Guliston davlat universiteti kengashi

Guliston davlat universiteti Kengashi to’g’risidagi

NIZOM

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida"gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda “Oliy ta’lim to’g’risida” gi Nizomga muvofiq oliy ta’lim muassasasi Kengashi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

 

  1. I.     Umumiy qoidalar

 

  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligining 2011 yil 3 dekabrdagi 487-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan oliy ta’lim muassasasining Ilmiy kengashi to’g’risidagi Nizomiga muvofiq, Guliston davlat universitetining faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko’rib chiqish uchun rektor raisligida «Universitet Kengashi» tashkil etiladi.
  2. «Universitet Kengashi» tarkibi rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari hamda oliy ta’lim muassasasi tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudirlari, universitet Yoshlar Ittifoqi etakchisi hamda boshqa jamoat tashkilotlari rahbarlaridan tashkil etiladi. Universitet Kengashining boshqa a’zolari fakultetlarning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadilar. Professor-o’qituvchilar tarkibidan «Universitet Kengashi»ga saylanuvchi a’zolar soni rektorning buyrug’i bilan belgilanadi. «Universitet Kengashi» tarkibiga oliy ta’lim muassasasining muayyan yo’nalish muammolari bo’yicha ishlayotgan yirik olim va mutaxassislari ham kiritilishi mumkin. Universitet Kengashining shakllangan tarkibining vakolat muddati-5 yil.
  3. «Universitet Kengashi» tarkibi rektorning buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Har o’quv yilining boshida, turli sabablarga ko’ra Kengash tarkibidan chiqqanlar o’rniga yangi a’zolar saylanadi yoki nizom bo’yicha kiritiladi.

 

II. Universitet Kengashining maqsad va vazifalari.

 

1. “Universitet Kengashi”ning maqsadi – Guliston Davlat universiteti jamoasi sa’y-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarini O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi Qonunlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim. Malaka, ko’nikmalarga ega bo’lgan professional mutaxassislarni ishlab chiqarish bilan uyg’unlikda tayyorlashga yo’naltirishdan iborat.

2. Guliston davlat universitetining Kengashi:

- “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini o’rganib chiqadi hamda ustivor masalalar bo’yicha takliflar, tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;

- Fakultetlarning o’quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar to’g’risidagi, akademik litseylar, Guliston davlat universiteti qoshidagi ilmiy jamiyatlar faoliyati to’g’risida, qabul komissiyasining faoliyati va qabul natijalari to’g’risidagi, shuningdek marketing xizmatining barcha sohalar bo’yicha bitiruvchi mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan aloqalari to’g’risidagi axborot va hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi;

- Ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o’qituvchilari tarkibining malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi;

- Guliston davlat universiteti rivojlanishining yillik va istiqbolli rejalarini tasdiqlaydi, moddiy-texnik ta’minot va moliyaviy-ho’jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi;

-Fakultet va kafedralarni ochish, tugatish, o’zgartirish, shuningdek marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriyat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yish yoki to’xtatish bilan bog’liq masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qiladi;

- «Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq professor- o’qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o’tkazadi;

-Professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning xujjatlarini ko’rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi.

-Guliston davlat universiteti bitiruvchilari hamda professor- o’qituvchilarining ingliz tili hamda boshqa xorijiy tillarni o’zlashtirishlarini ta’minlashni va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmog’idan foydalana olishlari bo’yicha tayanch ko’nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora- tadbirlarni belgilaydi;

- Ta’lim jarayonining o’quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligi, yangi avlod darslik va o’quv qo’llanmalari, shuningdek innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llashga asoslangan o’quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi;

-Mustaqil izlanuvchi va ilmiy xodim-izlanuvchi oliy o’quv yurtlariga nomzodlarni tavsiya etadi, ularning shaxsiy rejalari va doktorlik dissertatsiyalari mavzularini va ilmiy maslahatchilarini tasdiqlaydi;

-Iqtidorli talabalar safidan va professor–o’qituvchilar tarkibidan nomzodlarni davlat va korxona jamg’armalari hamda boshqa jamg’armalar, moliya muassasalari orqali xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishga tavsiya etadi;

-Guliston davlat universiteti iqtidorli talabalar va stajyor- tadqiqotchi izlanuvchilari safidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari tanlovida ishtrok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;

-“Sog’lom avlod uchun” va boshqa jamg’armalar bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog’liqlarini yanada yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi;

-Asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, universitet moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yanada takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

-Xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish va rivojlantirish bo’yicha tegishli qarorlar qabul qiladi;

-Ta’lim xizmatlari bilan shug’ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida raxbarlarning hisobotini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;

-Guliston davlat universiteti talabalari va xodimlarining hamda professor-o’qituvchilarning texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni belgilaydi.

 

III. “Universitet Kengashi” faoliyatini tashkil etish

 

1. “Universitet Kengashi” o’z faoliyatini har o’quv yili uchun ishlab chiqadigan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Kengash rejasi “Universitet Kengashi” tomonidan ko’rib chiqilgandan so’ng universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.

2. Guliston davlat universitetining o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarga doir barcha masalalar bo’yicha “Univesitet Kengashi” qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko’pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi.

3. Professor-o’qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish bo’yicha o’tkaziladigan tanlovlar va taqdimnomalar yuzasidan qarorlar yopiq ovoz berish yo’li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.

4. “Universitet Kengashi” qarorlari universitet rektori tomonidan tasdiqlanganidan so’ng kuchga kiradi.

5. “Universitet Kengashi” majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar “Universitet Kengashi” raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.

6. “Universitet Kengashi” raisi muntazam ravishda Kengash qarorlarining bajarilishi bo’yicha tekshiruv guruhlari tashkil etadi. “Universitet Kengashi” yig’ilishida kengash a’zolariga tekshiruv guruhlari o’rganilgan masalalar yuzasidan axborot beradi.

 

 

Universitet Kengashi tarkibi

..

1.

2.              

қ

3.              

қ

4.              

ғ

5.              

ҳ 

6.              

ҳ ғ

7.              

 

қ

8.              

қ

9.              

10.           

қ 

11.           

қ 

ғ

12.           

қ ғ

13.           

ғ, , ҳққ

14.           

15.           

қ

қ-қ

16.           

қ ғ

17.           

ҳ

-

18.           

19.           

Ҳ

20.           

ҳ

21.           

22.           

ҳ

қ  ҳ

23.           

Қ

24.           

қ қ

қ

25.           

26.           

-қ қ

27.           

-

28.           

Ң ҳ

29.           

30.           

қ- ғ

31.           

ҳ

ҳ қ қ ..

32.           

қ

33.           

ғ

34.           

35.           

ҳ

қ

36.           

қ

37.           

Қ қ

38.           

Қ

Ққ ҳ қ

39.           

 

40.           

қ ғ

41.           

“ ” ҳ

42.           

қ

43.           

Қ Ҳқ

44.           

 

45.           

ғ

46.           

ҳ

47.           

- қ

48.           

ҳ

49.           

 

 

Universitet Kengashi kotibi:

A.Uzoqov

976 | 2017-12-28 13:01
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish