TASHABBUS-2019

2019-yilning 8-iyun kuni Guliston shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o’tkaziladigan “Tashabbus-2019” ko’rik tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi start oldi. Ko’rik tanlov tashkilotchilari Sirdaryo viloyati hoqimligi, O’zbekiston savdo-sanoat palatasi, Respublika Markaziy banki, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, O’zbekiston Respublikasi hunarmandlar uyushmasi, O’zbekiston Respublikasi dehqon xo’jaligi va tomorqa er egalari Kengashi tomonidan har yili tashkil etiladigan ushbu ko’rik tanlovning bu yilgisi ham qamrov, ham yangi g’oyalar va texnologiyalarni jalb qilish borasida oldingilaridan keskin farq qilmoqda.

E’tiborli jihati, mazkur tanlovga Guliston davlat universiteti jamoasi ham yangi innovatsion g’oyalari, ishlanmalari va texnologiyalari bilan ishtirok etmoqda. Universitet tomonidan taklif etilayotgan mazkur ishlanmalar tashkilotchilar va ishtirokchilarning e’tirofiga sazovor bo’lmoqda. Bu yilgi ko’rik tanlovda innovatsion ishlari bilan faol ishtirok etayotgan universitet jamoasi Sirdaryo viloyati hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.


Guliston davlat universiteti uchun ajratilgan maxsus pavilon ko’rgazmaga tashrif buyurganlar bilan gavjum. Unda har bir kafedra o’z innovatsion g’oyalari, yangiliklari va texnologiyalarini namoyish etmoqda. Ko’rik tanlov davomida ushbu innovatsion texnologiyalar bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslar bilan o’zaro hamkorlik qilish borasida kelishuvlar amalga oshirilmoqda.

931 | 2019-06-08 16:12
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish