib, yuqori ko’rsatkichlarga erishgan bir qator kutubxonachilar universitet rektorining faxriy yorliqlari va Kasaba uyushmasining qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir so’ngida ARM direktori O.Oqyigitov universitet rahbariyatiga ARM xodimlari nomidan chuqur  minnatdorchilik bildirdi.

6062 | 2021-05-22 08:58

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news