Manaviyat va marifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bolimi

“Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo`limi

Bo`lim boshlig`i: Abdurasulov Shermuhammad Izatullayevich

Telefon: (0-367-2) 25-42-81

Telefon: (+998 97) 277-24-37

Faks: (0-367-2) 25-40-42

Elektron manzili: shergdu@umail.uz 

“MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT” VA IQTIDORLI YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘LIMI

Guliston davlat universiteti “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi universitetning ma’naviy-ma'rifiy sohadagi faolligini oshirish bilan birga universitet talabalari ongida ma’naviy o’zlikni anglash, ularda tariximiz, milliy qadriyatlarimizga bo’lgan qarashlarni rivojlantirish,  odob-axloq muammolari va ularni oldini olish, o’zaro hurmat, insoniy xislatlarni singdirish va yana bir qator masalalarni yoritishga,  universitetda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik qilish, sohaga tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilangan ko’rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo’limlar, jamoat tashkilotlari va kafedralarning ma’naviyat sohasidagi ilg’or tajribalarini ommalashtirish, zarur ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, adabiyotlar tayyorlash va chop ettirish, talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga ko’maklashish bilan birga ularning  ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan turli tadbirlarni amalga oshiradi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko`tarish to`g`risida”gi 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3160-son Qarori, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining Nizomlari hamda boshqa bir qator normativ hujjatlar va qonunlarga tayangan holda o’z faoliyatini olib boradi. 

Bo`limning maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g’ayriinsoniy g’oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O’zbekistonning chinakam fidoiysi bo’lib yetishtirishdan iboratdir.

Bo`limning vazifalari - mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy, madaniy ishlarga doir tadbirlarni o’tkazish;

- talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo’lga qo’yish;

- milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlarni tashkil etish;

- talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishga ko’maklashish;

- universitetda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish;

- respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo’limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg’armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda ishtirok etadi.

 

BO‘LIMNING TASHKILIY TUZILMASI

Bo‘lim tashkiliy tuzilmasiga bo‘lim boshlig‘i va uslubchilar kiradi.

Mo’minov Elyor– uslubchi

Suvonov Zafar – uslubchi

643 | 2017-12-30 11:52
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish