Guliston davlat universitetida “Besh tashabbus markazi” ochildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019-yil 19-fevralda Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog’ida beshta tashabbusni ilgari surdilar.

Birinchi tashabbus: Yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus: Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan.
Uchinchi tashabbus: Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan.
To’rtinchi tashabbus: Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan.
Beshinchi tashabbus: Xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan.


Guliston davlat universitetida Prezidentimiz ilgari surgan besh muhim tashabbusni ijrosini ta’minlash uchun Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Besh tashabbus markazi” tashkil etildi. Bu besh muhim tashabbusni ijrosini ta’minlash uchun fakultet dekanlaridan, mutaxassis kafedralardan mas’ullar belgilangan. Har bir tashabbusga alohida-alohida joy ajratilgan. Har bir tashabbus bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar rejasi ishlab chiqilgan. Muhim tashabbuslarni amalga oshirish uchun zarur qo’llanmalar tayyorlangan.


Besh tashabbus bo’yicha Guliston davlat universitetida muayyan ishlar amalga oshririldi.
Birinchi yo’nalish bo’yicha universitet musiqa va tasviriy san’at yo’nalishi talabalari ijrosida katta hisobot kontserti namoyish etildi. 2019-yil 3-iyun kuni Guliston shahridagi Bilimdonlar maskanida “Musiqa – ezgulik elchisi” mavzusida katta kontsert namoyish etiladi. Talaba-yoshlar o’z iqtidorlarini namoyish etadi. Tasviriy san’at bo’yicha talabalar ijodiy ishlarining ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.
Ikkinchi tashabbus bo’yicha universitet talaba-yoshlari tashabbusi bilan viloyatdagi band bo’lmagan yoshlar o’rtasida futbol bo’yicha “Rektor kubogi” sport musobaqasi bo’lib o’tdi. Ayni kunlarda futbol, voleybol, tennis, shaxmat-shashka kabi sport musobaqalari o’tkazilmoqda.
Uchinchi tashabbus bo’yicha respublika anjumani o’tkazildi. Joylarda kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish bo’yicha maktablar, kollejlarda seminar-treninglar o’tkazilmoqda.
To’rtinchi tashabbus bo’yicha universitetning 87 nafar professor-o’qituvchilaridan iborat ishchi guruhi viloyatdagi 221 ta mahallalarda “Kitobxon oila” tanlovini o’tkazdi. Tanlovda viloyatdagi 500 dan ortiq oilalar ishtirok etdilar. 11 ta g’olib oilalar bir xil televizorlar bilan mukofotlandi.
Beshinchi tashabbus bo’yicha joriy yilning sentyabr oyida “Yosh oilalardagi nizo va ajrimlarni oldini olishning falsafiy-axloqiy asoslari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanini o’tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, talaba-qizlarni darsdan bo’sh vaqtlarida viloyat to’qimachilik va tikuvchilik fabrikalarida ish o’rganish amaliyotini joriy etish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 4-iyun kuni universitet Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Besh tashabbus markazi” ochilish marosimi o’tkazildi. Ushbu markazning ochilish marosimida universitet rektori M.Xodjiev, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari O.Abdug’aniev, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i A.Abduraxmonov, viloyat maktabgacha ta’lim boshlig’i A.Turdiboev, viloyat o’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi markazi boshlig’i A.Xodjimurodov, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Sh.Zayniddinov, prorektorlar, dekanlar va professor o’qituvchilar ishtirok etishdi. Tadbirni universitet rektori M.T.Xodjiev olib bordi. So’zga chiqqanlar ushbu markazning ochilishi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta’minlashda, qolaversa yoshlar bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular ma’naviyatini yuksaltirishda nihoyatda katta qadam bo’lganligini ta’kidlashdi.

Guliston Davlat UniversitetiGuliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti

1004 | 2019-06-06 16:45
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish