Ilmiy kengash

Umumiy qoidalar
1. Guliston davlat universiteti (bundan buyon matnda universitet deb yuritiladi) faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun rektor raisligida Kengash tashkil etiladi va uning yig‘ilishlarini olib boradi.
2. Kengash o‘z faoliyatini universitet Kengashi to‘g‘risidagi Nizom» asosida, qonuniylik, boshqaruv va kollegiallikni markazlashtirish tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Kengashning asosiy vazifalari
3. Kengashning asosiy vazifasi – universitet jamoasi sa’y-xarakatlarini quyidagi masalalarni bajarishga qaratilgan faoliyatini birlashtirish hisoblanadi:
- kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiya va kompyuterlashtirish asosida yuqori sifatli bakalavr va magistrlar tayyorlashni ta’minlash;
- Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat.
4. Universitet Kengashi:
- kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va dasturlarning qat’iy bajarilishini ko‘rib chiqadi xamda ustivor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlarni belgilaydi;
- fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar to‘g‘risidagi, universitet qoshidagi akademik litsey, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi, universitet qoshidagi ilmiy laboratoriyalarning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek, marketing xizmatining xalq xo‘jaligida bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj, buyurtmachi tashkilotlar bilan xamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi hisobotni eshitadi xamda tegishli qaror qabul qiladi;
-ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi xamda tegishli qaror qiladi;
-universitet rivojlanishining yillik va istiqbolli rejalarini tasdiqlaydi, moddiy texnik ta’minot va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qaror qabul qiladi.
- fakultet va kafedralarni ochish, tugatish, o‘zgartirish shuningdek, marketing xizmatlari takliflarini hisobga olgan xolda yangi bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;
- “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi;
- professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning xujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komisiyasiga taqdim etadi;
- universitet talabalari hamda professor-o‘qituvchilarning ingliz tilini bilishini ta’minlash va kompyuter texnologiyalari, internetdan foydalana olishlari bo‘yicha tayanch ko‘nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora-tadbirlar belgilaydi;
- ta’lim jarayonining o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligini, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi;
- mustaqil izlanuvchi, tayanch doktorantura va doktoranturalarga nomzodlarni tavsiya etadi, ularning shaxsiy rejalari va dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlaydi;
- iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni “Iste’dod” jamg‘armasi orqali xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovkaga tavsiya etadi;
- universitet iqtidorli talabalar, magistrlar safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga va nomli davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;
- “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liklarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;
- asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
- universitet talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mexnat muxofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi.
5. Kengash universitet vakolatiga kiradigan va kollegial muhokama etishni talab qiladigan har qanday masalani ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Kengash tarkibi
6. Kengash tarkibiga universitet rektori (rais), prorektorlar, bo‘lim va markaz boshliqlari, o‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i, universitet qoshidagi markaz, filial direktorlari, universitet bosh hisobchisi, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, yurist-maslaxatchi, fakultet dekanlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, «Yoshlar ittifoqi» boshlang‘ich tashkilot etakchisi, universitet qoshidagi akademik litsey direktori kiradi. Kengash tarkibiga Oliy ta’lim muassasining muayyan yo‘nalish muammolari bo‘yicha ishlovchi yirik olim va mutaxassislarni ham kiritish mumkin. Kengashning vakolat muddati -5 yil.
7. Kengash tarkibi universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Xar o‘quv yilining boshida turli sabablarga ko‘ra Kengash tarkibidan chiqkanlar o‘rniga, yangi a’zolar saylanadi yoki tegishli tartibda tarkibga qo‘shiladi.

Manbaa: Universitet Kengashining 2018 yil 29 avgustdagi 1-sonli majlisida tasdiqlangan “Universitet Kengashi to‘g‘risida”gi Nizomi.

 

369 | 2018-09-12 13:10
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish