Universitetda 2 ta 4 qavatli sig’imi 1120 o’ringa mo’ljallangan talabalar turar joylari mavjud bo’lib, bugungi kunda ularda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Universitetda 1 ta 18x36 o’lchamdagi sport zal mavjud, yangi ta’mirdan chiqqan, holati yaxshi, barcha dars mashg’ulotlari sport zalda o’tkaziladi. Sport zali voleybol, basketbol, qo’l to’pi, mini futbol sport turlariga mo’ljallangan. Bugungi kunda sport zalda dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14-00 dan 16-00 gacha voleybol va qo’l to’pi sport turi bo’yicha, seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 14-00 dan 16-00 gacha basketbol sport turi bo’yicha mashg’ulotlar o’tkaziladi.
Bundan tashqari universitetda futbol bo’yicha 1ta, voleybol bo’yicha 1ta, basketbol bo’yicha 1ta, mini futbol bo’yicha 1ta, qo’l to’pi bo’yicha 1ta ochiq sport maydonlari mavjud, xolati qoniqarli.
Universitetda 540 o’ringa mo’ljallangan madaniyat saroyi (faollar zali) mavjud bo’lib, universitetda nishonlanayotgan bayram tadbirlari, ijodkorlar bilan uchrashuvlar doimiy o’tkazib boriladi. Madaniyat saroyi ovoz kuchaytirgich, fortepiano bilan jihozlangan.