Erta va qarindoshlar ortasidagi nikohdan saqlaning

2019 yil 5 aprel kuni Guliston davlat universiteti 1-ma’ruzalar zalida  universitet Xotin-qizlar qo’mitasi va psixolog tomonidan viloyat mutasaddi taskilotlar bilan hamkorlikda talaba-qizlarni tibbiy madaniyatini oshirish hamda nikohdan oldingi tibbiy qo’rikdan o’tish zaruriyatiga bag’ishlangan “ERTA VA QARINDOShLAR  O’RTASIDAGI NIKOHNING SALBIY OQIBATLARI” mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati Perinatal markazi direktori Xanifa Zokirovna, O’zLiDeP Guliston shahar kengashi raisi o’rinbosari Lola Kenjaeva, O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Ayollarning siyosiy faolligini, jamiyatdagi o’rni va mavqeini oshirish bo’limi mudiri Sabohat Babaeva, fakultetlar xotin-qizlar kengashi raislari, psixolog K.Xamrakulova va talaba-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar bugungi kunda hukumatimiz tomonidan oila salomatligi masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi, yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, tibbiy madaniyatni shakllantirish, erta va qarindoshlar o’rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, tibbiy ko’rik nafaqat oila poydevori mustahkam bo’lishiga, balki yoshlar sog’ligini har tomonlama to’la kafolatlashini, nikohlanuvchining o’z sog’liklari haqida to’la ma’lumotga ega bo’lishlari, nikohgacha ularni davolash va darddan forig’ bo’lishlariga imkon yaratish kabi muhim vazifalardan iboratligini aytib o’tdilar. Undan tashqari yosh qizlarimizni erta yoki qarindoshlar o’rtasidagi nikohning salbiy jihatlarini, uchrashi mumkin bo’lgan kasalliklar va ularni oldini olish yo’llari haqida juda ko’p ma’lumotlar berdilar.

Davra suhbati qizg’in savol javoblarga boy tarzda o’tdi. Matbuot xizmati.



591 | 2019-04-08 12:44
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish