Jahon bankining AIF loyihasi doirasida Guliston davlat universitetida eksperimental biologiya laboratoriyasida yangi tadqiqot yonalishi tashkil etildi

Guliston davlat universiteti bazasida faoliyat ko’rsatayotgan “Eksperimental biologiya” laboratoriyasida “O’simliklar biotexnologiyasi”, “Sho’rga chidamli o’simliklar genbanki” asosida olib borilayotgan selektsiya va hujayra muhandisligi, tuproq va o’simlik mahsulotlarini spektral tahlili bo’yicha olib borilayotgan kompleks tadqiqotlar yana bir tashkil etilgan tadqiqot yo’nalishi bilan takomillshtirildi. Jahon bankining Akademik innovatsiyalar fondi doirasida universitetda amalga oshirilayotgan loyiha asosida xarid qilingan zamonaviy tadqiqot uskunalari (PTsR, Real taym, laminar boks, elektrofarez, suvni tozalash sistemasi va h.k.) asosida biologik ob’ektlarning genetik o’zgaruvchanliklarini aniqlash, o’simlik va kasalliklarni molekulyar genetik tahlil qilish tadqiqot yo’nalishi yo’lga qo’yildi. Ushbu xarid qilingan zamonaviy uskunalar bilan ishlash, tadqiqot yo’nalishi yuqori darajada yo’lga qo’yish bo’yicha taklif qilingan mutaxassislar tomonidan seminar-trening o’tkazilmoqda. Seminar-trening 2-iyundan boshlandi va 12-iyungacha davom etadi. Seminar trening davomida mutxassislar tomonidan o’tkazilayotgan amaliy mashg’ulot magistrantlar, doktorantlar va laboratoriya xodimlari tadqiqotlarida alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda.

600 | 2019-06-04 09:55
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish