Department of Uzbek Literary Studies
Gulistan State University

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Department of Uzbek Literary Studies

“O’zbek adabiyotsh unosligi” kafedrasi

Kafedra mudiri: Mamatkulov Muzaffar Rakhmonkulovich

Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (seshanba va shanbadan tashqari)

Telefon (+99893) 320-12-76

E-mail: mamàtqulov@umail.uz

 

Kafedrada quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:

5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) va

5111200 – O’zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Kafedrada quyidagi mutaxassislik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi:

5A120101 – Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ham mutaxassislar tayyorlanadi.

 

“O’zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi tarixi

“O’zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi Sirdaryo viloyatida o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlovchi kafedra hisoblanib, unda 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) va 5111200 – O’zbek tili va adabiyoti ixtisosliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

“O’zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi dastlab “O’zbek va qozoq filologiyasi” nomi bilan 1966 yilda tashkil etilgan. Bir yildan so‘ng 1967 yilda kafedra alohida-alohida “O’zbek tilshunosligi” va “O’zbek adabiyoti” kafedralariga ajralgan holda faoliyat yurita boshladi.

 “O’zbek adabiyoti” kafedrasi 1967 yilda tashkil topib, dastlab uni filologiya fanlari nomzodi Ikrom Suyarov boshqargan. 1969 yilga kelib “O’zbek adabiyoti” kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi Abubakr Rajabiy mudir etib tayinlangan. 1973 yilda adabiyotshunos olim Anqaboy Quljonov shu kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan va u bu lavozimda 1985 yilga qadar ishladi.

1985 yilda professor A.Kattabekov kafedraga mudir etib tayinlangach, uning rahbarligi va ishtirokida maktablarda o‘zbek adabiyotini o‘qitish masalalari bo‘yicha dastlab, konsepsiya ishlab chiqildi, dasturlar yaratildi. So‘ngra shu konsepsiya va dasturlar asosida umumta’lim maktablarining ikkita (8-9) sinfi uchun “Adabiyot” darslik-majmualari yaratildi.

1990 yildan e’tiboran kafedrani dotsent U.O’ljaboyev boshqara boshladi. U o‘z faoliyati davomida kafedraning oldingi an’analarni saqlagan holda ilmiy salohiyatni yanada ko‘tarilishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

2010 yilning sentabr oyiga kelib kafedra ixtiyoriga qozoq adabiyotiga doir fanlarning ham o‘tishi munosabati bilan uning nomlanishi o‘zgartirilib, “Adabiyotshunoslik” deya ataldi.

2011 yilda kafedraga dotsent Q.Ko‘bayev mudir etib tayinlandi.

2016 o‘quv yiliga kelib “O’zbek tilshunosligi” va “Adabiyotshunoslik” kafedralari birlashtirilib, “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasiga aylantirildi. Kafedraga dastlab dots. Q.Ko‘bayev, keyin 2017 yildan dots. F.Sharipov mudir etib tayinlandi.

2018 yilning boshidan 2020 yilning sentyabrigacha “O’zbek tili va adabiyoti” nomidagi kafedrani dots. O.Fayzullayeva boshqardi. 2020 yil 2 sentyabrdan boshlab kafedra “O’zbek tilshunosligi va “O’zbek adabiyotshunosligi” nomidagi ikkita kafedraga ajraldi. “O’zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi boshqaruvini filologiya fanlari nomzodi, dotsent O.Fayzullaeva davom ettirmoqda.

 

“O’zbek adabiyotshunosligi” kafedrasining hamkorlik aloqalari

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida kafedra tomonidan Respublikamizdagi 10 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlar (O’zR FA O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Samarqand davlat universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Farg’ona davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti bilan hamkorlik aloqalari davom ettirib kelinmoqda. Ilmiy-pedagogik hamkorlik horijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari (Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti, Ozarbayjon Respublikasi Boku davlat universiteti, Tojikiston Respublikasi Xo‘jand davlat universiteti) bilan ham amalga oshirilib kelinmoqda.

 

Kafedraning ilmiy faoliyati

Kafedra professor-o‘qituvchilari “O’zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari” bosh ilmiy tadqiqot mavzusi doirasida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. 2019-2020 yillarda kafedradan ikki kishi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildilar.

Kafedra ilmiy ishlarining salmog’i va darajasi dissertatsiyalar bilan belgilanadi. 2020 yilda quyidagi doktorlik va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari mavzulari bo‘yicha ilmiy ishlar davom ettirilmoqda:

1. “Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida epik janrlar tipologiyasi”

(hikoya, qissa va esse misolida) – Q.Ko‘bayev.

2. “XVII-XVIII asrlar o‘zbek yozma adabiyotida folklor an’analari va poetika masalalari” – M.Mamatqulov.

3. “O’zbek adabiyotida she’riy turkumlilik masalasi” (janr tarixi, tendentsiyalari, estetik tabiati) – O.Fayzullaeva.

4. “O’zbek nasrida tetralogiya” (Muhammad Alining “Ulug’ saltanat” roman-tetrologiyasi misolida) – G.Qo‘yliyeva.

6. G.Qo‘ylievaning professor N.Rahimjonov rahbarligida tayyorlagan “O’zbek nasrida trilogiya” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 2019 yil 30 martida himoya qilindi.

7. Kafedra doktaranti To‘rayeva Dilnozaning “Badiiy g’oya, ijodiy tasavvur va estetik talqin masalalari” (Asad Dilmurod asarlari misolida) mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 2020 yil 13 iyunda himoya qilindi.

Kafedra doktaranti To‘ychiev Abdunabi “Nurali Qobul nasri poetikasii” mavzusidagi (PhD) ilmiy tadqiqot ishini himoya qilish arafasida.

Shuningdek, kafedrada ilmiy-amaliy seminarlar faoliyati to‘g’ri yo‘lga qo‘yilgan. Oyda bir marta o‘tkaziladigan seminarda professorlar N.Rahmonov va Yo.Tojiev, Q.Yo‘ldoshev, dotsentlar U.O’ljaboevlar ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy maqolalarining mazmuni va saviyasini tahlil etib taqrizlar berishadi.

Kafedraning bosh ilmiy mavzusi doirasida shu kungacha 800 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 20 ta monografiya, 4 ta darslik, 20 dan ortiq o‘quv va metodik qo‘llanmalar nashr etilgan,13 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan.

O’quv yili davomida respublika miqyosidagi jurnallarda va konferensiyalar to‘plamlarida ilmiy maqolalar nashr ettirildi. Ular asosan xorij mamlakatlaridan Amerika, Germaniya, Yaponiya, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya mamlakatlarining nufuzli jurnal va to‘plamlarida, respublika miqyosida OAK tomonidan e’tirof etilgan “Jahon adabiyoti”, “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali, “Til va adabiyoti ta’limi” jurnali, “Sharq Yulduzi” jurnali, “O’zbekiston matbuoti” kabi jurnallar, “Ilm sarchashmalari, “O’zMU xabarlari”, “BuxDU Ilmiy axborotnomasi”, “FarDU ilmiy xabarlari” “NamDU Ilmiy axborotnomasi” kabi universitetlarning ilmiy jurnallar va turli to‘plamlarda o‘z maqolalarini chop ettirib kelmoqdalar.

2005 yilda dotsent Q.Ko‘beaevning “Tarixiy qissalar haqiqat izlaydi” nomli monografiyasi “Adolat” nashriyotida, 2012 yilda dotsent H.Mirhaydarovning “Tongni ottirgan yulduzlar” kitobi “Tafakkur” nashriyotida, 2013 yilda dotsent U.O’ljaboevning “Zamon talabi va ijodkor mas’ulligi” nomli kitobi “O’zbekiston” nashriyotida, 2014 yilda M.Sariboyevaning “Alisher Navoiy epik asarlarini interfaol usullarda o‘rganish” nomli monografiyasi “Adib” nashriyotida, 2014 yilda O.Fayzullayevaning “Hozirgi o‘zbek she’riyatida sonet” nomli monografiyasi “Turon zamin ziyo” nashriyotida, 2016 yilda dotsent U.O’ljaboyevning “Xotiraga ko‘chgan umrlar” va “Hikoyachilikda davr nafasi” nomli kitoblari “Turon zamin ziyo” nashriyotida, 2016 yilda G.Qo‘yliyevaning “O’zbek nasrida trilogiya” nomli monografiyasi “Tafakkur” nashriyotida, 2017 yilda dotsent U.O’ljaboyevning “Adabiyot – ko‘ngil ko‘zgusi” nomli kitobi “Turon zamin ziyo” nashriyotida chop etildi.    Kafedra professori Nasimxon Rahmonovning «Tarixdan oziqlanib» nomli monografiyasi “Mumtoz so‘z” nashriyotida 2019 yil chop etilgan. Kafedra professori Qozoqboy Yo‘ldoshevning «Ochqichso‘z» nomli monografiyasi “Tafakkur” nashriyotida 2019 yil chop etilgan.

2020 yilda kafedra dotsenti Vahob Rahmonovning “She’r san’atlari” nomli monografiyasi “Sharq” nashriyotida nashr qilindi. Sayyodiyning «Tohir va Zuhra» asari kafedra dotsenti Muzaffar Mamatqulov tomonidan chop ettirildi.

 Dotsent Vahob Rahmonov tomonidan Alisher Navoiyning «Xamsa»ning «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» kabi asarlarini, «Lisonut tayr» asarini, Boburning «Boburnoma» asarini lotin va kirill alifbosiga o‘girib, tabdil qilib, nashrga tayyorlagan va ushbu asarlar G’.G’ulom va O’zbekiston nashriyotlarida 2020 yil chop etildi.

Kafedra profesori N.Rahmonov OTMlarning Filologiya talim yo‘nalishi talabalari uchun «O’zbek adabiyoti tarixi» o‘quv qo‘llanmasi 30 bosma toboq hajmida 2017 yil nashr qilindi.

Kafedra dotsenti O.Fayzullayeva va X.Tojiyevlarning “Shekspir sonetlari tarjimasi va sharhlari” nomli o‘quv qo‘llanmasi universitet IKda tasdiqlanib, 2019 yil «Yangi asr avlodi» nashriyotida nashr etildi.

Ko‘baev Qobil Umarovich “Hozirgi adabiy jarayon va yangi o‘zbek adabiyoti (O’zbek qissachiligi tarixi)” va Mamatqulov Muzaffar Rahmonqulovich «O’zbek adabiyoti tarixi» (Eng qadimgi davrdan islomgacha bo‘lgan adabiyot) nomli o‘quv qo‘llanmalari respublika Muvofiqlashtiruvchi Kengashidan tasdiqdan o‘tib, guvohnoma asosida 2020 yil nashr etildi.

2019 yilda Farg’onada o‘tkazilgan “Zamonaviy o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida To‘ra Sulaymon ijodining o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanida kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etganlar.

 2019 yilda “To‘ra Sulaymon ijodida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya masalalari” nomli Guliston davlat universitetida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda ham kafedra professor-o‘qituvchilari va tegishli yo‘nalish talabalari faol ishtirok etganlar.

 2020 yil 21 may kuni kafedra tomonidan “Erkin Vohidovning so‘z qo‘llash mahorati” mavzusidagi adabiyotshunos va tilshunos olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, magistr va iqtidorli talabalarning respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

«Yosh adabiyotshunos» to‘garagi O.Fayzullaeva, «Yosh sharqshunos» - L.Dehqonova tomonidan tashkillashtirilgan va muntazam faoliyat olib borgan.

       Kafedrada “Yosh adabiyotshunos” va “Yosh she’rshunos” to‘garaklari faoliyat yuritadi. To‘garaklar a’zolarining she’rlari “Dunyolarga tanitamiz Sirdaryoni” she’riy to‘plamida, “Nazm silsilasi” she’riy to‘plamida va turli nashrlarda muntazam chop ettirib borildi. To‘garak a’zolaridan 15 nafarining maqolalari respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallarida, shundan 5 nafari “Erkin Vohidovning so‘z qo‘llash mahorati” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallarida, 4 nafari respublika miqyosidagi “Ogahiy – shoir, muarrix, tarjimon” deb nomlangan konferentsiyada 2 nafari “O’zbekistonning umidli yoshlari” respublika anjumanida, 2 nafari “O’zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlarda talabalarning o‘rni” nomli onlayn konferentsiyada, 2 nafari “Yangi O’zbekistonni qurish va rivojlantirishda yoshlarning faolligi” mavzusidagi onlayn konferentsiyada, 2 nafari Navoiy adabiy merosiga bag’ishlangan TDO’TAU o‘tkazgan anjumanda faol ishtirok etdilar, maqolalari chop etilib, sertifikat sohibi bo‘ldilar. 2 ta talabamiz reytingi yuqori bo‘lgan xorij jurnallarida maqola chop ettirdilar.

Yosh ijodkor talabalardan 10 nafarining ijod namunalari respublika miqyosida nashr etiladigan “Zangor fasl” to‘plamida, 33-17 guruh talabasi Rashid Xo‘jamovning “Ardog’imdagi tuyg’ular” she’riy to‘plami 2019 yil “Navro‘z” nashriyotida nashr etildi.

11039 | 2017-12-29 12:52
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023