GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Bizning shior: Universitet obrosihar bir professoroqituvchi, xodim va talabaning ornomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shula, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...                     Yuksak manaviyat engilmas kuch. Islom Karimov.

Reja-moliya bo'limi

 Bo’lim   boshlig’i: Qodirova  Dilafruz   Olimjonovna

Qabul   kunlari: Seshanba-Juma (15:00-17:00)

Telefon: (0367) 225-06-29

Faks: (0367)225-40-42

E-mail: GulDU_rejamoliya@edu.uz

 

 

Reja  - moliya bo’limi   haqida

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ta’lim muassasalarini moliyalash, jumladan, oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonini zamon talablari darajasiga yetkazish, ya’ni, ularda ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini kengaytirishda Reja-moliya bo‘limlari munosib hissasini qo‘shib kelishmoqda. Reja-moliya bo‘limi universitetning alohida bo‘limi bo‘lib, bevosita rektorga bo‘ysunadi va  bo’lim   boshlig’i, 1- toifali iqtisodchisi tomonidan faoliyat yuritiladi. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, hukumat qaror va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va me’yoriy hujjatlari, universitetning ichki tartib qoidalari va  nizomiga,  asoslangan holda ish yuritadi. Reja-moliya bo‘limi universitetning iqtisodini rejalashtiruvchi va moliyalashtiruvchi asosiy bo‘lim hisoblanib, yillik daromad va xarajatlar smetasini tuzishda hamda shtatlar jadvalini tayyorlashda ishtirok etadi.

 

  •  Zero, bo‘limimiz faoliyat yuritish jarayonidagi asosiy maqsad universitetimiz jamoasini imkon qadar ijtimoiy ximoya qilish, o‘quv jarayonini yuqori saviyada o‘tishi uchun zaruriy o‘quv jixozlari va texnologiyalari bilan ta’minlash, talabalar uylarida istiqomat qiladigan yoshlarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha rejalar ishlab chiqish hamda mazkur tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirishga qaratilgan. Shuningdek, universitetimiz iqtisodiy vaziyatini yaxshilash, mablag‘larning samarali sarflanishini ta’minlash, xarajatlarni belgilangan rejalar asosida amalga oshirish, ortiqcha sarflarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lim faoliyatining bosh mezoni hisoblanadi.
  • Reja-moliya bo‘limi faoliyatini takomillashtirish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larining daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish, iqtisodiy tahlil o‘tkazish, namunaviy shtatlar jadvalini to‘g‘ri yuritishni nazorat qilish hamda universitet faoliyatini muntazam moliyalashtirib borishdan iborat.

 

 

  • Reja  - moliya bo’limining   asosiy    vazifalari:
  • bo‘limning ishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish, hamda doimiy ish rejaga muvofiq olib borish;
  • bo‘lim boshlig‘i ish rejasida belgilangan vazifalarni hamda boshqa topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli hamda zarur darajada bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib borish;
  • o‘z ish faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodiy sohasidagi hamda Universitet rektorining farmoyishlari, buyruqlari, ko‘rsatmalari asosida ish olib borish;
  • bo‘limga yuklatilgan vazifalarni sifatsiz tayyorlash holatlariga yo‘l quygan xodimlarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari ko‘rish;
  • Muassasa rahbarining topshirig‘iga ko‘ra mablag‘larni sarflash bo‘yicha qaror, farmoyishlarni ekspertiza qilish va iqtisodiy tahlil o‘tkazish;
  • Byudjet va nobyudjet mablag‘lar bo‘yicha smeta loyihalarini tuzish va uni tasdiqlatish uchun vazirlikka taqdim etish;
  • Statistik hisobotlari topshirilgandan so‘ng o‘quv yili boshiga talabalar sonidan kelib chiqqan holda professor-o‘qituvchilar tarkibini aniqlash.
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hmd yuqori tashkilotlardan kelgan t va tpshiriqlarni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan bajarish;
  • Yangi o‘quv yili uchun qabul qilinayotgan  professor-o‘qituvchilar va hodimlar oylik maoshlarini yozib borish;
  • Shtat intizomini qat'iy nazorat qilib borish;
  • Universitetda ta'lim xizmati va servis sohasi bo‘yicha tushum to‘g‘risidagi ma’lumotni  har yning 3-sanasiga qadar statistik hisobotlarini topshirish.

 

      Reja-moliya bo‘limi xodimlarining tarkibi

Bo‘limda ishlovchi xodimlar soni 2 kishidan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni tashkil etadi:

  • Bolim boshligi;  Qodirova  Dilafruz   Olimjonovna
  •  1- toifali iqtisodchi:  Rasulova Nasiba Togayevna

 

 

 

419 | 2018-06-02 09:51
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

 
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.
Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!

Powered by Anvar Abduqayumov 2017 - 2018