O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi

ozbek-tili.jpg

Kafedra mudiri: Fayzullayeva Obidaxon Xolbekovna f.f.n.

Telefon:  +99894 355 03 34

Elektron manzili: fayzullayevaobida@.mail.ru

Qadul kunlari:  Dushanba, chorshanba, juma

"O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasi Sirdaryo viloyatida o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi bo'yicha mutaxassislarni tayyorlaydi. Kafedrada 5120101 - Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) ixtisosliklari bo'yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

 

Kafedra tarixi

 “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi. Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi 1966 yilda tashkil topgan. Kafedraning birinchi mudiri filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ikrom Suyarov boʻlgan. Keyingi yillarda kafedraga professor Xudoyberdi Doniyorov, dots. Qarshiboy Samadov, dots. Boʻriboy Hasanov,          dots.Abdujabbor Doniyorov, dots. Bosim Toʻychiboyev, dots. Jumanazar Abdullayev, dots. I.Pardayeva va dots. v.b. S.Normamatov, dots. v.b. F.Sharipovlar rahbarlik qilgan. Kafedra professor-oʻqituvchilari kafedraning «Xalq tili va adabiy til munosabatlari muammolari» nomli bosh ilmiy mavzusi boʻyicha ilmiy faoliyat yuritishgan. Ushbu muammo boʻyicha shu kungacha 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 5 ta monografiya, 1 ta darslik, 20 ga yaqin oʻquv va metodik qoʻllanmalar nashr etilgan, 6 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.

Ilmiy-tadqiqot ishlari. Kafedraning hozirgi oʻzbek adabiy tili, leksikologiya, dialektologiya, til tarixi, uslubiyat sohalarida amalga oshirgan ishlari salmoqlidir. Bu ishlardan dotsent Bosim Toʻychiboyevning “Oʻzbek dialektologiyasi” (darslik, 2005), “Xudoyberdi Doniyorov va oʻzbek tilshunosligi” (2008), «Alpomish va xalq tili» (2005),  “Zomin soʻzligi” (2006), “Zomin til qomusi”(2011);  dotsent Jumanazar Abdullayevning“Ona tili (Sodda gap) (2009)”,“Ona tili (Qoʻshma gap) (2009)”, dotsent Izzatoy Pardayevaning “Ona tili (Fonetika) (2007)”, “Sotsiolingvistika” (2007), “Ona tili (Morfologiya) (2008),  katta oʻqituvchi Majid Rajabovning “Hozirgi oʻzbek adabiy tili (morfemika, soʻz yasalishi, morfologiya) (2007, 2008, 2010)”, katta oʻqituvchilar Omonilla Murodqulov va Lutfiniso Dehqonovalarning “Sharq tili”, Sh.Xudoyqulovaning “Oʻzbek dialektologiyasi”(2010) kabi ilmiy, oʻquv-uslubiy ishlari oʻzbek tilshunosligi faniga qoʻshilgan muhim ilmiy-uslubiy manbalar hisoblanadi

“O’zbek adabiyoti” kafedrasi. Kafedrani 1968 yildan dastlab filologiya fanlari nomzodi Ikrom Suyarov boshqargan.

1969 yilga kelib esa “Oʻzbek adabiyoti” kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi Abubakr Rajabiy mudir etib tayinlangan.

1973 yilda adabiyotshunos olim Anqaboy Quljonov shu kafedraga mudir etib tayinlandi va u bu lavozimda 1985 yilga qadar ishlagan.

1985 yilda professor A.Kattabekov kafedraga mudir etib tayinlangach, uning rahbarligi va ishtirokida maktablarda oʻzbek adabiyotini oʻqitish masalalari boʻyicha dastlab, konseptsiya ishlab chiqildi, sal oʻtib dasturlar yaratildi. Soʻngra shu konseptsiya va dasturlar asosida umumta’lim maktablarining ikkita (8-9) sinfi uchun “Adabiyot” darslik-majmualari yaratildi.

1990 yildan e’tiboran kafedrani dotsent U.Oʻljaboyev boshqara boshladi. U oʻz faoliyati davomida oldingi an’analarni saqlagan holda kafedradagi ilmiy salohiyatni yanada koʻtardi.

2010 yilning sentabr oyiga kelib kafedra ixtiyoriga qozoq adabiyotiga doir fanlarning ham oʻtishi munosabati bilan uning atalishi oʻzgartirilib, “Adabiyotshunoslik” deb nomlandi.

2011 yilda kafedraga dotsent Q. Koʻbayev mudir etib tayinlandi.

2011-2012 oʻquv yilida ikkita nomzodlik ishlari (O.Fayzullayeva va M.Sariboyeva) muvaffaqiyatli himoya qilindi. O.Fayzullayevaning “Hozirgi oʻzbek she’riyatida sonet” (2014), M.Sariboyevaning “A.Navoiy epik asarlarida interfaol usullarda oʻrgatish” (2014), kafedra mustaqil-tadqiqotchisi G.Qoʻyliyevaning “Oʻzbek nasrida trilogiya” (2015) monografiyalari chop etildi.  Kafedra  dotsenti U.Oʻljaboyev 2012 yilning oʻzida bitta monografiya – “Zamon talabi va ijodkor mas’ulligi” va 1ta xotira kitobi – “Xotiraga koʻchgan umrlar”ni, dotsent H.Mirhaydarov “Tongni ottirgan yulduzlar” kitobini nashr ettirdi.

2016-2017 oʻquv yilida kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan 2 ta monografiya – “Hikoyachilikda davr nafasi”, “Adabiyot – koʻngil koʻzgusi”, 1ta xotira kitobi, Oybek ijodiyoti boʻyicha respublika miqyosidagi konferentsiya tashkillashtirildi va toʻplam nashr etildi. Shuningdek, respublika jurnallarida, toʻplamlarda 14 ta maqola e’lon qilindi.

2017 yil professor Nasimxon Rahmonovning “Oʻzbek adabiyoti tarixi” va professor Yormat Tojiyevlarning “Nutq madaniyati” nomli o’quv qoʻllanmalari chop etildi.

Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi Sirdaryo viloyatida oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlovchi yagona muassasa hisoblanib, kafedrada 5120101 – Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) ixtisosligi boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi dastlab “Oʻzbek va qozoq filologiyasi” nomi bilan 1966 yilda tashkil topgan. Bir yildan soʻng kafedra alohida-alohida “Oʻzbek tilshunosligi” va “Oʻzbek adabiyoti” kafedrasiga ajralgan holda faoliyat yuritgan.

2016 oʻquv yiliga kelib bu ikki kafedra birlashtirilib “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasiga aylantirildi. Kafedra mudirlugida dastlab Q.Koʻbayev (2014-2017), F.Sharipov (2016-2017) hozirda O.Fayzullayeva faoliyat yuritib kelmoqda.

 
723 | 2017-12-29 12:52
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish