Academician Lyceum
Gulistan State University
Phone (0367) 225-40-42
Fax (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
AKADEMIK LITSEY

Guliston akademik litseyining rasmiy web saytiga o'tish

AKADEMIK LITSEY RAHBARIYATI

Direktor: Xakimjonov Baxodir Xakimjonovich

Qabul kuni: har kuni 10-00 dan 17-00 gacha.

Tel: +99894-580-02-07

Faks: 67-226-58-13

 

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Umarov Bekzod Majidovich

Qabul kuni: har kuni 10-00 dan 17-00 gacha.

Tel: +99897-245-86-05

Faks: 67-226-58-13

 

Yoshlar ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Qudratov Davlatbek Turdibekovich

Qabul kuni: har kuni 10-00 dan 17-00 gacha.

tel: +99899-476-03-06

Faks: 67-226-58-13

 

Moliyaviy va iqtisodiy  ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari:

Qabul kuni: har kuni 10-00 dan 17-00 gacha.

 

AKADEMIK LITSEY HAQIDA

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 16 iyuldagi “Yangi turdagi o’quv yurtlarini tashkil etish to’g’risida”gi ¹192-sonli buyrug’i, Sirdaryo viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 1998 yil 27 iyuldagi 20-sonli buyrug’i, Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimining 1999 yil 03 fevraldagi “Guliston davlat universiteti qoshidagi Guliston akademik litseyini davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida” gi ¹119-sonli Qaroriga asosan Guliston davlat universiteti qoshidagi Guliston akademik litseyi sifatida tashkil etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida” gi ¹3290-sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 64-sonli qo’shma Qarori, Guliston davlat universitetining 2017 yil 14 oktyabrdagi 577-sonli buyrug’iga asosan qayta tashkil etilgan. Ushbu hujjatlarga asosan Guliston davlat universiteti akademik litseyi nomi bilan qayta nomlangan.

Guliston davlat universiteti akademik litseyi Ustavi Guliston shahar hokimining 29.01.2018 yildagi 129-sonli qarori va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 19.01.2018 yil 59-buyrug’i bilan tasdiqlangan bo’lib, 02.02.2018 yilda 661130-son bilan Guliston shahar yagona darcha markazi tomonidan ro’yxatga olingan.

 

Ta’lim muassasasining 1-bosqichda 141 nafar o’quvchi va 2-bosqichda 286 nafar o’quvchi tahsil olmoqda. O’quv jarayoni 1 smenada tashkil qilingan.

Akademik litseyda 2022/2023-o’quv yilida faoliyat olib borayotgan jami 36 nafar o’qituvchilarning, asosiy shtatda 31 nafari, ichki va tashqi o’rindoshlar 5 nafardan iborat. Unga ko’ra

– Asosiy shtatdagi 31 nafar o’qituvchilardan:

7 nafari bosh o’qituvchi;

8 nafari etakchi o’qituvchi;

12 nafari katta o’qituvchi;

4 nafari oliy ma’lumotli mutaxassis o’qituvchilardan iborat.

– Ichki va tashqi o’rindoshlik asosida faoliyat olib borayotgan 5 nafar o’qituvchilardan:

2 nafari fan nomzodi;

2 nafari Guliston davlat universiteti katta o’qituvchilari;

1 nafari etakchi o’qituvchi;

2 ta kompyuter sinf xonalari mavjud bo’lib, ular internet tarmogiga ulangan. Ta’lim muassasasida jami kompyuterlar soni 46 tani tashkil qiladi. Shundan kompyuter sinf xonalarida 30 ta va kutubxonada 6 tani tashkil qiladi.

20 ta sinf xonalari zamonaviy o’quv jihozlari bilan to’liq ta’minlangan. Jumladan, 3 ta laboratoriya xonalari: fizika, kimyo va biologiya fani laboratoriyalari hamda Janubiy Koreya va «El-xolding» firmasi tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari 10 ta o’quv honasiga video proektor o’rnatilgan bo’lib, darslar zamonaviy pedogogik texnologiyalar asosida olib borilmoqda

Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 4-mavze

Telefon : (0367)226-57-90, faks: (0367)226-58-13 e-mail: gulakl@umail.uz

Hisob-kitob raqami: 100010860244017092500079001, bank bo’limi: «Qishloq qurilish» bank. Guliston shahri

INFO: 00014 INN: 202799296

Akademik litsey bo’ysunadigan vazirlik: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Qaysi ta’lim muassasasi negizida tashkil etilgan: Guliston Davlat universiteti

 

AKADEMIK LITSEYNING KUTUBXONA FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT

Zamonaviy talabalarni hisobga olgan holda kutubxona tarmogini tashkil qilishni takomillashtirish, o’sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga madaniy, ma’naviy – axloqiy kadriyatlarni saqlab qolishga yo’naltirilgan printsipal Yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash, zarur shart – sharoitlar yaratish maqsadida 2006 yil 20 iyundagi PK–381–sonli qarorga asosan bizning akademik litseyimizda ham Axborot Resurs Markazi ochildi. 2021 yildan boshlab ARM nomi o’rniga KUTUBXONA so’zi qo’llanila boshlandi. Akademik litsey kutubxonasining asosiy vazifasi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalananuvchilarning muntazam ta’lim olishiga va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko’maklashish. Kutubxona – axborot madaniyatini tarbiyalash, foydalanuvchilarni axborotlar qidirishning zamonaviy metodlariga o’rgatish. Kutubxona – axborot jarayonlarining zamonaviy texnologiyalarini va kompyuterlashtirishni joriy etish asosida ishlarni takomillashtirishdir. Bizning kutubxonada o’qituvchi, o’quvchi va aholiga xizmat ko’rsatish, ularni qiziqtirgan va kerakli bo’lgan kitoblar va ma’lumotlar bilan tanishtirib va ularga topib berish uchun 2 nafar xodim ishlamoqda. Kitobxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. kutubxonadagi har bir kitob harflar bo’yicha javonlarga taxlangan. O’quv zalida o’quvchilar o’zlariga kerakli bo’lgan darslik, qo’llanmalarni, gazeta va oynomalarni olib foydalanadilar. Kutubxonada «Kitobxonlik» tanlovi. A.Navoiy hamda Z.M.Boburlarning tavalludlariga bag’ishlangan badiiy kechalar, Yangi nashr qilingan kitoblar taqdimotlari muntazam tashkil qilinib kelinmoqda.

 

 

YO’NALISHLAR

Guliston Akademik litseyida:

• «Aniq fanlar» (fizika, matematika, iqtisod); Ushbu yo’nalish akademik litseyni tugatgandan keyin mutaxassisliklari matematika, amaliy matematika va informatika, mexanika, qurilish, avtomatlashtirish va boshqaruv, telekomunikatsiyalar. Elektronika va mikroelektronika, avia va raketasozlik, to’qimachilik va engil sanoat mahsulotlari texnologiyasi, metrologiya, standartlash va sertifikatlash, aviatsiya va kosmik texnikadan foydalanish, transport, metrologiya, standartlash, radiotexnika, atromuxandislik, o’rmon ishi, geologiya, tog’-kon ishi, elekrtotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya, elektroenergetika, gidroenergetika, geodeziya, kartografiya va kadastr, geologiya va foydali qazilmalarni qidirish, neftgaz ishi, fizika, astronomiya texnik fizika bo’lgan va matematika, fizika, ona-tili va adabiyoti fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o’quv yurtiga kiruvchilar uchun mo’ljallangan.

• «Tabiiy fanlar» (ximiya, biologiya); Ushbu yo’nalish akademik litseyni tugatganidan keyin mutaxassisliklari davolash ishi, stomotologiya, pediatriya ishi, tabiiy-profilaktika ishi, biologiya, tuproqshunoslik, ekologiya va tabiatdan foydalanish, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, agronomiya, ipakchilik, selaktiya va genetika, o’simliklarni himoya qilish, zootexnik, korako’lchilik, mevasabzovotchilik, veterinariya, kimyo, farmatsiya bo’lgan va biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlari topshiriladigan oliy o’quv yurtiga kiruvchilar uchun mo’ljallangan.

• «Ijtimoiy - gumanitar fanlar» (tarix, ona tili va adabiyot, huquq); Ushbu yo’nalish akademik litseyni tugatgandan keyin mutaxassisliklari falsafa, falsafa va mantiqning umumjaxon tarixi, tarix, siyosatshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, kutubxonashunoslik, kitobshunoslik, arxivshunoslik, madaniy–oqartuv ishlar tashkilotchisi, yurisprudentsiya, huquqshunos–pedagog, madaniyat sohasidagi sotsiolog bo’lgan va tarix, ona tili va adabiyot, xorijiy til fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy yurtiga kiruvchilar uchun mo’ljallangan.

• «Xorijiy tillar» (ingliz tili) Ushbu yo’nalish akademik litseyni tugatgandan keyin mutaxassisliklari roman–german (ingliz, nemis tili), sharq filologiyasi bo’lgan va xorijiy til (ingliz frantsuz, nemis tillari), ona tili va adabiyot, tarix fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o’quv yurtiga kiruvchilar uchun mo’ljallangan yo’nalishlari mavjud.

 

ABITURENTLARGA

- Ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yo‘nalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihoni topshirish hamda saralash imtihonni o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);

- Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport) nusxasi;

- 3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat (fotosuratning orqa tomoniga o‘quvchi o‘qigan maktab direktori o‘quvchining shaxsini tasdiqlab imzo qo‘yadi va maktabning muhri bilan tasdiqlaydi.

Tanlovdan tashqari o‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

2511 | 2021-01-31 12:06

Resources

The contingent of students

16379

Total number of students

8000

Full-time education

8209

Correspondence education

49

Evening education

121

Magister

19

Foreign students

Useful resources

Our partners

Useful links for students

Admission for Master's degree

Online application system for admission to the master's degree of higher education institutions

Entrance

"Billing system for accounting of services rendered to students on a contractual basis"

Information system for accounting of services provided to students on a contractual basis

Entrance

PHD.MININNOVATION.UZ

Unified electronic system of coordination of postgraduate education

Entrance

Getting a contract

Getting a contract for a second specialty

Entrance

Submission of an application for accommodation in a student dormitory

Application for accommodation in a student dormitory (for 1st year students)

Entrance

Interactive public services for students

List of interactive services

Entrance

Useful links for the Applicant

IT park

IT Park-the locomotive of the IT sphere of Uzbekistan

Entrance

Address to the rector of Gulistan State University

Send an appeal

Entrance

IT Professions

Master the professions of the future!

Entrance

Privileges

List of benefits granted to higher education institutions to access undergraduate education links

Entrance

Science complex

A set of subjects for which a test is taken in accordance with the directions of undergraduate education

Entrance

Categoriyalar