Kafedra mudiri: Botirova Laziza Axmadovna
Qabul kunlari: har kuni 15:00 – 17:00 (seshanba va shanbadan tashqari)
Telefan: (+99899)-4723174
e-mail: botirova.laziza@mail.ru
Kafedrada quyidagi yunalishlir bo’yicha kadrlar tayyorlanadi:
5411100-Dorivor o’simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
5A140101-Biologiya (Botanika)
“Dorivor o’simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” yo’nalishida bugungi kunda 72 dan ortiq talaba ilmu-fan sirlarini o’rganmoqdalar.
Dorivor o’simliklar va botanika kafedrasi.
Kafeda 4 sentyabr 2019 yil kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 maydagi “Nukus-farm, Zomin-farm, Sirdaryo-farm va boshqa qator erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida”gi, 2017 yil 11 maydagi “O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida”gi va 2017 yil 7 noyabrdagi “Respublika farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarida ko’rsatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etigan. Kafedrada 3 ta fan doktori, 2 dotsent va fan nomzodlari, 4 ta o’qituvchi faoliyat yuritadi.
Kafedra aloqalari
Kafedra o’zaro hamkorlik tug’risida MDU ning biologiya fakulteti (Rossiya), Novosibirsk DU botanika kafedrasi (Rosssiya), Rossiya FA SB TsSBS (Rossiya), O’zbekiston Milliy universiteti, SaMDU, KarDU, ADU, FarDU,ToshDAU, “Shafran” ITM, Sirdaryo va Jizzax o’rmon xo’jaliklari, O’zRFA botanika va O’simlik moddalar kimyosi institutlari.
Sirdaryo viloyati miqyosida quydagi tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatilgan.
Sirdaryo viloyati ekologiya va atrof muhitini muhofaza qilish boshqarmasi
Guliston shahridagi 16-maktab
O’simliklarni hamoya qilish boshqarmasi
Bek klaster
Sirdaryo viloyati XTB
Ilmiy faoliyati
Kafedra Mirzacho’l ning o’simlik resurslari, uni montoringi va muhofazasi, istiqbolli dorivor va foydali o’simliklar introduktsiyasi bilan shug’ullanadi.
Hozirgi kunda kafedrada 3 ta doktorlik, 9 ta magistrlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedra a’zolari ilmiy izlanishlari natijalarini muntazam ravishda Xalqaro va Respublika miqyosida o’tkazilayotgan ilmiy–amaliy anjumanlarda chop ettirishmoqda. Jumladan, 2019-2020 yillar mobaynida kafedra a’zolari tomonidan chet el jurnallarida 9 ta, OAK tomonidan tan olingan ilmiy jurnallarda 10 ta, Xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda 7 ta, Respublika ilmiy anjumanlarida 14 dan ortiq va OTM miqyosidagi ilmiy anjumanlarda 9 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar e’lon qilingan.
Kafedrada “Yosh botanik” to’garagi tashkil etilgan bo’lib, unda 25 dan ortiq iqtidorli talabalar kafedraning tajribali professor-o’qituvchilari rahbarligida faoliyat ko’rsatishadi.