Guliston davlat universitetining ustavi

I.Umumiy qoidalar

 

1. Guliston davlat universiteti (Guliston davlat universiteti) 1992- yil 15- martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan G’ofur G’ulom nomli Sirdaryo Pedagogika instituti negizida tashkil etilgan,  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.

         2. Guliston davlat universiteti davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo’shimcha (yoki faqat asosiy) ta’lim dasturlarini bajarish bo’yicha ta’lim faoliyati bilan shug’ullanadi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o’quv-pedagogik va ilmiy-metodik, shuningdek boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini ko’rsatadi.

3. Guliston davlat universiteti  o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining  normativ-huquqiy xujjatlari va mazkur Ustavga amal qiladi.

4. Guliston davlat universiteti yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida o’ziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo’yicha o’z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o’z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.

Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa shu jumladan valyuta bo’yicha hisob raqamlariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.

Guliston davlat universiteti joylashgan manzili va rekvizitlari:

700100, Guliston sh., 4-mavze.

Moliya Vazirligi g’aznachiligi xG’r 23402000 300100001010 HKKM MB Toshkent sh.

 BB MFO 00014, INN 201122919

 shG’r- 400910860262807950100079002

Guliston davlat universitetining  o’zbek, rus va ingliz tillaridagi rasmiy to’liq (qisqa) nomi:

Guliston davlat universiteti, Gulistanskiy gosudarstvenno’y universitet, GulistanStateUniversity.

 

II. Guliston davlat universitetinng

asosiy vazifalari

 

5.Guliston davlat universitetinng asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • shahsning intellektual, madaniy va ma’naviy-ahloqiy kamol topishiga bo’lgan ehtiyojlarini oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ma’lumot olishi orqali erishishni qondirish;
  • iqtisodiyotning tegishli sohalari bo’yicha oliy ma’lumotli mutahassislarni va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim katta ilmiy hodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchi sifatida oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
  • jamiyatning ahloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va boyitish;
  • aholi o’rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy darajasini ko’tarish;
  • ilmiy-pedagog hodimlar va ta’lim oluvchilarning ilmiy-tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish;
  • har tomonlama rivojlangan va sodiq shahsni, mustaqil davlat fuqarosini o’z Vatani fidoyisi, halq, jamiyat va oila oldidagi o’z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, halq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;
  • tegishli ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’quv qo’llanmalarini, darsliklarni yaratish, ularni o’quv jarayonlariga tadbiq etish;
  • milliy iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari bo’yicha ustuvorlikka ega bo’lgan va ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini amaliyotga tadbiq qilish;
  • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish va bu ishlarga talabalarni jalb etish;
  • Universitet binolari va unga tegishli ob’ektlarda umumiy ovqatlanish, oshxona, bufetlarni tashkil etish va faoliyatini yuritish.

 

III. O’quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarning sub’ektlari,

ularning huquq va majburiyatlari

a) Talabalar:

 

6. Guliston davlat universiteti rektorining buyrug’i bilan o’qishga qabul qilingan shaxs Guliston davlat universitetining talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi beriladi.

Guliston davlat universitetiga  qonunchilikda belgilangan tartibda umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega bo’lgan shaxslar arizalariga binoan  O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari natijalariga ko’ra to’plangan ballarning reyting tizimi bo’yicha amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun  (ham grantlar, ham to’lov-kontrakt bo’yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to’plagan abiturientlarning davlat grantlari bo’yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan to’lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq test sinovlarisiz muayyan imtiyoz asosida ham o’qishga qabul qilish kafolatlanadi.

 

7. Guliston davlat universitetining talabalari quyidagi huquqlarga ega:

 

- fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;

- universitetdagi axborot resurs markazida mavjud bo’lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;

-  bepul maslahatlar va yo’l-yo’riqlar olish;

- auditoriyalar,  ta’lim jarayoniga oid vositalardan o’rnatilgan tartibda bepul foydalanish;

- ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o’z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta’lim muassasasi, dekanat va kafedra raxbariyatiga  bildirish va ularni ko’rib chiqilishini talab qilish;

- universitet va fakultet miqyosida o’tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;

- ilmiy tadqiqot ishlarida va ilmiy konferentsiyalarda qatnashish va ularning natijalarini nashr etish va bu haqda axborotlar berish;

- oliy ta’lim muassasasida qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bo’lish va ular ishida qatnashish.

Talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo’yicha yuqori malakali mutaxassis bo’lib etishish uchun zarur bo’lgan qonun xujjatlariga zid bo’lmagan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.

Talaba o’z huquqlarini suiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o’zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.

8. Davlat grantlari bo’yicha va to’lov-kontrakt asosida o’qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shaklida ta’lim olayotgan talabalar  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar.

Talabalar tegishli normativ-huquqiy xujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Beruniy, Ibn Sino, Navoiy va Ulug’bek nomidagi Davlat stipendiyalari, shuningdek, o’qishga yo’llagan yuridik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarni olish huquqiga egadirlar.

9. Harbiy xizmatni o’tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug’ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

10. O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlariga muvofiq kunduzgi o’quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga universitetda o’qiyotgan vaqti davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.

11. Universitetning Talabalar turar joyiga muhtoj talabalar universitetning talabalar turar joylaridan sanitariya me’yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlanadi. Talabalar turar joylarida turish uchun talabalarga to’lovlar kommunal-maishiy xizmatlar uchun to’lovlarni inobatga olib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan  belgilanadi. Turar joyga muhtoj talabalar mavjud bo’lgan holda, universitetning talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarda foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat etilmaydi.

            12. Guliston davlat universitetidan o’z xohishi yoki uzrli sabablarga ko’ra chetlashtirilgan talaba, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari asosida qayta o’qishga tiklanish huquqiga ega.

Ilgari universitetdan ma’muriyatning tashabbusi bilan chetlashtirilgan shaxslarni, barcha o’quv shakllari bo’yicha talabalar safiga qayta tiklash to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Guliston davlat universitetining talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida boshqa oliy ta’lim muassasalariga o’qishlarini ko’chirish (o’qishga qayta tiklanish) huquqiga ega.

O’zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega bo’lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, bo’limlar,  o’quv-maslahat  punktlari  va  boshqalar)dan  talabalarni Guliston davlat universitetiga o’qishini ko’chirish (o’qishga tiklash) mumkin emas.

Talabalar o’qishini bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

13.  Guliston davlat universitetining talabalari oliy ta’limning ta’lim dasturlari va o’quv rejasida nazarda tutilgan  bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari  zarur hamda Guliston davlat universitetining Ustaviga, Ichki tartib qoidalari va Talabalar turar joylari qoidalariga rioya etishlari shart.

O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o’qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan ishlarga jalb etish man etiladi.

14. Ushbu Ustav va universitetning Ichki tartib qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni   buzgan taqdirda talabaga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari ko’riladi: hayfsan hamda talabalar safidan chetlatish.

Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtiri­li­shi mumkin:

a) o’z xohishiga binoan;

b) o’qishning boshqa ta’lim mussasasiga ko’chirilishi munosa­ba­ti bilan;

v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiyasi ma’lumot­no­ma­si asosida);

g) akademik o’zlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun;

d) o’quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoida­la­ri­ni buzganligi uchun;

e) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

j)o’qish uchun belgilangan to’lov o’z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to’lov-kontrakt bo’yicha tahsil olayotganlar uchun);

z) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

i) vafot etganligi sababli.

    Universitet ma’muriyati tashabbusi bilan talabalarni o’qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini  inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bo’lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Qoidalarning 14-bandi “d” kichik bandiga ko’ra chetlashtirilayotgan holda, universitetning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.

Intizomiy jazoga tortilgan talaba o’ziga qo’llanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda norozilik bildirishi mumkin.

Talabaga nisbatanqo’llanilganintizomiy jazo yuzasidan ma’lumot uning shaxsiy yig’ma jildida saqlanadi.

Intizomiy jazolar talabalarning kasallik yoki ta’tilda bo’lgan vaqti hisobga olinmagan holda xatti - harakati aniqlangandan so’ng bir oydan va hatti - harakati sodir etilganidan so’ng olti oydan kechiktirilmay qo’llaniladi. Talabalarni kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug’ish holati bilan bog’liq bo’lgan ta’til paytlarda talabalar safidan chetlashtirish mumkin emas.

Talaba kasallik vaqtida (yoki uning ota-onasi) ariza va tegishli ma’lumotnomalar bilan, odatda, bir haftadan kechiktirilmasdan universitetga ma’lum qilinadi.

 

b) Tinglovchilar:

16. Guliston davlat universiteti qoshida malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (markazi, fakulteti)da o’qiyotgan shaxslar tinglovchilar hisoblanadi. Tinglovchilarning maqomi ta’lim xizmatlarini olish qismi bo’yicha universitetda muvofiq o’quv shaklida ta’lim olayotgan talabaning maqomi bilan tenglashtiriladi.

Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni o’qitish shartlari va huquqlari qonun xujjatlariga muvofiq tegishli normativ-huquqiy xujjatlar bilan belgilanadi.

 

v)Doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar:

17. Guliston davlat universitetining doktorant va mustaqil izlanuvchilari muayyan yo’nalish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlayotgan shaxslar hisoblanadi.

      18. Guliston davlat universitetining doktorant lavozimiga rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

        Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida        magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) to’g’risidagi diplomga ega bo’lish;

       falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo’lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ilmiy ishlar to’plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo’lish;

        Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka ikki yildan kam bo’lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo’lgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

       Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

        fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalar;

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so’ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo’lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ilmiy ishlar to’plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo’lish.shaxslar uch yillik muddatga qabul qilinadilar.

g) Universitetning professor - o’qituvchilari tarkibi, o’quv-yordamchi va ma’muriy - xo’jalik xodimlari (personali)

19. Guliston davlat universitetida professor-o’qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, muhandis - texnik, ma’muriy - xo’jalik, ishlab chiqarish, o’quv - yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud.

Professor - o’qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o’qituvchi, o’qituvchi, assistent va o’qituvchi-stajyor lavozimlari kiradi (o’qituvchi-stajyor lavozimiO’zR VMning 2008 yil 1 avgust “Respublika oliy ta’lim muasassalari xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida”gi 164-son qaroriga asosankiritildi).

20. Professor-o’qituvchilar tarkibidagi lavozimlarni egallash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevral 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida”gi  Nizomga muvofiq tanlov asosida mehnat shartnomasi bo’yicha amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 9 mart F-137-sonli farmoyishiga muvofiq oliy ta’lim muassasasining prorektori rektor tavsiyasiga ko’ra Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi rahbari tomonidan O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  devoni bilan kelishilgan  holda  tayinlanadi. Fakultet dekani Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ta’lim muassasasi rektorining buyrug’i bilan tayinlanadi.

21. Guliston davlat universitetining professor- o’qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:

- belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasi va fakultet Ilmiy Kengashlariga saylash va saylanish;

- oliy ta’lim muassasasining faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

- oliy ta’lim muassasasining axborot-resurs markazi, o’quv va ilmiy bo’linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo’limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;

- o’qitishning uslub va vositalarini tanlash, o’quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

- oliy ta’lim muassasasi ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat  qilish;

- qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish, lavozimlarni egallash;

- o’zlari ishlayotgan kafedra, fakultetdan tashqari boshqa fakultet, kafedra, tashkilotlarda o’rindoshlik asosida ishlash (asosiy ish joyi bilan kelishilgan holda);

- xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o’quv-uslubiy  adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;

-nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;

          - talabalarningilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

- ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalari, xorijiy grantlar va ilmiy loyihalar hamda xo’jalik shartnomalarida ishtirok etish;

- darslik va o’quv qo’llanmalar tayyorlash,  monografiya va ilmiy maqolalar yozish, ixtiro uchun patent, EHM uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olishishlarini amalga oshirish;

- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish,ilmiy-tadqiqot ishlarining muhokamasida ishtirok etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ilmiy ishlar natijalarini nashr etishga tavsiya berish;

- ta’lim,            fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashda qatnashish; talabalarning ilmiy-tadqiqotishlariga rahbarlik qilish;

- xorijiy etakchi olimlar, ilmiy markazlar va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirishda ishtirok etish;

- O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

22. Guliston davlat universitetining  professor-o’qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarining majburiyatlari  quyidagilardan iborat:

- ta’lim to’g’risidagi qonunchilik, mehnat va texnologiya intizomi, universitet Ustavi, Ichki mehnat tartibi qoidalariga qat’iy rioya qilish; o’zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o’qituvchilik sha’niga dog’ tushirmaslik;

- ish jarayonida muloqat qiladigan muassasa xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan hushfe’l munosabatda bo’lish;

- ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy reja asosida o’quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish, xususan:

       a) o’quv yuklamalari hajmini, o’quv-uslubiy, ilmiy o’quv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy reja asosida bajarish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ishtirok etish;

        b) ilmiy-tadqiqot natijalari bo’yicha darslik, o’quv qo’llanma tayyorlash, o’quv abadiyotlar, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish, ixtiro uchun patent, EHM uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olish;      

      v) ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashda qatnashish; talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

g) tarbiyaviy  ishlarni  olib borish, talabalar  bilan  ma’naviy-ma’rifiy ishlarda bevosita ishtirok etish, shu jumladan darsdan tashqari vaqtlarda o’tkaziladigan tadbirlarda qatnashish;

       d) universitet Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan kafedrada bajariladigan ilmiy mavzularda ishtirok etish;

       e) o’z malakasini muntazam ravishda oshirish;

- mehnatni muhofaza qilish xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalariga  rioya qilish;

- universitetning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;

- ish beruvchiga bevosita etkazilgan xaqiqiy moddiy zararni qoplash;

- universitet jamoatchilik  ishlarida qatnashish;

-pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash;

- zamonaviy tsivilizatsiya va demokratiya sharoitida ta’lim
oluvchilarning tanlagan yo’nalishi (mutaxassisligi) bo’yicha yuksak kasbiy tayyorgarlikni, mehnatga bo’lgan qobiliyatni shakllantirish;

- chet tili va axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib borish;

- ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish;

- «Ustoz-shogird» tizimida ishtirok etib, o’ziga biriktirilgan shogirdlar bilan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;

- o’zining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan o’rnak bo’lish;

-  qiyinish madaniyatiga  rioya etish;       

- respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda ro’y berayotgan yangiliklardan  xabardor bo’lish;

- universitet, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;

- o’zi o’qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;

- darslarni yuqori saviyada o’tish;

- fan yo’nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;

- har o’quv yili boshlangunga qadar o’zi o’qitadigan fan(lar)ning ishchi o’quv dasturi, kalendar rejasi va reyting nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlash;

- reyting tadbirlarini o’z vaqtida o’tkazish;

- talabalar bilimini xolisona baholash;

- yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo’llash;

- ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish;

- talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

- oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish;

23. Universitet professor-o’qituvchilari va xodimlarining chet el xizmat safarlari Vazirlikning 13.04.05y. 81-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tartibi to’g’risida”gi muvaqqat Yo’riqnoma asosida amalga oshiriladi.

24. Guliston davlat universitetining professor-o’qituvchilari tarkibi uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirish kafolatini  ta’minlaydi.

25. Guliston davlat universitetining ma’muriy-xo’jalik, muhandislik-texnika, o’quv-yordamchi va boshqa xizmat xodimlarining huquq va majburiyatlari oliy ta’lim muassasasining Ichki tartib-qoidalari va lavozim yo’riqnomalari bilan belgilanadi.

 

IV. O’quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlar

 

26. Guliston davlat universiteti quyidagi yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha oliy ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limning asosiy ta’lim dasturlari, qo’shimcha ta’lim (kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish)ning dasturlarini amalga oshiradi:

 

1) Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura):

 

a) ishlab chiqarishdan ajralgan holda (bakalavriat) o’quv shakli

5110500 -  geografiya

5110700 -  informatika o’qitish metodikasi

5111005 -  kasb ta’limi: agronomiya

5111100 -  musiqiy ta’limi

5111306 -  ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o’zga tilli guruhlarda)

5111400 - xorijiy til va adabiyot

5111600 -  milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va xuquq ta’limi

5111700 -  boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish

5111800 - maktabgacha ta’lim

5110900 - pedagogika va psixologiya

5630100 – ekologiya va tabiat muxofazasi

5112000 -  jismoniy madaniyat

5112001 - xotin-qizlar sporti

5112100 -  mehnat ta’limi

5120101 -  filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili

5120112 -  filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili

5120116 -  filologiya va tillarni o’qitish: qozoq tili

5120300 -  tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)

5130100 -  matematika

5140100 -  biologiya (turlar bo’yicha)

5140200 -  fizika

5140500 -  kimyo

5230100 -  iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

5410500 -  qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va 

                  dastlabki ishlash texnologiyasi

5141000 -  tuproqshunoslik

5321000 -  oziq-ovqat texnologiyasi

b) magistratura

27. Guliston davlat universitetida ta’limning asosiy ta’lim dasturlarini ikki bosqichda amalga oshiradi: bakalavriat va magistratura.

Bakalavriat - ta’lim yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o’qish muddati 4 yildan kam bo’lmagan tayanch oliy ta’limdir.

Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo’yicha ta’lim yo’nalishi bo’yicha «bakalavr» darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

Magistratura - yo’nalishning muayyan  mutaxassisligi bo’yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, bakalavriat negizida, o’qish muddati 2 yildan kam bo’lmagan oliy ta’limdir.

Magistr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo’yicha tayyorlangan muayyan mutaxassislik bo’yicha «magistr» darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

Bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug’ullanish yoki tanlangan ta’lim yo’nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta’lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida  o’qishni  davom  ettirish  huquqini  beradi.

Oliy ta’limning turli bosqichida asosiy ta’lim dasturlari bo’yicha dastlabki ta’lim olish, ikkinchi oliy ta’lim olish sifatida qaralmaydi.

28. Guliston davlat universitetida  ta’lim jarayonini tashkil etish, tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va o’rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan o’quv rejalari va fanlarning dasturlari, oliy ta’lim muassasasi rektori (o’quv ishlari bo’yicha prorektor) tomonidan tasdiqlangan yillik kalendar o’quv jadvali hamda mashg’ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.

Ta’lim jarayonini maqsadli yo’naltirish yo’li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo’li bilan universitet talabalariga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini o’zlashtirish uchun zaruriy sharoitlarini yaratib berilishi lozim.

Ta’lim-tarbiya jarayonining birligi davlat ta’lim standartlari bilan ta’minlanadi. Universitetning ijtimoiy - iqtisodiy va gumanitar fanlari kafedralari, ma’naviy-ma’rifiy va sport bo’g’inlariga, talabalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlariga rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha prorektor tomonidan amalga oshiriladi.

29. Guliston davlat universitetida o’quv mashg’ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, konsultatsiya, seminar, amaliy mashg’ulot, laboratoriya ishi, yakka mashg’ulot (amaliy ijrochilik bilan bog’liq bo’lgan san’at yo’nalishlarida), nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs loyihasi (kurs ishi), bakalavrlik bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi.

Auditoriya mashg’ulotlarining barcha turlari uchun 40  daqiqalik (tanaffussiz qo’shma ma’ruza) akademik soat belgilangan. O’quv mashg’ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa bo’ladi.

Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o’zbek, rus, ingliz tillari  hisoblanadi.

30. Guliston davlat universitetida kadrlar  tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda olib boriladi.

Universitetning asosiy kasbiy ta’lim dasturi doirasida ta’lim olishning barcha shakllari uchun o’rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va “Uzstandart” agentligida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan  davlat ta’lim standarti qo’llaniladi.

31. Guliston davlat universitetida o’quv yili ikki semestrga bo’linadi va uning xar birida talabalarning o’zlashtirishi reyting nazorati shaklida olib boriladi.

O’zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o’tkazish fakultet dekanining tavsiyasiga binoan rektor buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o’tkazish mumkin emas.

Universitetning ta’lim dasturlarini o’zlashtirish, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligidan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq tartibga solinadi, “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to’g’risidagi Nizom”ga asosan bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi bilan tugallanadi.

32. Guliston davlat universitetida ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo’llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo’naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.

2) Universitetdan keyingi  ta’lim:

33. Guliston davlat universiteti uchun Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o’rnatilgan tartibda katta ilmiy xodim izlanuvchilar uchun tegishli ixtisosliklar bo’yicha kvotalar belgilanadi.

               Guliston davlat universitetida oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim doirasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar mutaxassisliklari ro’yxati”ga muvofiq ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, shuningdek fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar tayyorlash va himoya qilish uchun oliy ta’lim muassasasiga katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilarni biriktirish ishlari amalga oshiriladi.

       34. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-4732-son Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 21-sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2012-yil 26-sentyabrdagi 278-son qaroriga o’zgartirishlar kiritish haqida”gi 273-son Qaroriga muvofiq kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha kasbiy ta’lim dasturlari amalga oshiriladi.

           Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakultetida o’qish natijalariga ko’ra o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan davlat namunasidagi sertifikat (diplom) beriladi.

         35. Guliston davlat universitetida Ilmiy Kengash tomonidan tasdiqlangan mavzuviy rejalar bo’yicha bajariladigan ishlarning sifati hamda mehnat xavfsizligi ta’minlangan holda talabalar, magistrantlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar keng jalb etilib, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlar olib boriladi.

Ilmiy tadqiqotlar quyidagi mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi:

- fan, texnika va madaniyatning muhim yo’nalishlari bo’yicha fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlarni bajarish uchun ajratiladigan davlat byudjeti mablag’lari;

- shartnoma asosida sohaviy vazirliklar, idoralar, korxonalar, birlashmalar va boshqalar, shu jumladan xorijiy tashkilotlar mablag’lari.

 

V. Guliston davlat universitetning tarkibi

 

36  Guliston davlat universitetining tarkibiga quyidagilar kiradi:

 

a) Fakultetlar:

 

  • filologiya;
  • fizika-matematika;
  • pedagogika;
  • tabiiy fanlar;
  • ijtimoiy-iqtisodiyot;
  • jismoniy madaniyat

 

b) Kafedralar:

 

  • chet tillar;
  • ingliz tili va adabiyoti;
  • rus tili va adabiyoti;
  • o’zbek tili va adabiyoti;
  • fizika;
  • matematika;
  • axborot texnologiyalari;
  • boshlang’ich va maktabgacha ta’lim metodikasi;
  • pedagogika va psixologiya;
  • jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi;
  • jismoniy madaniyat va sprot;
  • biologiya;
  • kimyo;
  • musiqa va mehnat ta’limi;
  • ekologiya va geografiya;
  • tuproqshunoslik;
  • qishloq xo’jalik maxsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarish texnologiyasi;
  • tarix;
  • milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi;
  • iqtisodiyot;

 

v) Ma’muriy boshqarma va bo’limlar:

 

  • ma’naviyat va ma’rifat bo’limi;
  • o’quv – metodik bo’lim;
  • axborot texnologiyalar markazi;
  • ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo’limi;
  • axborot resurs markazi;
  • ichki nazorat va monitoring bo’limi;
  • reja-moliya bo’limi;
  • xisobxona;
  • marketing bo’limi;
  • xodimlar bo’limi;
  • birinchi va ikkinchi bo’lim;
  • devonxona va arxiv;
  • texnikadan foydalanish va xo’jalik bo’limi;
  • mehnatni muxofoza qilish bo’limi;
  • texnik vositalarni ta’minlash bo’limi;
  • botanika bog’i;
  • Xujamushkent o’quv-dala bazasi;
  • sog’lomlashtirish lageri.

g) GulDU ning tashkiliy tuzilmasi ilovada berilgan.

d) Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari

Guliston davlat  universitetining akademik litsey va kasb- hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-fevraldagi “Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to’g’risida”  gi 77-sonli va 2001 yil 4 oktyabrdagi “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida” gi  400-sonli Qarorlarini, Vazirlikning 2005 yil 2 martdagi “Oliy ta’lim muassasalarida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor lavozimini kiritish to’g’risida” gi 39a–sonli va 2008-yil 18- iyundagi “Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga amaliy- uslubiy yordam ko’rsatishni tashkil etish to’g’risida” gi 185-sonli buyruqlarini hamda Vazirlar  Mahkamasining 2011-yil 11- martdagi 07G’02-1-6-sonli bayonining 15-bandida ko’rsatilgan vazifalarning ijrosini amalga oshirishda,akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’quv jarayonini yuqori sifatda tashkil etishga amaliy yordam ko’rsatish va ta’lim muassas alari  o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan. Universitet huzurida 4 ta akademik litsey mavjud bo’lib, ular quydagilardir:

1) 1-sonli Guliston akademik litseyi

2) 2-sonli Guliston akademik litseyi

3) Yangier akademik litseyi

4) Sirdaryo akademik litseyi

 

VI. Universitetni boshqarish

 

37. Guliston davlat universitetini boshqarish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda ushbu Ustavga muvofiq yakka rahbarlik va universitetning Ilmiy kengashi, Vasiylar kengashi orqali jamoatchilik boshqaruvini uyg’unlashtirish tamoyili asosida amalga oshiriladi.

38.  Guliston davlat universitetini bevosita boshqarish O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 1992-yil 9-mart 137-f farmoyishida belgilangan tartib asosida tayinlanadigan rektor tomonidan amalga oshiriladi.

Rektor universitet  faoliyatiga, shuningdek, universitetning Ichki tartib qoidalari, universitet to’g’risidagi Nizom hamda mazkur Ustavda belgilangan majburiyatlar uchun to’la mas’uldir.

Rektor O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq universitet nomidan ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda uning vakili sifatida qatnashadi, universitetning mol-mulkiga mas’ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida universitetning hisob raqamlarini ochadi, moliyaviy mablag’lardan o’rnatilgan tartibda foydalanish bo’yicha farmoyishlar beradi.

Rektor universitetning vakolati doirasida:

- universitetning barcha xodimlari, talabalari va boshqa ta’lim olayotganlar uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;

- bo’ysunuvchi vazirlik (idora) bilan kelishilgan holda fakultet dekanlari va bosh buxgalteri va bosh buxgalter o’rinbosari-auditorni lavozimiga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi;

- universitet prorektorlari lavozimiga nomzodlarni tavsiya etadi va prorektorlar, dekanlarning muayyan vazifalari hamda mas’uliyatlarini belgilaydi;

- universitet xodimlari va xizmatchilarini, shuningdek ilmiy-pedagogik xodimlarni O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ishga olish va bo’shatishni amalga oshiradi;

- universitet tarkibiga kirgan ilmiy tadqiqot, tajriba-eksperimental hamda boshqa tashkilot va bo’linmalarning vazifalarini belgilaydi va ular to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

- universitet xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qo’shimchalarni belgilaydi;

- kasaba uyushma qo’mitasi yoki universitetning boshqa vakolatli organi bilan kelishgan holda universitetning Ichki tartib qoidalarini tasdiqlaydi;

- universitetning amaldagi qonun xujjatlari yoki Vazirlikning normativ-huquqiy xujjatlari buzilgan holda chiqarilgan buyruqlarini bekor qiladi;

- universitetda Namunaviy shtat birliklariga muvofiq ajratilgan mablag’lar hamda ish haqi fondi, tasdiqlangan universitet xodimlarining soni va lavozim maoshlari, tarif setkasi doirasida universitet professor - o’qituvchilari tarkibi va universitet xodimlarining shtat birligini tasdiqlaydi hamda lavozim maoshlarini belgilaydi;

- universitet Ilmiy kengashining tavsiyasiga ko’ra o’rnatilgan tartibda tegishli normativ-huquqiy xujjatlarga muvofiq fakultetlarni, kafedralarni ochish yoki yopish qarorlarini tasdiqlaydi.

“Oliy ta’lim muassasasining kafedrasi to’g’risidagi nizom” talablaridan kelib chiqqan holda universitet Ilmiy kengashining tavsiyasiga ko’ra kafedralar tashkil etiladi yoki tugatiladi.

Universitet rektoriga o’zi ishlayotgan universitetda va undan tashqarida haq to’lanadigan boshqa rahbarlik lavozimida (ilmiy va ilmiy - metodik rahbarlikdan tashqari) o’rindoshlik bo’yicha ishlashga ruxsat etilmaydi. Rektor o’z vazifalarini o’rindoshlik bo’yicha bajarishi mumkin emas.

39. “Oliy   ta’lim  to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq Guliston davlat universitetida universitet faoliyatining asosiy masalalarini ko’rish uchun Ilmiy kengash tashkil etiladi.

Ilmiy kengash tarkibiga rektor kiradi va Ilmiy kengash raisi hisoblanadi, prorektorlar, fakultetlar dekanlari hamda mutaxassislar tayyorlovchi kafedralar mudirlari, shuningdek, talabalar va oliy ta’lim muassasasi xodimlari kasaba uyushmasi kengashi vakillari kiradi. Ilmiy kengashning boshqa a’zolari umumiy majlisda (konferentsiyada) yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi. Professor-o’qituvchilar tarkibidan Ilmiy kengashga saylanadiganlar soni rektor buyrug’i bilan belgilanadi.

Universitet Ilmiy kengashning vakolati, uni saylash va faoliyat yuritish tartibi ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasining Ilmiy kengashi to’g’risidagi Nizom” bilan belgilanadi.

40. Guliston davlat universitetida Vasiylar kengashi universitetni boshqaruvchi jamoatchilik organi tashkil etiladi va uning tarkibiga muassis-vazirliklar, mahalliy hokimiyat, ishbilarmon doiralar, jamoatchilik tashkilotlari, jamg’arma va vasiylar, boshqa ta’lim muassassalarining vakillari kiradi.

Vasiylar kengashining tarkibi, vakolatlari, shakllantirish tarkibi va faoliyati “Vasiylar kengashi to’g’risidagi Nizom” bilan belgilanadi.

41. GulDU da kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko’rsatadi. Talabalar va xodimlar manfaatlarini himoyalashni ta’lim va fan kasaba uyushmalari hamda ularning oliy ta’lim muassasasida saylangan organlari amalga oshiradi.

Talabalar va xodimlarni vakolat organlarining huquqlari va ularga nisbatan oliy ta’lim muassasasi ma’muriyatining majburiyatlari quyidagilardir:

  •   mehnat  qilish, ishni va kasbni erkin tanlash;
  •   adolatli mehnat sharoitida ishlash, ishsizlikdan himoya qilinishiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish;
  •   mehnatga haq to’lash va mehnat tartibining ijtimoiy adolatli tizimini joriy etishga va unga rioya qilishga ko’maklashish;
  • mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, intellektual huquq va manfaatlarini muhofaza qilish;
  • xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, bo’sh vaqtlarini va dam olishlarini mazmunli tashkil qilish;
  • ta’lim va fan sohasini rivojlanish darajasiga ko’ra xodimlar malakasining oshirilishiga va kasbiy qayta tayyorlanishiga, attestatsiyadan o’tishlariga ko’maklashish;
  • xodimlarga nisbatan mehnat qonunchiligi,    mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish qonunlari talablariga rioya qilinishini nazorat qilish, ularning huquqiy munosabatlarini amalga oshirish;
  • xodimlar va ularning oila a’zolarini sog’lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlariga ko’maklashish;
  • ish beruvchilar bilan tarmoq va hududiy  jamoa kelishuvlari, yuridik shaxs maqomiga ega muassasa va tashkilotlar ma’muriyatlari bilan jamoat shartnomalarini tuzish, ularning bajarilishi ustidan nazorat o’rnatish.

Amaldagi nizomlarga  muvofiq GulDUda  ilmiy, ilmiy-texnik va ixtiyoriy jamiyatlar, ilmiy-uslubiy, ilmiy-texnik kengashlar va komissiyalar, yosh olimlar kengashi va boshqalar tashkil etilishi mumkin.

Rektorat va Kengash o’z faoliyatida oliy ta’lim muassasasi jamoatchilik tashkilotlarining tavsiyalarini ko’rib chiqadi va o’z faoliyatlarida ularni hisobga oladi.

42. Guliston davlat universiteti fakultetini Oliy va o’rta maxsus ta’lim  vazirligi bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi.

Fakultet dekani o’z faoliyatida “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to’g’risidagi Nizom”ga amal qiladi.

“Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq fakultetda Ilmiy kengash tashkil etilishi mumkin.

Ilmiy kengashning tarkibi, vakolatlari, shakllantirish va foaliyatining tartibi “Oliy ta’lim muassasasi fakultetining Ilmiy kengashi to’g’risidagi nizom” bilan belgilanadi.

Kafedra faoliyatiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq tanlov asosida universitetning Ilmiy kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi.

Kafedra mudirining vakolatlari va kafedra faoliyatining tartibi “Oliy ta’lim muassasasining kafedrasi to’g’risidagi nizom” bilan belgilanadi.

 

VII. Moliya - xo’jalik faoliyati va moddiy-texnik baza

 

43. Guliston davlat universitetiga ushbu Ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida operativ boshqarish huquqi bilan davlat (ta’sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, universitetning pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo’lgan mulklar biriktirilgan.

Guliston davlat universiteti faqat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladigan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan ob’ektlar qatoriga kiritilgan.

Guliston davlat universitetiga ajratilgan er uchastkalari universitetga muddatsiz tekin foydalanish uchun biriktirilgan.

44. Guliston davlat universiteti jismoniy va yuridik shaxslardan sovg’a, hadya yoki vasiyat bo’yicha berilgan pul mablag’lari, mol-mulk va boshqa mulkiy ob’ektlarga, universitet faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek o’z faoliyati orqali oladigan daromadlar va bu daromadlar hisobidan sotib olinadigan mulkiy ob’ektlarga egalik qilish huquqi berilgan.

45. Guliston davlat universiteti mol-mulkni  ijaraga oluvchi va mol-mulkni ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko’rsatish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to’g’risida Nizom”ga muvofiq universitet o’ziga biriktirilgan ijaraga berilishi qonun xujjatlariga zid bo’lmagan binolar, inshootlar va ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulklarni ilmiy Kengashning roziligi bilan tasarruf etish  huquqisiz, belgilangan narxlar bo’yicha ijaraga berishni amalga oshiradi.

Ijara haqi sifatida olingan mablag’lar ta’lim jarayonini ta’minlash va uni rivojlantirish uchun foydalaniladi.

46. Guliston davlat universitetining ta’lim faoliyatini moliyaviy ta’minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayerlash uchun ajratilgan byudjet mablag’lari, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag’lar, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’lar, jumladan talabalar va tinglovchilarni o’qitish uchun belgilangan tartibda olingan to’lov - shartnoma asosidagi mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi.

47. Guliston davlat universiteti universitetning asosiy faoliyatiga zarar etmaydigan tartibda ta’lim va boshqa sohalarda pullik xizmat faoliyatini amalga oshirish mumkin. Universitet shug’ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak.

Universitet o’z mulki bilan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning ustav jamg’armasida qatnashish, pullik ta’lim xizmatlari, konsultatsiyalar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to’lovlardan so’ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.

Universitetning pullik ta’lim xizmatlari ko’rsatishni byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hisobidagi ta’lim faoliyati doirasida va uning o’rniga amalga oshirilishi mumkin emas.

Universitet O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur ustavga zid bo’lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo’yicha masalalarni mustaqil hal qiladi.

48. Guliston davlat universitetida  lavozim maoshlari mehnat sharnomasi (bitimi) tuzilayotganda “Oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to’lash to’g’risida Nizom” va mehnatga haq to’lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi. Oliy ta’lim muassasasi xodimiga lavozim maoshi (stavka), o’z funktsional vazifalarni hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun to’lanadi. Qo’shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag’batlantirish tadbirlarining hajmini universitet mustaqil, ish haqi fondi doirasida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va hajmda belgilaydi.

Belgilangan maoshlar attestatsiya natijasiga ko’ra faqat uni oshirish maqsadida qayta ko’rib chiqilishi mumkin.

49. Guliston davlat universiteti  universitetda tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat ko’rsatishlari uchun zarur bo’lgan xonalarni ajratadi va ularni tozalashni tashkil etadi.

Universitet qoshidagi tibbiy - sanitar muassasasiga, shuningdek, uning hududida joylashgan yoki universitetning balansida bo’lgan hamda talaba, tinglovchi va xodimlarga xizmat ko’rsatuvchi oshxona va boshqa umumiy ovqatlanish muassasalariga isitish, yoritish va suv ta’minoti bilan taminlangan xonalar ajratiladi.

Universitetning tegishli binolarini ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish yoki yangilarini qurish, ularning moliyaviy ta’minoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Universitet Ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pullik ta’lim xizmatlari ko’rsatish, shuningdek, xizmat ko’rsatish va tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug’ullanishga xaqlidir. 

 

VIII. Xalqaro hamkorlik

              

           50. Guliston davlat universiteti  O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet davlatlarning tegishli o’quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o’rnatish, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo’shma o’quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega.

         51. Chet el fuqarolarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ta’lim muassasasi ilmiy - pedagogik xodimlarining O’zbekiston Rsspublikasi xududidan tashqarida o’qituvchilik va ilmiy - tadqiqotchilik ishlari davlatlararo organining xorijiy davlatlarning ta’limni boshqarish bo’yicha tegishli organlari orasidagi shartnomalar, shuningdek Guliston davlat universitetining qonunchilikka muvofiq chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

52. Guliston davlat universiteti quyidagi huquqlarga ega:

- xalqaro nodavlat tashkilotlarga kirish;

- O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari deb qaralishi mumkin bo’lmagan, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikdagi faoliyat to’g’risida belgilangan tartib asosida shartnomalar tuzish;

- xorijiy sheriklar ishtirokida universitetning tarkibiy bo’linmalari (markazlar, laboratoriyalar, texnik saroylar va boshqa bo’linmalar)ni qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibda tashkil etish.

53. Guliston davlat universiteti  O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ushbu Ustavda nazarda tutilgan va “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga, shuningdek xalqaro aloqalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega.

54. Guliston davlat universitetining tashqi iqtisodiy faoliyatidan tushgan valyuta, moddiy tushumlari qonunchilikka binoan uning Ustavida belgilangan faoliyatini ta’minlash uchun ishlatiladi.

 

 

IX. Yakuniy qoidalar

 

55. Guliston davlat universiteti O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilarga javob beradi:

- uning vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarmaganligi;

- ta’lim jarayonida o’quv reja va jadvallarga muvofiq ta’lim dasturlari hajmini to’liq bajarmaganligi;

- ta’lim jarayoni vaqtida universitetda ta’lim oluvchilar va xodimlarining hayoti va sog’lig’i;

- ta’lim oluvchilar va universitet xodimlarining huquq va erkinliklarining buzilganligi;

- O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlar.

56. Guliston davlat universiteti O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida qayta tashkil qilinishi yoki tugatilishi mumkin.

57. Universitetning Ustaviga o’zgartirish yoki qo’shimchalar kiritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

58. Mazkur Ustavga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi takliflar universitet Ilmiy kengashi tomonidan ko’rib chiqiladi va O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010- yil 01- iyuldagi 257-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Davlat oliy ta’lim muassasasining Namunaviy Ustavi” da belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

USTAV

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 1-iyul 257-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Namunaviy Ustav asosida tayyorlangan. Guliston davlat universiteti Ilmiy Kengashining 2018-yil 30- yanvardagi                                                                            – son yig’ilishi tomonidan ma’qullangan

 

    Ilmiy kengash raisi, rektor                          M. T. Xodjiev

 

719 | 2017-12-29 11:14
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish