Matbuot brifingi otkazildi

2019-yilning 6-iyul kuni Guliston davlat universiteti Ma’naviyat va ma’rifat markazida “2019 yilgi qabuldagi yangiliklar va o’zgarishlar” mavzusida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

    Anjumanni Guliston davlat universiteti matbuot kotibi, professor Ravshanbek Mahmudov kirish so’zi bilan ochdi va yig’ilganlarga “Xalq so’zi” gazetasi muxbiri Axmadali Shernazarovni, “Narodnoe slova” gazetasi muxbiri G’ayrat Ernazarovni, “Sirdaryo haqiqati” gazetasi bosh muharriri Farxod Boqiev, bo’lim muharriri Muxammadali Axmedov, “Ovozi tojik” gazetasi muxbiri To’xtamish Boqiev, “Oydin yo’l” gazetasi bosh muharriri Zebo Haydarova, “Universitet ovozi” gazetasi bosh muharriri Munavvar Pardaev, o’rinbosari Baxtiyor Vatan, Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasi muxbirlari Iroda Turdieva va Sherali Sariboevlarni tanishtirdi.

    Guliston davlat universiteti rektori Muxsin Xodjiev qabuldagi yangiliklar, ta’limga berilayotgan e’tibor haqida, ilm-fan, boshqa oliy o’quv yurtlari bilan aloqalar to’g’risida gapirdi.

    Universitet qabul komissiyasi mas’ul kotibi Amaliddin Sulaymonov yangi yo’nalishlar ochilganligi, abiturientlarni ro’yxatga olishga ko’pi bilan 3-5 minut vaqt ketishi bugungi kunda hujjatlarni ro’yxatga olish bo’yicha Guliston davlat universiteti respublikada 3-o’rinda ekanligini aytib o’tdi.

    Muxbirlar o’zlarini qiziqtirgan ko’plab savollariga qoniqarli javob oldilar.

    Matbuot anjumani qatnashchilari universitetning yangidan ta’mirdan chiqarilgan talabalar turar joyidagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

197 | 2019-07-06 16:33
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish