Oquv-uslubiy bolim

Bo’lim boshlig’i: Xudoyberdiyev Ikrom

Telefon: ish 8-367-2-253160

uyali +998945850205

E-mail: GulDU_Oquvmet@edu.uz

 news.png

O’quv-uslubiy bo’limining 2016-2017- o’quv yili uchun ish rejasi

O’quv-uslubiy bo’limining 2017-2018-o’quv yili uchun ish rejasi
Tarixi

O’quv-uslubiy bo’lim faoliyatiga dastlab Lisina Antonina Petrovna rahbarlik qilgan.

Keyinchalik bo’lim rahbarligiga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ilya Grigoryevich Yugay tayinlangan.

1984-1986- illarda Qalandarov Abduqayum Qalandarovich, 1987-1989 va 2005-2010-yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Qurbonov Bahrom Qurbonovich, 1990-1991-yillarda Eshmirzayev Hayitboy Eshmirzayevich, 1992-1999-yillarda Inatov Erkin Inatovich, 1999-2005-yillarda texnika fanlari doktori, professor Nuriyev Karim Katibovich, 2005-2010-yillarda Pedagogika fanlari nomzodi dosent Qurbonov Baxrom Qurbonovich, 2010-2017-yillarda  Aralov Anvar Abdujabborovichlar bo’lim faoliyatini samarali boshqarib kelishdi. 2017-yildan buyon bo’lim faoliyatiga Xudoyberdiyev Ikrom Akramovich  rahbarlik qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda o’quv-metodik bo’limda quyidagi 6 nafar xodim faoliyat ko’rsatadi:

Xudoyberdiyev Ikrom  – bo’lim boshlig’i

Xolboyev Baxrom –  metodist

Mamatov Jo'rabek – metodist

Mansurova Mahbuba – dispetcher

Ni Lyudmila Vasilyevna – dispetcher

Faoliyati

2017-2018-o’quv yilidan boshlab o’quv jarayonini nazorat qilishga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo’lga qo’yildi. Talabalarning joriy, oraliq va yakuniy nazorat ballarini elektron hisoblash dasturlari yordamida qayd qilish va umumlashtirish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, namunaviy o’quv rejalari asosida ishchi o’quv-rejalarini shakllantirish va soatlarning haftalik taqsimotlarini ham elektron hisoblash usuliga o’tkazildi.

“Ichki nazorat va monitoring bo’limi” bilan hamkorlikda talabalarning o’quv mashg’ulotlaridagi davomatini muntazam nazorat qilish va qayd etishning elektron shaklidan foydalanib kelinmoqda.

Amaliyot

 

Mavjud bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tegishli kurslardagi amaliyotlar tuzilgan ikki tomonlama shartnoma asosida quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarda o’tkaziladi:

- Guliston shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 2, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 11, 15, 16-son umumta’lim maktablari;

- Sirdaryo viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi 1-Guliston akademik litseyi, 2-Guliston akademik litseyi, Guliston axborot texnologiyalari KHK, Pedagogika KHK, Yangiyer akademik litseyi, Guliston tibbiyot kolleji, 2-Pedagogika kolleji, xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internati, Boyovut qishloq xo’jaligi KHK, Dehqonobod qishloq xo’jalik KHK, Oqoltin gidromelioratsiya KHK;

- “Xo’jamushkent”, “Sirdaryo” dala amaliyoti manzillari;

- “Guliston ekstarkt-yog’” OAJ, Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi, Guliston shahar milliy banki, DT xalq banki Sirdaryo viloyati filiali, Guliston shahar iqtisodiyot bo’limi, Guliston shahar soliq inspeksiyasi, Sirdaryo viloyati G’aznachilik boshqarmasi, “Issiqlik manbai” IChK, “Sirdaryo Bek”MChJ, ATIB “Ipoteka-bank” Sirdaryo viloyati filiali, “Suvoqava” boshqarmasi, OTDT “Mikrokreditbank” Sirdaryo viloyati filiali, OATB “Agrobank” Sirdaryo viloyati filiali, Guliston shahar g’aznachilik bo’limi, “Suvnazorat” inspeksiyasi, “Koinot yorug’ligi” xususiy firmasi.

Ta’lim yo’nalishlarining malakaviy, o’quv-dala, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish yangicha tartib, shakl va mazmunga ega bo’ldi. Viloyatning yetakchi 21 ta o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari hamda 16 ta ishlab chiqarish korxonalari bilan tuzilgan o’zaro hamkorlik shartnomalariga muvofiq amaliyotlarni o’tkazish yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, yana 5 ta korxona va tashkilotlar bilan amaliyotlarni o’tkazish bo’yicha shartnomalar ishlab chiqilgan.

Pedagogik amaliyotlar yakunida har bir amaliyotchi talaba va metodistlarning elektron taqdimot usulida hisobot topshirishlari tartibi joriy etilgan.

O’quv-uslubiy ta’minot

Universitetdagi mavjud 30 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlanishini me’yor talabalariga(6 nafar talabaga 1 dona o’quv adabiyoti) yetkazishga erishildi. Bo’lim tomonidan o’quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga joriy etish ishlari maxsus rejaga asosan muvofiqlashtirib borilmoqda. Jumladan, 520 ga yaqin o’quv fanlaridan o’quv-uslubiy majmualar yaratilib, ularning elektron variantlari har bir talabaga tarqatildi.

2006-yilda Respublikada birinchilardan bo’lib o’quv adabiyotlarining elektron shakllaridan iborat “Ta’lim portali” tashkil etildi. Hozirgi kunda mavjud 580 ga yaqin o’quv fanlarining barchasidan 28474 Mb darsliklar(1132 dona), 28300Mb o’quv qo’llanmalari (1895 dona), 19635 Mb o’quv-uslubiy majmualar(1196 dona), 10930 Mb ma’ruza matnlari (1925 dona), 225 Mb test savollari (965 dona), 16 ta virtual va ko’rgazmali laboratoriya ishlari to’plami, 200 dan ortiq multimediali adabiyotlar va boshqa resurslar mavjud.

Vazirlik qoshida tashkil etilgan ZiyoNET axborot-ta’lim tarmog’iga 2008-2009-o’quv yilida 201 ta, 2009-2010-o’quv yilida 390 ta, 2010-2011-o’quv yilida 390 ta resurs joylashtirilgan. 2011-2012- o’quv yilida 490 ta elektron resurs joylashtirilgan. 2012-2013- o’quv yilida 490 ta, 2013-2014- o’quv yilida 490 ta, 2014-2015- o’quv yilida 510 ta elektron resurs  rejalashtirilgan.

Yangi o’quv yili boshida har bir 1-kurs talabasiga o’qiyotgan ta’lim yo’nalishining 1-4 kurslari davomida o’qitiladigan o’quv fanlari bo’yicha o’quv adabiyotlarining elektron disklarini tarqatish yo’lga qo’yildi.

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida Nizom” asosida tashkil etilgan.

Talabalarning kuzgi va bahorgi semestr yakunidagi yakuniy nazorat sinovlarini o’tkazishda zamonaviy test usulini qo’llashga katta e’tibor beriladi. Universitet mutaxassislari tomonidan yangi kompyuter test dasturlari ishlab chiqilib, ulardan yakuniy nazoratlarni o’tkazishda foydalanilmoqda. Bu dasturlar har yili takomillashtirilib boriladi.

Yakuniy nazorat sinovlarini o’tkazishga yangicha yondoshuvlar tatbiq etilib, professor-o’qituvchilar safidan tayinlangan nazoratchilar, jamoatchilik va ota-onalar, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi  va iqtidorli talabalar vakillarini jalb etish tartibi joriy etilgan.

981 | 2017-12-26 17:22
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2018
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish