Joriy yilning 28-fevral kuni Guliston davlat universitetining Axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan 5 muhim tashabbusning 3-yo’nalishi doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-treningda O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi bo’lim boshlig’i F.Xakulov, Fizika-matematika fakulteti dekani S.Allayorov, Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri D.Toshtemirov, kafedra katta o’qituvchisi A.Taniberdiev, o’qituvchilar Sh.Mavlonov, M.Niyozov, O’.Yuldashev, A.Qudratov, D.Ung’arov va Amaliy matematika va informatika yo’nalishi 2-kurs talabasi T.G’anievlar so’zga chiqishdi.