Universitetda guruh murabbiylarining faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish maqsadida Murabbiylar Kengashi tuzilgan.
Universitetda faoliyat ko’rsatayotgan 8ta fakultetda jami 322 ta guruhlar mavjud bo’lib, mazkur guruhlarga universitet rektorining buyrug’i bilan murabbiylar biriktirilgan.
Murabbiylar Kengashi faoliyati universitet rektori tomonidan 2021-yil 14-yanvarda tasdiqlangan “Murabbiylar Kengashi to’g’risidagi Nizom” hamda 2020-2021 o’quv yiliga mo’ljallangan ish rejasi asosida olib borilmoqda.
Murabbiylar Kengashi faoliyati universitet Kengashi yig’ilishlarida reja asosida muhokama qilib boriladi.