Academician Lyceum
Gulistan State University

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
AKADEMIK LITSEY

AKADEMIK LITSEY RAHBARIYATI

Direktor: Mahmudov Qahramon Bahtiyarovich

Qabul kuni: har kuni 10-00 dan 17-00 gacha.

Tel: +998672-226-57-90

Faks: (0367)226-58-13

 

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Babayev Ro’zibek

Qabul kuni: har kuni 10-00 dan 17-00 gacha.

Tel: +99897-474-77-33

Faks: (0367)226-58-13

 

Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Begimkulov Umidjon Boirovich

Qabul kuni: har kuni 10-00 dan 17-00 gacha.

tel: +99897-331-26-86

Faks: (0367)226-58-13

 

Xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Mamayeva Dilafruz

Qabul kuni: har kuni 10-00 dan 17-00 gacha.

tel: +99899-555-77-84

Faks: (0367)226-58-13

 

AKADEMIK LITSEYNING KUTUBXONA FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT

Zamonaviy talabalarni hisobga olgan holda kutubxona tarmogini tashkil qilishni takomillashtirish, o’sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga madaniy, ma’naviy – axloqiy kadriyatlarni saqlab qolishga yo’naltirilgan printsipal Yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash, zarur shart – sharoitlar yaratish maqsadida 2006 yil 20 iyundagi PK–381–sonli qarorga asosan bizning akademik litseyimizda ham Axborot Resurs Markazi ochildi. 2021 yildan boshlab ARM nomi o’rniga KUTUBXONA so’zi qo’llanila boshlandi. Akademik litsey kutubxonasining asosiy vazifasi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalananuvchilarning muntazam ta’lim olishiga va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko’maklashish. Kutubxona – axborot madaniyatini tarbiyalash, foydalanuvchilarni axborotlar qidirishning zamonaviy metodlariga o’rgatish. Kutubxona – axborot jarayonlarining zamonaviy texnologiyalarini va kompyuterlashtirishni joriy etish asosida ishlarni takomillashtirishdir. Bizning kutubxonada o’qituvchi, o’quvchi va aholiga xizmat ko’rsatish, ularni qiziqtirgan va kerakli bo’lgan kitoblar va ma’lumotlar bilan tanishtirib va ularga topib berish uchun 2 nafar xodim ishlamoqda. Kitobxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. kutubxonadagi har bir kitob harflar bo’yicha javonlarga taxlangan. Kutubxonada o’quvchilar mutolaa qilishlari uchun 60 o’rinli o’quv zali bor. O’quv zalida o’quvchilar o’zlariga kerakli bo’lgan darslik, qo’llanmalarni, gazeta va oynomalarni olib foydalanadilar. Kutubxonada «Kitobxonlik» tanlovi. A.Navoiy hamda Z.M.Boburlarning tavalludlariga bag’ishlangan badiiy kechalar, Yangi nashr qilingan kitoblar taqdimotlari muntazam tashkil qilinib kelinmoqda.

 (2020-2021 o’quv yili)

Adabiyotlar turi

Nechta nomda

Jami soni

Kutubxona fondining holati

Tillar bo’yicha

O’tgan o’quv yilida nechta kitob olindi

O’zbek

Rus

Boshqa tillar

1

Darsliklar

18

5445

3759

381

1305

800

2

O’quv uslubiy qo’llanmalar

23

6364

5870

399

95

795

3

Siyosiy adabiyotlar

138

1786

1584

140

62

 

4

Badiiy adabiyotlar

3095

3576

2386

740

450

26

5

Ilmiy-ommabop adabiyotlar

343

315

195

120

 

 

6

Ma’ruza matnlari

125

580

540

15

25

 

7

Elektron qo’llanmalar

2998

3647

3590

57

 

200

Jami

6740

21713

17924

1852

1937

1821

 

AKADEMIK LITSEY HAQIDA

Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 1998 йил 16 июлдаги “Янги турдаги ўқув юртларини ташкил этиш тўғрисида”ги №192-сонли буйруғи, Сирдарё вилояти ўрта махсус, касб-ҳунар таълими бошқармасининг 1998 йил 27 июлдаги 20-сонли буйруғи, Сирдарё вилояти Гулистон шаҳар ҳокимининг 1999 йил 03 февралдаги “Гулистон давлат университети қошидаги Гулистон академик лицейини давлат рўйхатидан ўтказиш тўғрисида” ги №119-сонли Қарорига асосан Гулистон давлат университети қошидаги Гулистон академик лицейи сифатида ташкил этилган.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 26 сентябрдаги “Олий таълим муассасаларига кириш учун номзодларни мақсадли тайёрлаш тизимини такомиллаштириш тўғрисида” ги №3290-сонли Қарори, Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2017 йил 10 октябрдаги 64-сонли қўшма Қарори, Гулистон давлат университетининг 2017 йил 14 октябрдаги 577-сонли буйруғига асосан қайта ташкил этилган. Ушбу ҳужжатларга асосан Гулистон давлат университети академик лицейи номи билан қайта номланган.

Гулистон давлат университети академик лицейи Устави Гулистон шаҳар ҳокимининг 29.01.2018 йилдаги 129-сонли қарори ва Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 19.01.2018 йил 59-буйруғи билан тасдиқланган бўлиб, 02.02.2018 йилда 661130-сон билан Гулистон шаҳар ягона дарча маркази томонидан рўйхатга олинган.

Таълим муассасасининг қуввати 825 ўринли бўлиб, 1-босқичда 386 нафар ўқувчи ва 2-босқичда 234 нафар ўқувчи таҳсил олмоқда. Ўқув жараёни 1 сменада ташкил қилинган.

Umumiy er maydoni 8,0 Ga, binolar joylashgan maydon 8291,53 m.kv., asfalt va qoplam qilingan maydon 9248 m.kv., ko’kalamzor maydonlar 87182 m.kv., umumiy ichki maydon 63078,71 m.kv., sinf xonalar maydoni 2075,38 m.kv. ni tashkil etadi.

Академик лицейда 2020/2021-ўқув йилида фаолият олиб бораётган жами 70 нафар ўқитувчиларнинг, асосий штатда 43 нафари, ички ва ташқи ўриндошлар 27 нафардан иборат. Унга кўра

– Асосий штатдаги 43 нафар ўқитувчилардан:

12 нафари бош ўқитувчи;

12 нафари етакчи ўқитувчи;

15 нафари катта ўқитувчи;

4 нафари олий маълумотли мутахассис ўқитувчилардан иборат.

– Ички ва ташқи ўриндошлик асосида фаолият олиб бораётган 27 нафар ўқитувчилардан:

3 нафари фан номзоди;

9 нафари Гулистон давлат университети катта ўқитувчилари;

2 нафари етакчи ўқитувчи;

1 нафари катта ўқитувчи;

12 нафари олий маълумотли мутахассис ўқитувчилардан иборат.

Akademik litseyda zamonaviy tipdagi yopiq sport zal va 5 ta sport maydonchalari (mini futbol, voleybol, basketbol, 2 ta tennis korti) faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Zarur jihozlar, trenajyorlar va sport anjomlari bilan ta’minlangan. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar yig’ilishlar o’tkazilishi uchun 280 o’rinli faollar zali hamda 240 o’rinli va 60 o’rinli jami 300 o’rinli yotoqxona, 120 o’rinli oshxonaga ega.

 3 ta kompyuter sinf xonalari mavjud bo’lib, ular internet tarmogiga ulangan. Ta’lim muassasasida jami kompyuterlar soni 90 tani tashkil qiladi. Shundan kompyuter sinf xonalarida 48 ta va kutubxonada 6 tani tashkil qiladi.

42 ta sinf xonalari zamonaviy o’quv jihozlari bilan to’liq ta’minlangan. Jumladan, 4 ta laboratoriya xonalari: fizika, kimyo va biologiya fani laboratoriyalari hamda Janubiy Koreya va «El-xolding» firmasi tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari 10 ta o’quv honasiga video proektor o’rnatilgan bo’lib, darslar zamonaviy pedogogik texnologiyalar asosida olib borilmoqda

Qayta tashkil etilganligi yoki qurilganligi to’g’risida ma’lumot: Yangi qurilgan.

Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 4-mavze

Telefon : (0367)226-57-90, faks: (0367)226-58-13 e-mail: sir.gduqgal@markaz.uz

Hisob-kitob raqami: 100010860244017092500079001, bank bo’limi: «Qishloq qurilish» bank. Guliston shahri

INFO: 00014 INN: 202799296

Akademik litsey bo’ysunadigan vazirlik: O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Qaysi ta’lim muassasasi negizida tashkil etilgan: Guliston Davlat universiteti

Ta’lim muassasasining loyihadagi quvvati: 825 o’rinli

 

YO’NALISHLAR

Guliston Akademik litseyida:

• «Aniq fanlar» (fizika, matematika, iqtisod); Ushbu yo’nalish akademik litseyni tugatgandan keyin mutaxassisliklari matematika, amaliy matematika va informatika, mexanika, qurilish, avtomatlashtirish va boshqaruv, telekomunikatsiyalar. Elektronika va mikroelektronika, avia va raketasozlik, to’qimachilik va engil sanoat mahsulotlari texnologiyasi, metrologiya, standartlash va sertifikatlash, aviatsiya va kosmik texnikadan foydalanish, transport, metrologiya, standartlash, radiotexnika, atromuxandislik, o’rmon ishi, geologiya, tog’-kon ishi, elekrtotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya, elektroenergetika, gidroenergetika, geodeziya, kartografiya va kadastr, geologiya va foydali qazilmalarni qidirish, neftgaz ishi, fizika, astronomiya texnik fizika bo’lgan va matematika, fizika, ona-tili va adabiyoti fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o’quv yurtiga kiruvchilar uchun mo’ljallangan.

• «Tabiiy fanlar» (ximiya, biologiya); Ushbu yo’nalish akademik litseyni tugatganidan keyin mutaxassisliklari davolash ishi, stomotologiya, pediatriya ishi, tabiiy-profilaktika ishi, biologiya, tuproqshunoslik, ekologiya va tabiatdan foydalanish, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, agronomiya, ipakchilik, selaktiya va genetika, o’simliklarni himoya qilish, zootexnik, korako’lchilik, mevasabzovotchilik, veterinariya, kimyo, farmatsiya bo’lgan va biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlari topshiriladigan oliy o’quv yurtiga kiruvchilar uchun mo’ljallangan.

• «Ijtimoiy - gumanitar fanlar» (tarix, ona tili va adabiyot, huquq); Ushbu yo’nalish akademik litseyni tugatgandan keyin mutaxassisliklari falsafa, falsafa va mantiqning umumjaxon tarixi, tarix, siyosatshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, kutubxonashunoslik, kitobshunoslik, arxivshunoslik, madaniy–oqartuv ishlar tashkilotchisi, yurisprudentsiya, huquqshunos–pedagog, madaniyat sohasidagi sotsiolog bo’lgan va tarix, ona tili va adabiyot, xorijiy til fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy yurtiga kiruvchilar uchun mo’ljallangan.

• «Xorijiy tillar» (ingliz tili) Ushbu yo’nalish akademik litseyni tugatgandan keyin mutaxassisliklari roman–german (ingliz, nemis tili), sharq filologiyasi bo’lgan va xorijiy til (ingliz frantsuz, nemis tillari), ona tili va adabiyot, tarix fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o’quv yurtiga kiruvchilar uchun mo’ljallangan yo’nalishlari mavjud.

 

ABITURENTLARGA

- Ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yo‘nalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihoni topshirish hamda saralash imtihonni o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);

- Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport) nusxasi;

- 3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat (fotosuratning orqa tomoniga o‘quvchi o‘qigan maktab direktori o‘quvchining shaxsini tasdiqlab imzo qo‘yadi va maktabning muhri bilan tasdiqlaydi.

Tanlovdan tashqari o‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

1641 | 2021-01-31 12:06
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023