GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...                     Yuksak manaviyat engilmas kuch. Islom Karimov.

Kimyo kafedrasi

 

 Kafedra mudiri: kimyo  fanlari nomzodi, dotsentkafedralar/kim.jpg

ABDURAXMANOVA O’G’ILOY QAXXOROVNA

Telefon: 91-621-41-25

Elektronmanzili: ugi_lay.912@.umail.uz

Qabul kunlari: chorshanba, payshanba, juma.

KAFEDRA TARIXI

Kimyo kafedrasi Tabiiy fanlar fakultetidagi yetakchi kafedralardan bo’lib, «Umumiy fiziologiya va maktab gigienasi» kafedrasi bazasida 1990 yilda tashkil etilgan.  

Kimyo kafedrasida 2 ta fan doktori, professorlar, 2 ta fan nomzodi, 2 ta katta o’qituvchi va 8 ta o’qituvchi ishlaydi.

2013-2014 o’quv yilidan boshlab kafedrada  5A140501 – Kimyo (fan yo`nalishlari bo`yicha) magistratura mutaxassisligi ochildi.

Kafedrada 5140500 - Kimyo ta’lim yo’nalishi bo’yicha kimyogar bakalavrlar tayyorlanadi. Ushbu 2017-2018 o’quv yilidan boshlab, kimyo yo’nalishiga 50 ta o’ringa qabul kvotasi ajratildi, 1 ta rus guruhi ochildi.

KAFEDRA FANLARI:

            “Noorganik kimyo”, “Analitik kimyo”, “Fizikaviy kimyo”, “Organik kimyo”, “Bioorganik kimyo”, “Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi”, “Kimyo va biologiya o’qitish metodikasi”, “Modda tuzilishi”, “Kvant kimyo va kvant mexanikasi”, “Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi”, “Kimyoviy texnologiya”, “Kolloid kimyo”, “Nanokimyo va nanotexnologiya”, “Kompleks birikmalar kimyosi”, “Fizik kimyoviy jarayonlar termodinamikasi”, “Kimyoviy texnologik jarayonlar va uskunalar”, “Analitik kimyoning fizik-kimyoviy usullari”, “Geterotsiklik birikmalar”, “Element organik birikmalar kimyosi”, “Polimerlar kimyosining dolzarb muammolari” va nomutaxassis ta’lim yo’nalishlari uchun “Kimyo”, “Kimyo asoslari”, magistrlar uchun “Fizik- kimyoviy analiz usullari”, “Spektrofotometrik va fotometrik analiz”, “Polyarografik va potentsiometrik analiz”, “Noorganik kimyoning muammolari va istiqbollari”, “Kimyoviy birikmalarning tuzilishi va reaktsion qobiliyati”, “Kimyoning maxsus bo’limlari», «Tabiiy, sintetik va yuqori  molekulyar  birikmalar  kimyosi:  hozirgi holati va istiqbollari”, «Analitik kimyoda organik reagentlar», «Tabiiy, sintetik va yuqori  molekulyar  birikmalar  kimyosi:  hozirgi holati va istiqbollari”, «Ajratish va kontsentrlash».    

AMALGA OSHIRILGAN O’QUV, O’QUV-METODIK ISHLAR:

-          Kafedrada  fanlardan  ma’ruza, amaliy, seminar va TMI (mustaqil ta’lim) mashg’ulotlari olib boriladi. Barcha fanlardan darslik, o’quv qo’llanma, o’quv-uslubiy majmua va ma’ruza matnlari, taqdimotlar  (slaydlar) tayyorlash yakunlandi, unda mustaqil o’quv faoliyatini tashkil etish usul va vositalarini yaratishga asosiy e’tibor qaratildi.

-          har bir fandan to’liq darslik, o’quv qo’llanma, o’quv-uslubiy majmua, qo’shimcha o’quv adabiyotlari va TMI to’plamlari tayyorlangan va talabalarga kitob holatida, elektron ko’rinishlarda tarqatilgan.

-          Kafedraga tegishli kompyuter xonasi, videoproektor, elektron adabiyotlar, TMI slaydlaridan talabalar unumli foydalanishmoqda.

-          kafedrada 22 ta fandan elektron o’quv adabiyoti tayyorlangan va talabalar undan unumli foydalanishmoqda.

 

KAFEDRANING O’QUV-USLUBIY ISHLARI:

Kafedrada Kimyo, Noorganik kimyo, Organik kimyo, Analitik kimyo, Fizikaviy kimyo, Bioorganik kimyo, Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi, Kalloid kimyo, Kimyo o’qitish metodikasi  kabi fanlar asosiy fan sifatida o’qitiladi. Kafedrada professor-o’qituvchilarning 30dan ortiq o’quv-uslubiy majmuasi yaratilgan. Ushbu o’quv yilida 5 ta organik kimyo, magistratura mutaxassisligi bo’yicha fanlardan o’quv uslubiy majmua tayyorlash rejalashtirilgan.

KAFEDRADA ILMIY-TADQIQOT ISHLARI:

          Kafedra professor-o’qituvchilari Kompleks hosil qiluvchi tabiiy birikmalar  sintezi va ularning xossalarini tadqiq qilish mavzusi bo’yichabosh ilmiy tadqiqot mavzusida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

 Bosh ilmiy mavzu doirasida kafedraning ilmiy salohiyatli professor va dotsentlari rahbarligida 4 nafar mustaqil tadqiqotchilari va magistrantlar ilmiy tadqiqot ishi olib borishmoqda va tadqiqot ishilari natijalari Respublika va xorijiy jurnal hamda to’plamlarda e’lon qilingan.

2017 yil okyabr-noyabr oylarida kafedraning ikki nafar o’qituvchisi - T.O.Jo’raev va O’.M.Shopo’latovlar “Bioorganik kimyo” sohasi bo’yicha tayanch doktoranturaga o’qishga qabul qilindi.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR:

  1. Respublikamizning mustaqillik kuni munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirlarda kafedra professor-o’qituvchilari viloyat, shahar va universitetda o’tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. Shu munosabat bilan birinchi dars hamma kurslarda kafedra professor-o’qituvchilaridan O’. Abduraxmonova, Sh. Toshboeva, A. Alimov, Sh. Qosimovlar bugungi Kimyo fanining dolzarb muamolari,  usullaridan foydalanib tadbirlar o’tkazishmoqda.

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVChILARI TARKIBI:

F.I.Sh

Lavozimi

1

Abduraxmonova O’.Q

kafedra mudiri

k.f.n dotsent

2

Babaev.T,M

Proffesor

3

G’afurov M.B

k.f.n dotsent

4

Turobov N.

k.f.n dotsent

5

Alimov A.E

Katta o’qituvchi

6

Toshboeva Sh.Q

Katta o’qituvchi

7

Djuraev T.O

O’qituvchi

8

Ettiboeva L.A

O’qituvchi

9

Umirov N.S

O’qituvchi

10

Qosimov Sh.I

O’qituvchi

11

Umirova N.O

O’qituvchi

12

Sultonov S.O’

O’qituvchi

13

Allanazarova D.M

O’qituvchi

14

Ermatova O.

O’qituvchi

                                     

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 -4-1-17.JPGkimyo-2.JPG

 

 

 

 

 

 
   

 

Hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlar:

Kafedra olib boriladigan ilmiy-tadqiqotlar asosida  “қ ” ҳ O’zR FA O.S.Sodiqov nomidagi “Bioorganik kimyo” instituti, “Yadro fizikasi” instituti, “O’simlik moddalari kimyosi” instituti, “Umumiy va noorganik kimyo” instituti, “Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti”, O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo texnologiya instituti va boshqa OO’Yu hamda ilmiy markazlar olimlari bilan o’quv metodik va ilmiy-tadqiqotlar bo’yicha hamkorlik qilinmoqda.

Shuningdek, viloyatdagi “Guliston-yog’ ekstrakt” (OAJ), Sirdaryo “Reka-med farm” tibbiy farmatsiya, Guliston amaliy-tibbiy farmatsiya qo’shma korxonasi, “Sirdaryo vino” OAJ kabi korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

Talabalar “PengSheng” OAJ da amaliyotda:

Sirdaryo “Temur med farm” OAJ tibbiy farmatsiya korxonasida:

“Guliston-yog’ ekstrakt” OAJ da ishlab chiqarish amaliyoti:

Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasida:

     Kafedra manzili:  Guliston shahri, 4-mavze, Guliston davlat universiteti bosh binosi, 5 - qavat,  536- xona. Bratishka

413 | 2017-12-29 13:06
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

 
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.
Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!

Powered by Anvar Abduqayumov 2017 - 2018