Axborot texnologiyalar kafedrasi

Axborot texnologiyalarikafedrasi

Kafedra mudiri: Abduraximov Doniyor Baxodirovichkafedralar/axborot-texnologya.jpg

Telefon: 95 510-65-27

Elektron manzili: donier_5@umail.uz

Kafedra bosh ilmiy mavzusi: Ta’lim-tarbiya jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilishning o’quv-metodik hamda amaliy masalalarini ishlab chiqish va joriy etish

Kafedra tarixi

Kafedra 1986 -yilda «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» nomi bilan tashkil qilingan. Dastlab kafedraga texn.f.n., dots.Abduraim Pardaevich Tishlikov mudirilik qilgan. Ushbu kafedraga mudir bo’lib turli yillarda dots. I.Isoqov, dots. K.Eshquvatov, dots. S.Allayorovlar faoliyat ko’rsatgan.

2010 -yildan p.f.n., dots. Abduraximov Doniyor Baxodirovich kafedra mudiri bo’lib ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada  6 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 8 nafar katta o’qituvchilar va 11 nafar o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda.

1994-yilda kafedra  «Amaliy matematika va informatika», 2015-yildan esa “Axborot texnologiyalari” deb nomlanib faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Hozirda kafedra bakalavr ta’lim bosqichida “5110700-“Informatika o’qitish metodikasi” hamda  5A110701-“Ta’limda axborot texnologiyalari” magistr mutaxassisligi yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 

Kafedra professor-o’qituvchilar jamoasi kafedraning bosh ilmiy mavzusi “Ta’lim-tarbiya jarayonida AKT larini tatbiq qilishning o’quv-metodik hamda amaliy masalalarini ishlab chiqish va joriy etish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedrada “Zamonaviy axborot texnologiyalari ta’lim jarayoniga tadbiq etish” nomli ilmiy labaratoriya tashkil etilgan. Ilmiy laboratoriya qoshida ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish uchun innovatsion guruhlar faoliyat ko’rsatmoqda.

1-Innovatsion guruh “Ta’limda zamonaviy pedagogik va AKT larni tatbiq qilish nazaryasi, uslubiyoti, modellari va algoritmlarini yaratish” mavzusida ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqda. Guruh rahbari dots. I.Isoqov, a’zolari: S.Qulmamatov, D.Toshtemirov, A.Adilov, Sh.Norqulov, A.Taniberdiyev, S.X.Islikov, M.B.Niyozov, M.N.Normatova, J.D.Saidov.

2-Innovatsion guruh “Ta’limda zamonaviy pedagogik va AKT larni tatbiq etishning dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusida ilmiy-tadqiqotishlarini olib bormoqda. Guruh rahbari dots. S.Allayorov, a’zolari: U.Jo’rayev, S.Tishlikov, A.Qudratov, Z.Negmatullaev, A.Qalandarov, A.Abduqayumov, J.Ravshanov, O.B.Burxiev, Sh.X.Mavlonov, A.Mamatov, D.E.Abduraimov.

Ilmiy laboratoriyada fanlardan elektron o’quv adabiyotlar, mustaqil ta’limni tashkil etishning kompyuter dasturi, masofali o’qitish uchun ta’lim portalali, talabalar bilimini baholashning avtomatlashtirilgan test dasturi kabi dasturiy mahsulotlar yaratildi va ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda qo’llanilmoqda. Ilmiy-tadqiqot natijalari esa Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjuman materiallari hamda chop etilgan ilmiy, o’quv uslubiy qo’llanmalarda o’z ifodasini topmoqda. Shu bilan birgalikda guruh a’zolari tomonidan universitet web sahifasi yangilanib takomillashtirilmoqda hamda regional ta’lim portali innovatsion loyihasi yaratish ustida ish olib borilmoqda.

Kafedra a’zolari  tomonidan shu vaqtgacha  250 dan ortiq ilmiy, o’quv-metodik maqolalar tayyorlandi. Ulardan hozirgi kunda maktab  o’quvchilari, AL va KXKlari hamda OO’Yu larining  talabalari, o’qituvchilar, shu sohada ilmiy ish ustida izlanayotgan tadqiqotchilar o’zlarining ilmiy ish faoliyatlarida, shuningdek amaliyotda keng foydalanmoqdalar. 

Kafedra katta o’qituvchisi S.A.Tishlikov o’zining “O’zbek tilidagi matnlarda so’z shakllarini stoxastik qidirish asosida xatolarni aniqlovchi va tuzatuvchi dastur” ixtiro patenti uchun 2013-yil O’zbekiston respublikasi intellektual mulk agentligi guvohnomasiga ega bo’ldi.  

Kafedrada 3 ta laboratoriya xonalari mavjud bo’lib, ular zamonaviy kompyuterlar va AKT vositalari  bilan  jihozlangan. Bu kompyuterlar yuqori tezlikka ega bo’lgan Internet tizimiga ulangan.

Kafedra qoshida tashkil etilgan «Kichik maktab»da 7 ta to’garak tashkil etilgan.

“Yosh dasturchilar” - rahbar k.o’q. A.A.Qalandarov, “Kompyuter grafikasi va dizaynerlar”- rahbar k.o’q. Tishlikov S.A., “Taqdimotchilar” - rahbar o’q. Abduraimov D.E., “Matnli axborotlarni kiritish va qayta ishlash texnologiyalari” - rahbar k.o’q. Adilov A.A., “Tarmoq menedjeri”- rahbar k.o’q. Jo’raev U.S., “Yosh axborotchi texnologlar”- rahbar k.o’q. Negmatullaev Z.T., “Veb dizaynerlar” - rahbar k.o’q. Norqulov Sh.A. “Kichik maktab” a’zolari professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar, viloyat hududidagi akademik litsey va kollejlardagi tarix o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan.

 Bu to’garaklarda “5110700-Informatika o’qitish metodikasi” yo’nalishida ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarning 50% dan ko’proq qismini qamrab olingan. Fan to’garaklarida qatnashayotgan iqtidorli talabalar tomonidan  bajargan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari respublika miqyosida va oliy o’quv yurtlarida o’tkaziladigan anjumanlarda ishtirok etish orqali o’z faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar va bu jarayon doimiy ravishda kafedra yig’ilishlarida muhokama qilib borildi.

2011 -yilida “Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi talabalaridan S.Sultonov M.Ulug’bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori, B.Djoniqulov “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo’yicha Respublika fan olimpiadasida faxrli 2-o’rin sovrindori bo’lgan.

2012 yilda Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabasi Sh.Hursanov “Axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflar va texnik ishklanmalar” nominatsiyasi bo’yicha  Kelajak ovozi Respublika yoshlar tanlovining faxirli diploma bilan taqdirlandi.

2012- yilida “Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi talabasidan SH.Bomurodov “Parlamentda mening o’rnim” loyihasi doirasida “Agar men deputat bo’lsam-2012” ko’rik tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etib maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

      “Informatika o’qitish metodikasi” yo’nalishi 14-14 gurux talabasi Tursunboev Jamshid 2015- yil iyul oyida Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Lochin ormgoxida o’tkazilgan “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar tanlovi Respublika bosqichi "Axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflari va texnik ishlanmalar, WEB  ishlanmalar"  tanlovining Respublika bosqichida 1-o’rinni egallagan.

      Informatika o’qitish metodikasi” yo’nalishi 13-13 gurux talabasi Berdaliev Farruxfan soxasi bo’yicha 2015 -yil 5 -mayda o’tkazilgan "Yuksak ma’naviyatli avlod" festuvali viloyat va Respublika bosqichlari g’olibi, 2015 -yil 19- mayda "Kamolat" YoIH tomonidan o’tkazilgan "Yurt kelajagi" tanlovi  g’olibi bo’lgan.

   2016- yil 1 -iyunda  Jizzax politexnika institutida o’tkazilgan yosh olim va talabalarning “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hududiy ilmiy-amaliy konferentsiyasidagi ma’ruzasi uchun kafedra o’qituvchisi Niyozov M.B. II-darajali diplom hamda 2017- yil 12-13 -yanvar kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan  respublika bosqichida faol ishtirok etganligi uchun Sertifikat bilan taqdirlangan.  

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Sirdaryo viloyat hokimining 2017 -yil 1 -fevraldagi “Sirdaryo viloyatida axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish bo’yicha 2017 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning manzilli Dasturi”ning “Guliston davlat universitetida “Yosh dasturchilar forumi – 2017” yoshlar konferentsiyasini o’tkazish” to’g’risidagi 37-bandi ijrosi bo’yicha 2017 yil 28 aprel kuni GulDU “Axborot texnologiyalari” kafedrasida “Yosh dasturchilar forumi – 2017” yoshlar konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Yoshlar konferentsiyasida universitet professor – o’qituvchilari, talabalari, akademik litsey va kasb – hunar kolleji o’quvchilari, “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi, A.Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.

Konferentsiyada so’zga chiqqan O’zRATKRV Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi O.Nomozovning hozirgi davrni texnika taraqqiyotisiz tasavvur qilib bo’lmasligi – bunda, ayniqsa, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining o’rni beqiyos ekanligi, O’zbekiston yoshlari ham bu sohada dunyoning bilimli, zakovatli yoshlari bilan tengma-teng bellashadigan darajadagi iqtidor va salohiyatga ega ekanligi haqida fikr yuritdi. Yoshlar konferentsiyasining asosiy maqsadi istiqbolli loyihalarni hamda kompyuter texnologiyalarini yaratish bilan mashg’ul bo’lgan iste’dodli yosh dasturchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash ularni rag’batlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, dasturiy mahsulotlar bozorini yanada ravnaq toptirish, o’zaro tajriba almashishdan iborat deya fikrlarni bildirib o’tdilar.

“Yosh dasturchilar forumi – 2017” yoshlar konferentsiyasi ishtirokchilari “5110700-Informatika o’qitish metodikasi” yo’nalishi 5-15 -guruh talabasi Maxmudov Eldor hamda 15-14 guruh talabasi Sattorov Otabeklar munosib ravishda sertifikat va estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonini o’rganish bo’yicha davra suhbatlar uyushtirildi.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi hamda GulDU “Axborot texnologiyalari” kafedrasi hamkorligida 2017 -yil 18 -aprel kuni “Harakatlar strategiyasi – iqtisodiy islohatlarning muhim omili” mavzusida kengaytirilgan davra suhbati o’tkazildi.

Ushbu davra suhbatida O’zR Oliy majlisi senat a’zosi O.Qudratov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi D.Abdullaeva, GulDU rektori prof. B.S.Zakirov, GulDU ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori E.Nosirov, kafedra professor-o’qituvchilari hamda kafedra yo’nalishi talabalari ishtirok etishdi.

Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar turar joylarida yashovchi hamda ijarada turuvchi talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini bajarish maqsadida Talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga yo’naltirilgan ilmiy, ijodiy 7 ta to’garaklar tashkil qilingan. To’garaklar a’zolari professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar, viloyat hududidagi akademik litsey va kollejlardagi informatika o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan.

• Kafedrada “Informatika o’qitish metodikasi” bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalariga jami 17 ta, boshqa nomutaxassis bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida,  dasturlash asoslari (matematika), fizik jarayonlarni modellashtirish va dasturlash (fizika), biologiyada informatika va zamonaviy axborot texnologiyalari (biologiya, tuproqshunoslik, ekologiya va atrof-muxit muxofazasi), informatika va AT (geografiya o’qitish metodikasi, rus tili va adabiyoti, maktabgacha ta’lim, pedagogika va psixologiya, JM, X/Q, musiqa ta’limi), axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar (iqtisodiyot, kasb ta’limi-iqtisodiyot), oziq-ovqat injiniringi uchun informatsion texnologiyalar (OOT), talimda axborot texnologiyalari (musiqa talimi, MIG’), kimyoda axborot texnologiyalari (kimyo), qishloq xo’jaligida AT, dasturlash asoslari va AT (filologiya), axborot texnologiyalari(xorijiy til), tarix fanida axborot texnologiyalari (tarix) fanlario’qitilmoqda.

• Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’qitilayotgan fanlardan o’quv qo’llanmalar, o’quv–uslubiy majmualar, seminar va TMI ishlanmalari yaratilgan. Kafedra a’zolari Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarida 200 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan va ilmiy nashrlarda 50 dan ortiq ilmiy maqolalar e'lon qilishgan.

• Kafedra o’z faoliyatida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Samarqand davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Sirdaryo viloyatdagi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, bir nechta umumiy o’rta ta’lim maktablari bilan o’zaro ilmiy va o’quv-tarbiyaviy hamkorlik qilib kelmoqda.

Kafedra k.o’q. Z.Negmatullaev va k.o’q. A.A.Qalandarovlar Guliston 1-AL,  o’q. Niyozov M.B. Yangier pedagogika KHK hamda k.o’q. Norqulov Sh.A. Guliston kompyuter va AT KHK  o’rindosh sifatida ishlamoqdalar.

Kafedra hamda AL va KHK larda o’quv-uslubiy seminarlar o’tkazib kelinmoqda. Jumladan, 2016 -yil 14 -dekabr kuni Guliston kompyuter va AT KHKda, 2017 -yil  25- mart  kuni Guliston 1-AL, Guliston 1-maktabgacha ta’lim va xizmat ko’rsatish KXK va “Axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan “Axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish” hamda «Pedagogik amaliyot davrida amaliyotchi talabalarning vazifalari» mavzularida o’quv-amaliy seminarlar o’tkazildi. 2017 -yil 25 -may kuni kafedra professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan Yangiyer tibbiyot kollejida “Uzluksiz ta’lim tizimida informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi. Ushbu o’tkazilgan o’quv-amaliy seminarlarda  “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-o’qituvchilari, AL lar hamda KHK larining o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Kafedra professor o’qituvchilar tarkibi

Familiyasi, ismi

Lavozimi

Stavkasi

1

Abduraximov Doniyor Baxodirovich

Kaf.mudiri

1

2

Isoqov Ismatilla

Dotsent

0,75

3

Allayorov Saydulla Payzievich

Dotsent

1

4

Jo’raev Umidjon Sayfullaevich

Katta o’qituvchi

1

5

Adilov Abduraim Namozovich

Katta o’qituvchi

1

6

Tishlikov Sulton Abduraimovich

Katta o’qituvchi

1

7

Qalandarov Aziz abduqayumovich

Katta o’qituvchi

1

8

Negmatullaev Zafar Turdibekovich

Katta o’qituvchi

1

9

Qudratov Alijon Normamatovich

Katta o’qituvchi

1

10

Islikov Sayid  Xalilovich

O’qituvchi

1

11

Ravshanov Jaxongir Norbo’taevich

O’qituvchi

1

12

Mavlonov Sherzod Xazratqulovich

O’qituvchi

1

13

Normatova Malika Norqulovna

O’qituvchi

1

14

Abduraimov Doston Egamnazar o’g’li

O’qituvchi

1

15

Niyozov Muxammad Baxronovich

O’qituvchi

1

16

Mamatov Avaz Muxitdinovich

O’qituvchi

1

17

Saidov Jasur Doniyor o’g’li

O’qituvchi

1

18

Yuldashev O’lmasbek Abdubanopovich

O’qituvchi

1

19

Toshtemirov Doniyor Eshboevich

Dotsent

0,25

20

Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich

Dotsent

0,25

21

Qulmamatov Sindorqul Ibragimovich

Dotsent

0,25

22

Burxiev Olim Boboevich

Katta o’qituvchi

0,25

23

Taniberdiev Akbar Abdurashidovich

O’qituvchi

0,25

24

Ergashev Baxtiyor Baxriddinovich

O’qituvchi

0,25

Kafedra manzili: Guliston sh.. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti,  bosh binoFizika-matematika fakulteti, 5-qavat , “Axborot texnologiyalari” kafedrasi

Telefon: 95 510-65-27

E-Mail: infor-guldu@umail.uz

991 | 2017-12-29 11:21
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish