Korruptsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Korruptsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik

2018 yil 23 may kuni Guliston davlat universiteti madaniyat saroyida professor-o’qituvchilar va talabalar o’rtasida “Korruptsiyaga qarshi kurashishning dolzarbligi” mavzusida yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishni Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor R.Mahmudov olib bordi. Yig’ilishda Sirdaryo viloyati bosh imom xatibi M.Usmonov ishtirok etdi.

Yig’ilishda so’zga chiqqanlar Yurtimizga ro’zayu-ramazon oyi kirib kelgani, bu oy poklik, halollik, ezgulik ulashuvchi oy hisoblanishi, turli mamlakatlardagi urushlar ham, nomaqulchiliklar ham bu oyda to’xtatib turilgani haqida gapirdi. Shuningdek, har bir inson halol bilan haromni,  gunoh bilan savobni farqiga borishi lozim. Talabalarning hayotga ongli munosabatini, dunyoda va mamlakatimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlarga daxldorlik tuyg’usini kuchaytirish tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgani, bu borada yoshlarimiz o’zlarining zehnli va zukko, hushyor ekanliklarini doimo namoyon etishlari zarurligini ta’kidlab o’tdi hamda eng katta jinoyat, gunoh bu ta’magirlik, poraxo’rlik, pora berish, vositachilik ekanligi, muqaddas kitoblarda ham poraxo’rlik, ta’magirlik va pora berish kechirilmas gunoh ekanligi qayd etilganligi, bu illatning saobiy oqibatlarini hayotiy misollar bilan tushuntirib berishdi.

 Yig’ilish davomida odob masalasiga to’xtalib, alloh ham, odamlar ham yaxshi ko’radigan foydali odatlar bu odob ekanligi, odob muhim qoidalardan va chiroyli so’zlardan iboratligi, salomlashish odobi, so’zlash odobi, mehmon kutish odobi, kiyinish odobi, ovqatlanish odobi, uxlash odobi kabi odoblar haqida gapirildi.

Mazkur tadbirda 265 nafar professor-o’qituvchilar va 130 nafar talabalar ishtirok etdi.

Guliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat Universiteti

13586 | 2018-05-28 15:22

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news