Fakultetlararo chet tillari kafedrasi

Fakultetlararo chet tillar kafedrasikafedralar/fakultetlararo-chet-tillar-kafedrasi.jpg

Kafedra mudiri: Pozilov Abdushohid Abduvoeitovich

Qabul vaqti: Xar kuni soat 9-00 dan 17-00 gacha

Telefon: +99 (897) 277-49-50

E-mail: AbdushohidPazilov@umail.uz

Ilmiy mavzu: “Virtual ta’lim tehnologiyalari yordamida talabalarda lingvistik kompetentlikni shakllantirish ”(ingliz tili misolida )

Kafedra tarixi

“Fakultetleraro chet tillar” kafedrasi Guliston davlat universiteti tarkibida 1995 yil ochilib, mutaxassisligi chet tili bo’lmagan  fakultetlarga xizmat qilib kelmoqda. Bugungi kunda kaferda Filologiya fakulteti tarkibidagi 4 kaferdralardan biri hisoblanadi. 1995 - 1998 yillar mobaynida kafedrani filologiya fanlari nomzodi dotsent O. Mamajonov boshqardi. U kafedrani iqtidorli yoshlar bilan to’ldirishga e’tiborini qaratdi. 1999-2003 yillarda kafedra mutaxassislik kafedrasi bilan birlashdi. 2003-2011  yillar kafedrani D. Bo’taeva boshqardi. 2011-2013 o`quv yilida A. Gapparov kafedrani faoliyatini yuritdi. 2013-2015 yillar kafedrani E.Hamdamov boshqardi. 2015 yildan hozirgi kunga qadar  kafedrani A. Pozilov  boshqarmoqda.

 Kafedra tarixiga nazar tashlaydigan bulsak kafedraning respublika tilshunos va tarjimashunoslari orasida  tanilishiga sababchi inson Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, pedagog, gyoteshunos, tarjimashunos olima Yanglish Egamovaning hizmatlari katta bulgan .Ya. Egamova 1974 yili Sirdaryo Davlat pedinstituti (1992 yildan Guliston davlat universiteti)ga ishga keldi. Bir yil “Nemis tili” kafedrasining katta o’qituvchisi, 1975 yil sentyabridan 1986 yilgacha shu kafedra mudiri, to 2013 yilgacha kafedra dotsenti lavozimida ishlagan. .Y.Egamova  Nemis tilidan bevosita o’zbek tiliga Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” (1975, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at, 2006, “Yangi asr avlodi”, 2013, “Sharq” nashriyotlarida), “Hamroz dillar” (“Sharq” nashr., 2013), Bruno Apitsning “Qashqirlar changalida” (G’afur G’ulom nomidagi nashr.,1986) romanlarini, Volfgang Borxert, Margarete Noymann hikoyalarini, Gyote haqidagi zamondoshlarining xotiralarini, Gyotening ayrim she’rlarini nemis tilidan tarjima qilgan.            Gyotening “Hamroz dillar” romani hamda “Yosh Verterning iztiroblari” romani tarjimasining tahrir qilingan nusxasini, shu romanlar va ularning tarjimalari, Gyotening hayoti va ijodi haqidagi tadqiqotlari bilan birga “Muhabbatnoma” nomi ostida “Sharq” nashriyotida  (2013) chop ettirdi. Bulardan tashqari, nemis yozuvchisi Frits Vyurtlening Bobur mirzo hayotiga bag’ishlangan “Andijon shahzodasi” (asliyatda “Bobur - yo’lbars”)  nomli qissasini tarjima qilgan, u 2011 yilda “O’qituvchi” nashriyotida bosmadan chiqdi. 2013 yilda qissa lotin yozuvida qayta nashr etildi kafedramiz olimasi uzidan yirik adabiy me’rosni  qoldirdi .

Hozirgi  kunda ham ustozning davomchilari  kafedra ta’lim sifatini oshirishda kafedra o’z loyihalari bilan faol ishtirok etib  sifatli dars o’tish bilan birgalikda ilmiy salohiyatni yuqori ko’tarishga e’tibor qaratmoqdlar .

Kafedraning professor oqituvchilari  A.Pozilov ,Sh  Hidirbaev ,D.Shavqieva, Sh Abdurazzoqovalar Hindistonning  ITEC dasturi doirasida o’z malakalarini oshirib kelishgan va tegishli trenerlik sertifikatlariga ega.

Kafedra o’qituchilari A.Pozilov, H.Mamatova,  U.Xamdamov, Sh Hidirbaev kabilar nomzodlik dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqda.

Kaferda professor o’qituvchilari L.Qodirova,N. Akindikovlar davlat test markazining tegishli darajadagi malaka sertifikatlariga egalar. L.Qodirova va S.Muhiddinova  

      2016 - 2018 yil hisobiga mustaqil tadqiqotchilik faoliyatiga kafedra yosh mutaxassislari to’liq jalb etildi. 9 nafar mustaqil tadqiqotchining jumladan (A.Pozilov, H. Mamatova, Sh.Hidirbaev, I Raimjonov) larning     ilmiy mavzulari tasdiqlangan va o’z mavzulari ustida ilmiy ish olib bormoqdalar.

2017 - 2021 o’quv yiliga kelib kafedra istiqbol rejasida ilmiy salohiyat 40% gacha etib borishi rejalashtirilgan. Kafedrada mustaqil tadqiqotchilar uchun tegishli sharoitlar yaratilgan. Kafedraning mustqil tadqiqtchilari kafedraning tayanch oily oquv yurti bulgan  OzDJTUning lakali ilmiy darajaga ega  professorlari maslahatchi sifatida biriktirilgan. Hozirgi kunda H. Mamatova, katta ilmiy hodim sifatida ilmiy faoliyat olib bormoqda.

KAfedrda kata uqituvhisi  «Das  Kann ich auf Deutch» Tugaragi , M/ .     

Kafedra professor -o`qituvchilarining ilmiy salohiyati (2017-2021) 

 

Kafedradagi professor-o’qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy va metodik mazmundagi tadqiqot natijalarini ishlab chiqarish amaliyotiga, o’quv jarayoniga tatbiq etish masalasi tadqiqot ishlarining asosiy maqsadi sifatida qarab kelinmoqda va kafedrda quyidagi uchta loyiha ustida ish olib borilmoqda 

 Keyingi yillarda o’quv-ta’lim manbalarining yangi avlodini yaratish va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish masalasiga kafedrada har qachongidan ham jiddiy yondoshib kelindi.

Fakultetlar qoshidagi kafedra kompyuter xonalarida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan o’quv-uslubiy majmualar va fanlar bo’yicha darsliklar hamda o’quv qo’llanmalarning elektron versiyalari, “English for all”, “Talk now”, “English for beginners”, “Talk to me” kabi til o’rganuvchi electron animatsion dasturlar joylashtirildi joylashtirildi. Kompyuterlarda chet tili fani bo’yicha 3 kursga 15 ta o’quv-uslubiy majmua, fanlardan test savollari, majmualari, TMI topshiriqlari, darslik va o’quv qo’llanmalarining elektron versiyalari, Inglizcha-o’zbekcha terminologik lug’atlari kiritilgan. Amaliy mashg’ulotlar AKT asosida olib borilmoqda.

   

 “Fakul’tetlararo chet tillar” kafedrasi fakultetlararo hisoblanib, o’qitiladigan fanlar soni 2 ta: ingliz va nemis tili fanlari. Ular umumta’lim fani sifatida o’rgatiladi. Chet tili kursi 1-6 semestrlarni o’z ichiga oladi. Amaliy ingliz tili kursi quyidagi mashg’ulot shakllaridan iborat bo’ladi auditoriyada o’qituvchi rahbarligida guruhlar bilan amaliy mashg’ulot va o’qituvchi topshirig’i asosida talabalarning reja bo’yicha mustaqil ishlashi davom ettirib kelinmoqda. O’qitilayotgan fanlardan 6 ta darslik, 3 ta o’quv qo’llanma, 10 dan ortiq  o’quv-uslubiy majmualar va taqdimotlarning elektron variantlari universitet “Ta’lim” portaliga kiritildi. “Ta’lim” portalini zamonaviy adabiyotlar bilan to’ldirish reja bo’yicha davom ettirilmoqda. Kafedraning bosh ilmiy mavzusi: “Ta’lim jarayonida noan’anaviy usullar va tarjima amaliyoti samaradorligini oshirish masalalari”

 

Kafedraning bosh ilmiy muammosi yo’nalishida bir qator ilmiy-tadqiqot mavzulari tasdiqlandi, olib borilgan ilmiy ishlar natijalari jurnal va ilmiy to’plamlarda ilmiy maqolalar holida nashr qilindi. Innovatsion guruh faoliyatiga yosh tadqiqotchilar, mutaxassislar, iqtidorli talabalarni kengroq jalb etishga alohida e’tibor qaratildi. Britaniya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan seminar treningda (may 2012yil) zamonaviy dars o’tish metodikasi bo’yicha S.Muxiddinova, Sh. Abdurazzoqovalar ishtirok etishdi. Erishilgan natijalar kafedra ilmiy-uslubiy seminarida muhokama qilinadi va ilmiy-uslubiy faoliyatda tatbiq etilmoqda. (Darslarda EO’A lar, dars o’tishning zamonaviy metodlarini samarali qo’llamoqda).

Kafedrada o`qitiladigan fanlar: Ingliz va nemis tillari

Kafedra o'qituvchilarining diqqat e'tibori o'zlari faoliyat olib borayotgan fakultetlar mutaxassislik yo'nalishiga asoslangan xolda atamashunoslik muammolarining ham ilmiy, ham amaliy tomonlarini tadqiq etishga qaratilgan. Ular tomonidan o'quv qo'llanmalar  va atamashunoslik lug’atlari yaratilgan. Bir qator uslubiy ishlar talabalar guruhlarida amaliy sinovdan o'tkazilib, yakunlanish arafasida.

“Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda 

elektron pochta manzili ro’yxati

1

Pozilov    Abdushohid

Kafedra mudiri

2

Mamajonov Olimjon

Dotsent

3

Gapparov  Abdujalil

Katta o’qituvchi

4

Muhammedova  Farog’at

Katta o’qituvchi

5

O’rolova  Dilfuza

Katta o’qituvchi

6

Xamdamov  Usmon

Katta o’qituvchi

7

Karimova  Zaynab

o’qituvchi

8

Ayupova  Dilbar

o’qituvchi

9

Muxiddinova  Saboxat

o’qituvchi

10

Abduraxmonov  Davron

o’qituvchi

11

Qodirova  Lola

o’qituvchi

12

Xidirboev  Sherali

o’qituvchi

13

Shavqieva  Dilfuza

o’qituvchi

14

Abdurazzoqova  Shohida

o’qituvchi

15

Mamatova H

o’qituvchi

16

Norquzieva  Zebo

o’qituvchi

17

Akindikov  Nurmaxambet

o’qituvchi

18

Buriboeva Aziza

o’qituvchi

19

Shayzakov G’ulom

0.25 stajyor-o’qituvchi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra tomonidan aholining servis xizmat turlariga ehtiyoji, ta’lim xizmatlari ko’rsatish amalga oshirib kelinadi. Mazkur yo’nalish bo’yicha kafedra tomonidan 3 oylik «ingliz tili» kursi samarali tashkil etilgan.

2.  Fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi (olingan natijalarni ishlab chiqarishga joriy etish). Kafedrada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar natijalari xususan, ta’lim jarayoniga ZPT va innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish ko’nikmalarini talaba yoshlarda shakllantirish, AL va QHK larning yosh o’qituvchilarida pedagogik mahoratni shakllantirishga oid ishlar shartnoma asosida amalga oshirildi. Dotsent O. Mamajonov Guliston 2-AL “Tillar” kafedrasi mudiri S. Ulugbekov  bilan doimiy hamkorlikda bo’lib, o’quv qo’llanmalar masalasida ta’lim sifatini oshirish uchun tafsiyalar, interfaol usullardan foydalangan holda dars o’tish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar, ilmiy – uslubiy maqolalar yozib  ustoz-shogird an’anasi bo’yicha faoliyat ko’rsatilmoqda (“Iqtisod yo’nalishi I-bosqich talabalari uchun ingliz tili” o’quv qo’llanma, “Mustaqil ta’lim-bilim garovi”, ilmiy maqola. Guliston, 2012).Yangier AL, Guliston 1-AL, 2-AL, Sirdaryo AL larining yosh o’qituvchilari uchun Ingliz tili o’quv qo’llanmalarining elektron versiyalari, dars taqdimotlari, ingliz tilini o’rgatishda intensiv metodlaridan foydalanish bo’yicha multimediyali e’lektron qo’llanmalari taqdim etilib kelinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Presidentining Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to’g’risidagi 18 - 75 sonli Qarorini amalga oshirish yuzasidan kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Guliston davlat universiteti professor-o’qituvchilari “Fakultetlar aro chet tillar” kefedrasi tomonidan tashkil qilingan ingliz va nemis tili kurslarida chet tilida bilim va ko’nikmalarini oshirmoqdalar.

1079 | 2017-12-29 12:43
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish