Ekologiya va geografiya kafedrasi

Ekologiya va geografiya kafedrasikafedralar/ekologiya.jpg

Kafedramudiri: Qarshiboyeva Lola Qilichevna

Qabul vaqti:Dushanba, juma 10-00 dan 12-00 gacha

Telefon: (+998 90) 255-67-86

-mail:Qarshiboyeva_l@umail.uz

Kafedra bosh ilmiymavzusi: Mirzacho’l vohasining tabiiy resurslari va uni muhofaza qilish muammolari

Kafedra tarixi

• “Botanika va ekologiya” kafedrasi 1990-yil 15-iyunda  “Umumiy biologiya va zoologiya” kafedrasi tarkibidan ajralib, mustaqil kafedra sifatida tashkil topdi.  Kafedraning birinchi  mudiri b.f.n, dotsent P. Xolqo’ziev, I.Shirinova (1993-1994 yy), I.O’razboev (1994-1996 yy), N.Xadjaeva (1996-2003 yy), A.Dosmetov (2003-2005 yy),  N.Sulaymonov (2005-2011 yy). “Ekologiya va geografiya” kafedrasi 2015-yil avgust oyida tashkil etildi. “Umumiy ekologiya va geografiya” kafedrasi 2011-yildan 2015-yil avgust oyigacha faoliyat ko’rsatgan bo’lib, 2011-215-yillar davomida unga b.f.n., dotsent A. Do’stmedov rahbarlik qilgan. 2012-2017-yillar davomida kafedraga g.f.n. A. Yuldashov rahbarlik qilgan. Hozirda kafedraga g.f.n L. Qarshiboyeva rahbarlik qilib kelmoqda.

• Bugungi kunda “Ekologiya va geografiya” kafedrasi Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tarkibidagi 6 ta kafedradan biri sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedrada jami 17 nafar professor o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shulardan 3 ta fan nomzodlari, 1 ta dotsent, 1 ta dotsent vazifasini bajaruvchi,  12 ta o’qituvchilardir. To’liq stavkada 18 nafar kishi ishlamoqda. Kafedra professor-o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 37.

• Kafedra «Mirzacho’l vohasining tabiiy resurslari» va “Mirzacho’l vohasining tabiiy geokimyosi” ilmiy muammolari ustida ish olib borib, “Botanika”, «Geobatanika», «Tabiiy geografiya», «Landshaftlar geofizikasi», «Iqtisodiy geografiya» ixtisosliklari bo’yicha tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda. Kafedrada g.f.n. A. Yuldashov rahbarligida “Sho’rlangan tuproq sharoitida shirinmiya yetishtirish va undan stimulyator olishda hom-ashyo sifatida foydalanishni o’zlashtirish” mavzusidagi amaliy loyiha ustida ishlamoqda. Loyiha rejasi, tarkibi tasdiqlangan. Shuningdek, b.f.n. H.Q.Qarshiboyev rahbarligida “Mirzacho’lning sho’rlangan maydonlarida dorivor o’simliklar yetishtirish texnologiyasi” mavzusidagi loyiha ustida b.f.d.B.To’xtayev, Z. Jumayeva, R.Mahakamova, M.Toshnazarovalar ishlamoqdalar. Kafedra qoshida tashkil etilgan «Kichik maktab»da 4 ta to’garak tashkil etilgan. “Kichik maktab” a’zolari professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar, viloyat hududidagi akademik litsey va kollejlardagi tarix o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan.

• Kafedrada barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida fakultetlararo “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” hamda “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fani milliy va yevropa guruhlarida o’zbek va rus tillarida o’qitilmoqda. “Ekologiya va geografiya” bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalariga jami 38 ta umumkasbiy, ixtisoslik va tanlov fanlari o’qitilmoqda.

• Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlardan o’quv qo’llanmalar, o’quv–uslubiy majmualar, seminar va TMI ishlanmalari yaratilgan. Kafedra a’zolari xalqaro v arespublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarida 40 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan va ilmiy nashrlarda 70 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilishgan.

• Kafedra o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi FA Botanika instituti, O’zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Jizzax DPI, Samarqand davlat universiteti hamda Sirdaryo viloyatdagi 4 ta akademik litsey va bir qator kollejlar, xorijiy tillar internati bilan o’zaro ilmiy va o’quv-tarbiyaviy hamkorlik qilib kelmoqda. Bundan tashqari O’zgidmetsentr qo’mitasi, Respublika ststistika qo’mitasi Sirdaryo viloyat bo’limi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi Sirdaryo vilayati bo’limi, Ekoharakat davlat qo’mitasi va boshqa ko’plab davlat tashkilotlari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

• Hozirda xamkorlik qilinayotgan akademik litsey va kollejlarda Geografiya va Ekologiya fanlarini o’qitish samaradorligini oshirish borasida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Kafedratarkibi

Familiyasi, ismi, sharifi

Lavozimi

Stavkasi

1

L.K. Karshiboeva

g.f.n. dots. Kafedra mudiri

1,25

2

H.K. Qarshiboev

b.f.d. prof.

1

3

A.N.Xodjimatov

g.f.n. prof.

0,5

4

S.A. Donyorov

b.f.n. dotsent

0,75

5

K.E. Xidiraliev

g.f.n. dotsent

1

6

A.U. Yuldashov

g.f.n. dotsent

0,25

7

J.H. Qarshiboev

b.f.n. dotsent

1

8

M.M. Axunboboev

o’qituvchi

1

9

K.K. Ishanqulova

Katta o’qituvchi

1

10

Z. Madrahimova

o’qituvchi

1

11

S.M. Sattorov

o’qituvchi

1

12

I.Y. Zikirov

o’qituvchi

1

13

A.A. Kenjaev

o’qituvchi

1

14

M.E. Djuraev

o’qituvchi

1

15

M. Altiboeva

o’qituvchi

1

16

J.A. Jumanov

o’qituvchi

1

17

M.A.Raxmonova

o’qituvchi

1

18

M.B. Ummatova

o’qituvchi

0,25

Kafedramanzili: Guliston sh. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti, 3-qavat 304-xona, “Ekologiya va geografiya” kafedrasi

Telefon: (0367) 225-47-63

E-Mail: ekolog-guldu@umail.uz

501 | 2017-12-29 12:40
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish