Talabalar teatr studiyasi festivali
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Talabalar teatr studiyasi festivali

Teatr insonlarni ma’naviy tarbiyalashga, ularning bilim va madaniyatini boyitishga, o’zaro mehr-oqibat, hurmat va do’stlik munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan maskandir. 
 
Xalqimiz bejizga “Teatr — ibratxonadir” deyishmaydi, chunki teatr – muhim tarbiya maskani. Katta sahnalarda namoyish etilayotgan spektakllar yosh avlodni boy merosimiz, umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylashga, buyuk ajdodlarimizga munosib bo’lishga da’vat etadi.

 Guliston Davlat Universiteti
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 17 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalarida “Talabalar teatr studiyalari” festivalini o’tkazish to’g’risida”gi 160-sonli buyrug’i, “Yoshlar -  kelajak bunyodkori!” shiori ostida “Yoshlar festivallari” doirasida o’tkaziladigan oliy ta’lim muassasalari talabalar teatr studiyalari festivalini tashkil etish va o’tkazish yuzasidan Respublika tashkiliy qo’mitasining bayoniga asosan barcha oliy ta’lim dargohlarida talabalar teatr-studiyalari tashkil etilib, ular tomonidan sahnalashtirilgan asarlar yoshlar ma’naviyatini boyitish, ularni sahna san’atining mumtoz namunalari bilan yaqindan tanishtirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini o’stirishda muhim omil bo’lmoqda. Studiyalarga teatr san’atiga mehr qo’ygan iqtidorli yigit-qizlar jalb etilib, ular milliy va jahon adabiyoti asarlarini sahnada ijro etishmoqda. 

 Guliston Davlat Universiteti
2018 yil 16 aprel kuni Guliston shahrida mazkur festivalning ikkinchi saralash bosqichi o’tkazildi. Festivalda Jizzax Politexnika institutining “Ibrat”, Jizzax Davlat pedagogika institutining “Iste’dod” va Guliston davlat universitetining “Guliston guldastasi” teatr studiyalari o’z spektakllari bilan ishtirok etdi.
Guliston Davlat Universiteti
 
Hakamlar Hay’atining qaroriga asosan  Jizzax Politexnika institutining “Ibrat” teatr studiyasi g’olib deb topildi va festivalning hududiy bosqichiga yo’llanma berildi.
 

10934 | 2018-04-18 16:39

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news