DIQQAT E'LON!

OLIY TA’LIM VA IShLAB ChIQARISh INTEGRATsIYaSINI RIVOJLANTIRIShDA KLASTERLI YoNDAShUV: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida “O’quv-ilmiy kompleks” tashkil etish” loyihasi bo’yicha quyidagi yo’nalishlar bo’yicha konsalting xizmatlari uchun mutaxassislar tanlov asosida taklif etiladilar:

1. “O’simlik va tuproq tahlili”, “O’simliklarning genetik modifikatsiyalanish holati” bo’yicha Davlat stantartlashtirish agentligida ro’yxatdan o’tkazish uchun mavjud sharoit va uskunalarni rasmiylashtirishga tayyorlash hamda laboratoriyada xodimlarni natijalarni sertifikatsiyalashga o’rgatish bo’yicha treninglar o’tkazishga mutaxassis-auditor.

Taklif etiladigan mutaxassis laboratoriya tahlillari bo’yicha mavjud uskunalarni O’zbekiston Davlat standarlashtirish agentligidan ro’yxatdan o’tkazish uchun rasmiylashtirishga tayyorlash hamda laboratoriyada o’tkazilgan analiz natijalari uchun sertifikat berilishini yo’lga qo’yish tajribasiga ega bo’lishi talab etiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi so’raladi:

- Oliy ma’lumotligi to’g’risda diplom nusxasi;

- Natijalarni sertifikatsiyalash bo’yicha tajribaga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar (sertifikat, diplom yoki boshqa rasmiy hujjatlar);

- Pasport nusxasi;

-Ma’lumotnoma (Ob’ektivka).

Hujjatlar 2019 yilning 15 apreligacha qabul qilinadi.

2. O’simliklar biotexnologiyasi yo’nalishida daraxtli o’simliklarning biotexnologiyasini tashkil etish bo’yicha biotexnolog.

Taklif etiladigan mutaxassis o’simliklar biotexnologiyasi bo’yicha tajribalarga ega bo’lishi, laboratoriya xodimlari va tadqiqotchilarga o’simliklar biotexnologiyasidan (o’simliklarni in vitro sharoitida kulturaga kiritish, o’simliklarning biotexnologik ko’chatlarini olish) treninglar o’tkazish tajribalarga ega bo’lishi talab etiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi so’raladi:

- Oliy ma’lumotligi hamda ilmiy darajasi to’g’risda diplom nusxalari;

- O’simliklar biotexnologiyasi bo’yicha mavjud tajriba va ko’nikmalarini tasdiqlovchi hujjatlar (sertifikat, diplom yoki boshqa rasmiy hujjatlar);

- Pasport nusxasi;

-Ma’lumotnoma (Ob’ektivka).

Hujjatlar 2019 yilning 15 apreligacha qabul qilinadi.

Murojaat uchun: 94-1680829 b.f.d. professor H.Kushiev

209 | 2019-04-04 11:29
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish