Состав и члены совета университета
Гулистанский Государственный Университет
Телефон (0367) 225-40-42
Факс (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...

14465

Общее количество студентов

6932

Очная форма обучения

7202

Заочное образование

20

вечернее обучение

285

Магистратура

26

Иностранные студенты

Научный указатель Гулистанского государственного университета

Состав и члены совета университета

Title


Kengash kotibi: Abdurasulov Shermuxammad Izatullayevich

Qabul kunlari: Seshanba, Payshanba (10-00 - 16-00)

rus, ingliz tillari

+ 998 97 277 24 37

Guliston davlat universiteti Kengashi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug’i bilan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtining Kengashi to‘g‘risidagi Nizom asosida Guliston davlat universiteti kengashi tashkil etilgan va hozirgi kunda o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Universitet Kengashiga 2017-yil noyabr oyidan boshlab t.f.d., professor M.T.Xodjiyev rahbarlik qilib kelmoqda. Kengash tarkibida 68 nafar a’zo bo‘lib, ular universitet Kengashi tomonidan tasdiqlangan.
Kengash tarkibi har o‘quv yilining boshida ko‘rib chiqilаdi va lavozim vazifalariga ko‘ra yangi a’zolar saylanаdi.
Hozirgi kunda universitet kengashi tarkibida universitet rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, kafedra professorlari, tegishli bo‘lim boshliqlari, universitet tasarrufidagi Akademik litsey va texnikumlar direktorlari, universitet kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi, Yuriskonsult, Yoshlar ittifoqi universitet BT yetakchisi a’zo sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Universitet Kengashning asosiy vazifasi universitet jamoasi sa’y-harakatlarini birlashtirishdan iborat bo‘lib, birinchi yig‘ilishda Kengashning yillik ish rejasi va tarkibi tasdiqlab olindi. Universitet Kengashi doimiy faoliyat yurituvchi oliy kollegial organ hisoblanib, Kengash O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlari, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom, Guliston davlat universiteti Ustavi asosida faoliyat yuritadi. Kengash o‘z faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, mustaqillik, erkin fikr, kollegiallik va yakkaboshchilikning uyg‘unligi, jamoa fikrini hisobga olish prinsiplari asosida amalga oshiradi.

Kengash yig‘ilishlarida:
-kengash faoliyatini muvofiqlashtirishga oid tashkiliy ishlar;
-universitet Kengashi kun tartibidagi masalalar;
-turli masalalar ko‘riladi.

Bunda:
- ta’lim tizimining barcha sohalari uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv, metodik, ilmiy va boshqa faoliyatni samarali tashkil etish;
- shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy-axloqiy ehtiyojlarini pedagogik ta’lim olish orqali qondirish, davlat va jamiyatning oliy pedagogik ma’lumotli, malakali mutaxassislar va oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
- ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, fundamental va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
- universitetda normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari, yillik rejalar va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hay’ati qarorlari va buyruqlarining bajarilishi;
- ijro intizomini mustahkamlash, lavozim (xizmat) vazifalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashda universitet rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish;
- pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy, tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlariga oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlarining universitet zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarini eshitish;
- prorektorlar, universitet bo‘limlari, fakultetlari va kafedralari faoliyati tartibi vakolatlarini ko‘rib chiqish;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasiga professor, dotsent ilmiy unvoniga tavsiya qilish kabi masalalarni hal qiladi.
Kengash universitet vakolatiga taalluqli, uning hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan kollegial muhokama talab qilinadigan boshqa masalalarni ham ko‘rishga haqli.
Universitet Kengashi tomonidan oxirgi 2 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasiga professor va dosent ilmiy unvonlari olishga ariza bergan 40 dan ortiq talabgorning hujjatlari ko‘rib chiqildi va tavsiya berildi. Bugungi kunda OAK tomonidan ular dosent va professor ilmiy unvonlariga tasdiqlandi.
Universitet Kengashi yig‘ilishlarida 179 nafar mustaqil izlanuvchilar va erkin tadqiqotchilarning doktorlik dissertasiyasi (PhD), (DSc) mavzulari va ilmiy rahbarlari muhokama qilinib tasdiqlandi.

Kengash tarkibi

FISh Lavozimi
1 Xodjiyev Muksin Tadjiyevich Rektor, Kengash raisi
2 Turdiboyev Dilshod O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
3 Zikriyayev Zokir Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
4 Niyazov Faxriddin Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy  ishlar bo‘yicha prorektor
5 Bairbekov Mamatqul Moliya va iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor
6 Turdimetov Shaxobiddin Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti dekani
7 Sharipov Fazliddin Filologiya fakulteti dekani
8 Ergashev Ma’ruf Tabiiy fanlar fakulteti dekani
9 Bobojonov Ahmadjon San’atshunoslik fakulteti dekani
10 Maxmudov Sherali Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti dekani
11 Sattorov Karim Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti dekani
12 Taniberdiyev Akmal Jismoniy madaniyat fakulteti dekani
13 Komilov Jamoliddin Pedagogika fakulteti dekani
14 Shernazarov Farxod Tibbiyot fakulteti dekani
15 Pozilov  Abduvoit Biologiya kafedrasi professori
16 Qarshiboyev Hazratqul Botanika va dorivor o‘simliklar kafedrasi professori
17 Samadov G‘ulom Fizika kafedrasi dotsenti
18 Mahmudov Ravshan Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi professori
19 Yunusov Oybek Biologiya kafedrasi mudiri
20 Abduraxmonova O‘g‘iloy Kimyo kafedrasi mudiri
21 Musurmonov Alisher Agrotuproqshunoslik va melioratsiya kafedrasi mudiri
22 Botirova Laziza Botanika va dorivor o‘simliklar kafedrasi mudiri
23 Qarshiboyeva  Lola Ekologiya va geografiya kafedrasi mudiri
24 To‘raqulov Mamaraym Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari kafedrasi mudiri
25 Uzaydullayev Akmaljon Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi mudiri
26 Maksudov Ravshan To‘qimachilik va yengil sanoat kafedrasi mudiri
27 Kenjayev Shavkat  Ijtimoiy fanlar kafedrasi
28 Mavlyanov Umid Tarix kafedrasi mudiri
29 Sattorqulov Obidqul Iqtisodiyot kafedrasi mudiri
30 Tursunmaxatov Kaxramon Fizika kafedrasi mudiri
31 Gaibnazarov Olimjon Matematika kafedrasi mudiri
32 Tishlikov Sulton Amaliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri
33 Хo‘jakulov Boxodir An'anaviy xonandalik va cholg'u ijrochiligi kafedrasi mudiri
34 Berikboyev Alisher Amaliy san'at va dizayn kafedrasi mudiri
35 Raximov Baxtiyor Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri
36 Toshtemirov Doniyor Pedagogika va psixologia kafedrasi mudiri
37 Muxliboyev Maxmud Texnologik va maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri
38 Uzoqov Akram Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri
39 Pozilov Abdushohid Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri
40 Mamatqulov  Muzaffar O‘zbek  adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri
41 Axrorov Alisher O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri
42 Abdurazzoqova Shohida Fakultetlararo chet tili kafedrasi mudiri
43 Omonboyev Berdiyor Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri
44 Sultonov Shuxrat Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri
45 Abduraxmonov Qarshixon Umumiy tibbiyot kafedrasi mudiri
46 Latipov Murodali Sirtqi bo‘lim boshlig‘i
47 Islikov Sayid Masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri
48 Sulaymonov Amaliddin Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i
49 Japaqov Norboy Marketing bo‘limi boshlig‘i
50 Xudoyberdiyev Ikrom O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
51 Matrasulov Bahodir Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i
52 Djurayev Mansur Ilmiy bo‘lim boshlig‘i
53 Yusufaliyev Abdurahmon Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
54 Sultonova Nigora Xotin-qizlar kengashi raisi
55 Pardayev Munavvar “Universitet ovozi” gazetasi bosh muharriri
56 Xakimjonov Baxodir Akademik litsey direktori
57 Qudratov Baxtiyor Guliston Agrotexnologiyalari texnikumi direktori
58 Muydinov Sirojiddin Oqoltin sanoat texnikumi direktori
59 Abduraxmonov Оbidjon Xodimlar bo‘limi boshlig‘i
60 Xamzayev Baxodir Korruptsiyaga qarshi kurashish, “Kompleans nazorat” bo‘limi boshlig‘i
61 Samadov Bobur Matbuot kotibi
62 Burxiyev Olim RTTM boshlig‘i
63 Norimova Guljahon Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i
64 Zikriyayev Faxriddin Yoshlar ittifoqi universitet yetakchisi
65 Abdurasulov Shermuxammad Bo‘lim boshlig‘i, Kengash kotibi


 



4190 | 2022-01-14 10:14

ПРИЕМ-2024 перевод на учебу

ПРИЕМ-2024

Прием иностранных граждан 2024 г.

Информационный листок творческого (профессионального) экзамена поступающего
Информационный листок о переводе студентов на обучение за границу Xorijda o'qiydigan talabalarning o'qishni ko'chirish axborot varaqasi

Геолокация мест проведения творческих (профессиональных) экзаменов в 2024-2025 учебном году

Полезные ресурсы

Наши партнеры

Полезные ссылки для студентов

Прием в магистратуру

Система онлайн-заявок на поступление в магистратуру высших учебных заведений

????

Биллинговая система учета услуг, оказанных обучающимся по договору

Информационная система учета услуг, оказанных обучающимся на основании договора

Входить

PHD.MININNOVATION.UZ

Единая электронная система координации послесреднего образования

Входить

Получить контракт

Получение контракта на вторую специальность

Входить

Подача заявления на размещение в студенческой резиденции

Подача заявления на студенческую визу (для студентов 1 курса)

Входить

Интерактивные государственные услуги для студентов

Список интерактивных услуг

Входить

Полезные ссылки для соискателей

ИТ-парк

IT Park – локомотив ИТ-сектора Узбекистана

????

Обращение к ректору Гулистанского государственного университета

Отправить запрос

Входить

ИТ-профессии

Выбирайте карьеру будущего!

Входить

Привилегии

Перечень льгот при поступлении на бакалавриат высших учебных заведений

Входить

Комплекс наук

Набор предметов, по которым сдается тестирование на бакалавриат

Входить

news