Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Title


Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi rahbari: Burxiyev Olimjon Boboyevich

Qabul kunlari: Seshanba - Chorshanba (14:00-16:00)

rus tili

67 225 45 26


guldu_atm@edu.uz

1997-1998 yy. - Guliston davlat universiteti test markazi muxandisi
1998-2001 yy. - Guliston davlat universiteti qoshidagi iqtisodiy ta’lim regional markaz metodisti
2001-2006 yy. - Guliston davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi o‘qituvchisi
2006-2007 yy. - Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari markazi o‘quv ta’lim manbalari va dasturiy ta’minotni tadbiq etish bo‘limi boshlig‘i
2007-2021 yy. - Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari markazi boshlig‘i
2021 y. - h.v. - Guliston davlat universiteti raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
Tibbiyotda axborot texnologiyalari
Qishloq xo‘jaligida axborot-kommunikatsion texnologiyalari


Guliston davlat universiteti “Raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish” bo‘limi boshlig‘i:
  Xaydarov Anvar Djurayevich

Qabul kunlari: Seshanba - Chorshanba (14:00-16:00)

rus tili

+998972782624


guldu_atm@edu.uz

1999-2010 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston davlat universiteti akademik litseyi muxandis – dasturlovchi, informatika fani o‘qituvchisi
2010-2011 yy. - “Turon bank” Sirdaryo filiali kompyuter bo‘lim boshlig‘i
2011-2021 yy. - Sirdaryo viloyati Guliston davlat universiteti akademik litseyi informatika fani o‘qituvchisi
2021-2022 yy. - Guliston davlat universiteti “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi
2022 y. – hv - Guliston davlat universiteti “Raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish” bo‘limi boshlig‘i


Guliston davlat universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi Tarmoqlarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i: Saidbekov Eldor Nemat o‘g‘li

Qabul kunlari: Seshanba - Chorshanba (14:00-16:00)

rus tili

+998901530595


guldu_atm@edu.uz

2014- 2017 yy. - Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari markazi 2-darajali texnik muhandis
2017-2018 yy. - Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari markazi axborot xafsizligi bo‘limi tizim administratri
2018-2021yy - Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari markazi muhandis- dasturchi
2021- y.-h.v Guliston davlat universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi Tarmoqlarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i


Guliston davlat universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi texnik qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Shodmonkulov Abdumalik Niyatkul o‘g‘li

Qabul kunlari: Seshanba - Chorshanba (14:00-16:00)

rus tili

+998975690011


guldu_atm@edu.uz

2013 yil - Guliston davlat universitetining Axborot texnologiyalar markazi texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi 2-kategoriya texnik muxandisi.
2016 yil - Guliston davlat universiteti talabasi
2020 yil - Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari markazi texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi muhandis-dasturchi.
2021 yil - Guliston davlat universiteti Raqamli ta’lim texnologiyasi markazi texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i.

Markaz tarixi:

Guliston davlat universitetida axborot kommunikatsiya texnologiya (AKT) larini rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha «Axborot texnologiyalari markazi» (ATM) tashkil etilgan. Markaz dastlab Axborot texnologiyalari markazi nomi bilan tashkil etilib O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 16-apreldagi 9-2021-son qaroriga asosan «Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi» (RTTM) nomi berilgan.

Markaz faoliyati haqida ma’lumot:

  • Markaz o‘zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy va multimediya mahsulotlari va boshqa mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo‘yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va moddiy-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi;
  • Ko‘rsatiladigan xizmat va ish turlari bo‘yicha buyurtmachilar, hamda texnikaviy resurslarni va qurilmalarni yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida olib boradi;
  • Markaz xo‘jalik sub’ektlari va fizik shaxslar buyurtmalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va GulDU Nizomida ko‘rsatilgan tartibda shartnoma asosida bajarishi mumkin;
  • Markazning boshqa tashkilotlar, korxonalar, fizik va yuridik shaxslar bilan xo‘jalik faoliyati barcha sohalar bo‘yicha shartnoma asosidagi o‘zaro munosabatlar yordamida o‘rnatiladi. Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonuniga va GulDU Nizomiga zid bo‘lmasa, shartnoma predmetini, majburiyatlarni va xo‘jalik munosabatlarini boshqa shartlarini aniqlashda erkin tanlash huquqiga ega.

Bo‘lim Chet el hamda Respublikadagi nufuzli oliygohlar bilan tashkil etilgan videokonferensiyalar va ma’sofaviy maruza kurslarini samarali o‘tkazilishni ta’minlash va ko‘maklashish. O’qituvchilar tomonidan yaratilgan elektron darslik resusrslarini gduportal.uz ichki ta’lim portaliga joylashtirish

Bo‘lim Guliston davlat universitetiga tegishli https://guldu.uz/uz/, https://new.guldu.uz/, https://data.guldu.uz/, http://portal.guldu.uz/, https://test.guldu.uz/, https://atest.guldu.uz/, http://res.guldu.uz/, @GulDUTeachersBot  telegram  botini  optimallashtirish, Elektron kiyoskadagi dars jadvallarini nazorat qilishdan iborat.

Texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi.

Texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘lim boshlig‘i: Shodmonqulov Abdumalik Niyatqul o‘g‘li.

Telefon: (97) 569 00 11

Bo‘lim Guliston davlat universiteti majlislar zali tashkil etiladigan yig‘ilishlar, tadbirlar, konferensiyalar madaniy va ma’rifiy uchrashuvlar o‘tadigan yig‘ilishlarda texnik qurilmalar bilan taminash va  sifatli tashkil etib berish. Guliston davlat universiteti rektori, prorektorlari va bo‘lim boshlig‘lari ZOOM konferensiyasida texnik qurilmalarni o‘rnatish ishlashini sifatli tashkil etish va doimiy nazorat qilishdan iborat.

Tarmoqlarni boshqarish bo‘limi.

Tarmoqlarni boshqarish bo‘limi  boshlig‘i: Saidbekov Eldor Nemat o‘g‘li.

Telefon: (90) 153 05 95

Bo‘lim Guliston davlat universitetiga tegishli binolarda lokal, mintaqaviy va internet tarmog‘ini muntazam ishlashuni ta’minlab berish, tegishli binolarda Korporativ tarmoq va Subdomen muntazam ishlab turishini ta’minlash. Binolarda Infokyoskdan talabalar foydalanishi uchun sharoit yaratish. “Original test online”- test olish tizimida Tarmoq bo‘limi xodimlari kompyuterlarda internet ishlashini ta’minlashdan iborat.

Oculus Quest 2 VR ko'zoynaklari



Skaner qurulmasi(CZUR)




Markaz tasarrufida tashkil etilgan tasvirga olish studiyasi:

Guliston davlat universiteti Fakultet professor – o‘qituvchilari bilan birgalikda video darslikni tasvirga olish, video, audio va video darslik suratlarini montaj qilish. Onlayn konferentsiyalar va vebinarlar o‘tkazish, ijtimoiy tarmoqlar uchun videolar yaratish. “Tasvirga olish studio”da tasvirga olingan video darslikni talabalarning mustaqil ta’lim olish platformasi (mk.guldu.uz)ga joylashtirish.


Markaz quydagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi:

  • ·     Axborot marketingni tashkil etish;
  • ·     Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini yaratish va joriy qilish;
  • ·     Axborot texnologiyalar va multimedia tizimlari sohasidagi ishlarni oliy ta’lim va fani sohalariga tadbiq qilish;
  • ·     Masofaviy ta’lim va o‘qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta’minotini tashkil etish, ma’ruzalarning elektron versiyalarini yaratish;
  • ·     Xorijiy mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar, kutubxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro axborot aloqalarni ta’minlash;
  • ·     Internet tarmog‘i va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish, aniq mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish va ular joylashgan adreslarni taklif etish;
  • ·     Hisoblash texnikasi vositalariga, kompyuterlarga servis xizmatini tashkil etish, ularni ta’mirlash va modernizatsiyalash;
  • ·     Axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish, ishga tushirish va sozlash;
  • ·     Ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha programma mahsulotlarini yaratish va joriy qilish;
  • ·     Ilmiy-tadqiqot, izlanish, loyihalash va eksperimental ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish;
  • ·     Seminarlar, konferensiyalar, tadqiqotlar, ko‘rgazma va yarmarkalarni tashkil qilish va o‘tkazish.

Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: 

  • ·     Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlab o‘tilgan masalalarni yechish uchun, GulDU intellektual va axborot resurslarini muvofiqlashtirish;
  • ·     O‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish;
  • ·     O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazasini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash;
  • ·     Talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika va axborot texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish;
  • ·     Ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchi, ilmiy va o‘quv-texnik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish;
  • ·     O‘quv va ta’lim tashkilotlariga texnik, axborot va metodik yordamni tashkil etish;
  • ·     Jahon axborot-kompyuter fazasida ishlashni va muloqot olib borish madaniyatini tadbiq etish;
  • ·     Yangi kurslar, metodik materiallarning elektron nusxalarini yaratish;
  • ·     Markaz imkoniyatlaridan kelib chiqib masofaviy ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish.

Markaz manzili:

Guliston shahri, 4 – mavze, Guliston davlat universiteti bosh binosi, 3-qavat, 318-xona Multimedia markazi, 320-xona RTTM boshlig‘i.

 

 

 

 

13437 | 2017-12-28 10:21

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news