GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...                     Yuksak manaviyat engilmas kuch. Islom Karimov.

Ilmiy tadqiqot va pedagogik xodimlarni tayyorlash bo'limi

ilmiy.jpg

Bo’lim boshlig’i: q.x.f.n., dotsent Turdiqulov Toirqul Turdiqulovich

Telefon: (+998 97) 224-19-54

Elektron manzili: tairkul@umail.uz

Bo`lim tarixi

  • “Ilmiy bo’lim universitet tarkibida oliy o’quv yurti tashkil etilgandan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ilmiy bo’limga 1992-1995-yillarda A.Pozilov, 1995-1999-yillarda Sh.Majidov, 1999-2002-yillarda F.Musurmonqulov, 2002-2010-yillarda A.Aralov, 2010-2013-yillarda H. Yodgorovlar rahbarlik qilishgan. 2013-yildan boshlab Ilmiy bo’limni «Dastlabki qayta ishlash texnologiyasi» kafedrasi dotsenti Turdiqulov Toirqul Turdiqulovich boshqarib kelmoqda.
  • Ilmiy bo’lim tarkibida tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik instituti, magistratura, “ Yosh olimlar kengashi”, iqtidorli talabalar bilan ishlash, talabalar ilmiy jamiyati mavjud. Bo’lim o’z faoliyatida universitetning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishlarini tashkil etishga rahbarlik qilib keladi. Fakultet va kafedralar bilan birgalikda iqtidorli talabalarni aniqlaydi, ularning ilmiy yo’nalishdagi faoliyatini o’rganadi va nazorat qiladi. Ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan xodimlarni universitetning oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga qabul ishlarini tashkil etadi, shuningdek, talabgorlarni Respublika oliy ta’lim muassasalarining oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga yo’llaydi. Ilmiy–tadqiqot ishlari olib borayotgan xodimlar, stajyor, tadqiqotchi va talabalarni Respublika oliy o’quv yurtlarida ilmiy-tadqiqot yo’nalishi bo’yicha faoliyatini davom ettirishga yo’llaydi. Universitet va respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlarni tashkil etadi va universitetning ilmiy yo’nalishdagi tadbirlari, fan olimpiadalari, ko’rik-tanlovlarni o’tkazishga rahbarlik qiladi. Talabalar ilmiy jamiyati, kafedralar qoshida tashkil etilgan «Kichik maktab»lar faoliyatini nazorat qiladi.
  • Universitetning fakultet va kafedralarida ixtisoslik hamda yo’nalishlar bo’yicha ilmiy faoliyat professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar ishtirokida olib boriladi va universitetning iqtidorli talabalari, talabalar ilmiy jamiyati (akademiyasi), talabalar konstruktorlik byurosi, kafedralar qoshidagi «Kichik maktab» a’zolarini ilmiy faoliyatga jalb etiladi.
  • Ilmiy bo’lim tomonidan tadqiqot ishlari bo’yicha ko’rsatilgan amaliy yordamlar tufayli 60 nafardan ortiq tadqiqotchilar dissertatsiya ishlarining himoyalarini muvaffaqiyatli yakunlashgan. Hozirgi kunda universitetda mavjud 13 ta ixtisoslik bo’yicha tayanch doktorantura(PhD) va doktorantura (DSc) da 19 nafar doktorantlar tahsil olmoqda.
  • Qayta tashkil etilgan magistraturaning 4 ta yo’nalishlari bo’yicha 12 nafar magistrlar tayyorlanmoqda.
  • Bo’limda ishlab chiqilgan «Iqtidorli talabalar tanlovini o’tkazish Nizomi» asosida talabalar safidan iqtidorlilarini aniqlash, ta’lim sohasidagi davlat va jamg’armalar stipendiyalariga nomzodlarni tanlash, «Talabalar ilmiy jamiyati», kafedralar qoshidagi yosh olimlar, o’qituvchilar, talabalar, maktab o’qituvchilari va o’quvchilarini birlashtirgan «Kichik maktablar» faoliyatini tashkil etish kabi ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarining yillik va istiqbol rejalariga muvofiq har yili Respublika va Xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlar o’tkazib kelinadi. Anjumanlarda Respublika ta’lim tizimidagi, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-tarbiyaviy hayotidagi, qishloq va xalq xo’jaligidagi, fan va texnika taraqqiyotidagi dolzarb muammolar, ularning yechimlari muhokama etiladi.
  • Universitetda har yili aprel-may oylarida ilmiy bo’lim rahbarligida o’tkaziladigan professor-o’qituvchilar va talabalarning an’anaviy ilmiy-nazariy konferensiyasida o’rtacha 600 nafarga yaqin talaba, 300 nafardan ortiq professor-o’qituvchilar, viloyat ta’lim muassasalarining 100 nafardan ortiq ilg’or o’qituvchilari o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelishadi.
  • Xalqaro miqyosda o’tkazilgan anjumanlarda Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Belgiya, Gollandiya, AQSh, Avstraliya, Hindiston, Bangladesh, Saudiya Arabistoni, Shri Lanka kabi qator xorijiy davlatlarning ilmiy markazlari va oliy o’quv yurtlari vakillari ishtirok etishgan. 2000-2017-yillar davomida 150 ga yaqin davlatlarning vakillari ilmiy va o’quv-metodik masalalarni rivojlantirish maqsadida universitetga tashrif buyurishgan.
  • Bugungi kunda Guliston davlat universiteti Germaniyaning Gyottingen, Fransiyaning Grenobl universitetlari, Belgiya, Chexiya, Slovakiya, Ispaniya, Xitoy davlatlari va Rossiya FA qoshidagi ilmiy markazlar hamda Moskva va Sank-Peterburg davlat universitetlari, Astraxan qishloq xo’jalik universiteti, Tyumen davlat universiteti, ICARDA, ICBA, IWMI, IPGRI xalqaro tashkilotlari va boshqa bir qator o’quv-ilmiy markazlar bilan o’rnatilgan hamkorlik aloqalari asosida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Shuningdek, universitetda ta’lim-tarbiya, ilmiy tadqiqot, ma’naviy-axloqiy tarbiya, nafosat va boshqa masalalardagi mavzularda ko’rgazmalar, tanlovlar ham o’tkazib kelinadi.

Universitetning ilmiy kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi

Universitetda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash kafedra qoshida tashkil etilgan kichik maktab, talabalar ilmiy jamiyati, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim instituti orqali amalga oshirilib, ilmiy bo’lim tomonidan boshqariladi.

  • Universitetda 17 nafar fan doktorlari, 88 nafardan ortiq fan nomzodlari, 24 nafar doktorant va mustaqil izlanuvchilar, 190 nafardan ortiq pedagogik xodimlar turli mavzulardagi ta’lim, iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish, adabiyot va san’at sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. 2000-2017-yillar davomida universitetda 11 ta doktorlik, 60 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. 2017-yilda 1ta fan doktori (DSc) va 1 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoya qilindi. Universitet nufuzi va ta’lim sifatining samaradorligi kafedralarning ilmiy salohiyati va olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining mohiyatiga bog’liq. Shuning uchun barcha kafedralar kesimida professor-o’qituvchilarning salohiyati tahlil etilib, ilmiy salohiyatini ko’tarish bo’yicha chora va tadbirlar belgilandi va 2017-2021-yillarda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiluvchilar ro’yxati ishlab chiqilib, rektor huzurida  muhokama qilindi.

Universitetning ilmiy-tadqiqot faoliyati

  • Universitetda ilmiy-tadqiqot ishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16- fevraldagi PF-4958-son “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish to’g’risida” gi Farmoni va 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2- maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori asosida qabul qilingan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at qarorlarilari va buyruqlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali olib borilmoqda.
  • Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning koorporativ hamkorligi, innovatsion va texnologik rivojlanishni boshqarish, mamlakatimizning strategik maqsadlarini ta’minlash va barcha yo’nalishlarda erkin raqobatni yo’lga qo’yish imkoniyatini beradi. Bu bir tomondan ishlab chiqarish mamlakatimizda ilm va texnologiya o’sishining dinamikasiga imkoniyat yaratsa, ikkinchi tomondan ilm va texnologiya ishlab chiqarishning rivojlanishini, hamda zamonaviylashishini ta’minlaydi.
  • Universitetda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida 2017-yilning 10-12- may kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan “Innovatsion g’oyalar, loyihalar va texnologiyalar X Respublika Yarmarkasi”da universitetdan 25 tadan ortiq innovatsion ishlanmalar namoyish etilib, ishlab chiqarish korxonalari bilan 92 million so’mlik xo’jalik shartnomalari imzolandi.
  • O’zbekiston  Respublikasi  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi tomonidan yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo’lgan qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida 2017-yilda tashkil etilgan “Yoshlarning Innovatsion g’oyalar respublika ko’rik-tanlovida “Qishloq xo’jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” yo’nalishi bo’yicha “Ekologiya va geografiya” kafedrasi yosh o’qituvchisi Kenjayev Aziz “Sho’rlangan tuproqlar unumdorligini oshiruvchi agrobiotexnologiyalar” mavzusida bajarilayotgan amaliy loyiha bilan ishtirok etib, ko’rik tanlovning g’olibi sifatida tan olindi.
  • Universitetda bugungi kunda umumiy qiymati 563 million 456 ming so’mlik 10 ta ilmiy loyiha (8 ta amaliy, 1 ta yosh olimlarning amaliy va 1 ta innovatsion) ustida 60 nafardan ortiq professor-o’qituvchi, yosh olimlar, doktorantlar, magistr va bakalavr talabalar ilmiy tadqiqot ishlarini samarali davom ettirib kelishmoqda. Loyihalarning bajarilish holati tizimli tarzda Ilmiy-texnik kengashda muhokama qilinadi va ilmiy texnik kengash qarorlari universitet Ilmiy kengashida ko’rib chiqilgan holda xulosa qilinadi. Shuningdek, loyihalarning moliyaviy mablag’i va ularning sarflanishini hisob-kitob qilish va nazorati ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha ajratilgan hisobchi tomonidan amalga oshirilmoqda.
  • Guliston davlat universiteti Yevropa Ittifoqining Erasmus +(Tempus) dasturining 574055 – EPP-1 – 2016-1-IT – EPPKA 2 – CBHE – JP registratsiya raqamli “RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida magistrlik dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi chet el granti bo’yicha tanlov g’olibi deb topildi va 2016-yilning 15-oktabridan 2019-yilning 14- oktabrigacha, 3 yil muddatga, umumiy moliyaviy hajmi  250,4 ming evro miqdoridagi grant loyihasida hamkor sifatida ish boshlab, 2017-yilda 83,5 ming evro miqdoridagi ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi.
  • Bugungi ilmiy tadqiqot ishlarini ilmiy laboratoriyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Universitetda tashkil etilgan quyidagi 7 ta ilmiy laboratoriyalar ilmiy hamkorliklarni yo’lga qo’yish va mahalliy muammolarni o’rganish va yechimini topishga qaratilgandir. Mazkur laboratoriyalarga yetuk professorlar va dotsentlar rahbarlik qilmoqdalar.

1. Tuproq va o’simliklar kimyosi, Umumiy kimyo kafedrasi;

2. Organik moddalar kimyosi, Umumiy kimyo kafedrasi;

3. Zamonaviy axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga tatbiq etish, Amaliy matematika va informatika kafedrasi;

4. Eksperimental biologiya, Umumiy biologiya kafedrasi;

5. O’simliklar ekologiyasi, Umumiy ekologiya va geografiya kafedrasi;

6. Pedagogik innovatsiya markazi: 1-laboratoriya, 2-laboratoriya, 3-laboratoriya, Pedagogika va pisixologiya kafedrasi;

7. Yarimo’tkazgichlar va geliofizika ilmiy laboratoriyasi, Umumiy fizika kafedrasi;

Ushbu laboratoriyalarga doktorantlar, magistrlar, mustaqil izlanuvchilar va iqtidorli talabalar jalb qilinishi bilan birga, ishlab chiqarish korxonalari va muassasalari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy amaliy ishlar asosida ulardan ham xodim va mutaxassislar jalb etilgan. Bu ta’lim, fan va ishlab chiqarish o’rtasida integratsiyaning rivojlanishi uchun muhim bir asos bo’lib xizmat qiladi.

  • Universitet kafedralarida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida yaratilayotgan ixtirolar, ishlanmalar va texnologiyalar xalq xo’jaligining turli sohalarida foydalanish uchun tavsiya etilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga topshirilgan hujjatlardan 2017-yilda “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi olimlari Raxmatov O., Nuriyev K.K., Yusupov A.M., Usmanov B., Qo’shiyev H.ning   “Gelioquritkich” ( FAP 01106), texnika fanlari doktori Barakayev N.R.ning  “Donni  o’lchami bo’yicha fraksiyalarga ajratish qurilmasi” va Fizika kafedrasi dotsenti Niyozov Sh.K. ning “Hajmiy qabul qilgichli  quyosh-suv isitgich kollektori” ( FAP 01185) nomli ixtirolariga foydali model sifatida patent olindi.

Universitetda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va nazoratini amalga oshirish bo’yicha “Ilmiy-texnik kengash” faoliyati yo’lga qo’yildi, “Ilm orqali bilim” tamoyili amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Bo’lim manzili: Guliston sh.. 4 – mavze, Guliston davlat universiteti, 2-qavat,  204-xona,

Telefon: (0367) 225-36-45

E-Mail: bolim_ilmiy@guldu.uz

 

600 | 2017-12-29 13:49
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

 
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.
Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!

Powered by Anvar Abduqayumov 2017 - 2018