Talabalar turar joyi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Talabalar turar joylari haqida ma’lumot

Universitetda sig‘imi 2094 o‘ringa mo‘ljallangan 4 ta talabalar turar joyi mavjud.

Jumladan, 1-sonli talabalar turar joyi 4 qavatli, 822 o‘ringa mo‘ljallangan,              2-sonli talabalar turar joyi 4 qavatli, 772 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, universitet hududida joylashgan, o‘quv binolarigacha bo‘lgan masofa 100-200 metrni tashkil qiladi.

3-sonli talabalar turar joyi 4 qavatli, 350 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, Yangiyer shahar, Pedagogika fakulteti hududida joylashgan, o‘quv binosigacha bo‘lgan masofa  50 metrni tashkil qiladi.

4-sonli talabalar turar joyi 2 qavatli, 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, Boyovut tumani Jismoniy madaniyat fakulteti hududida joylashgan, o‘quv binosigacha bo‘lgan masofa  60 metrni tashkil qiladi.

TTJlarda talabalar uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan, jumladan, 1 va 3-sonli talabalar turar joylarida tibbiyot xonalari tashkil etilgan, 1-sonli va 2-sonli TTJlarda 5 muhim tashabbusni joriy etish maqsadida alohida xonalar, kutubxona, sport (fitnes) xonasi, musiqa va tasviriy san’at xonasi hamda kompyuter xonalari tashkil etilgan. Ushbu xonalar zarur sport jihozlari, musiqa asboblari, kompyuter jamlanmasi, darslik va badiiy adabiyotlari bilan ta’minlangan. 1-sonli TTJda sartaroshxona (4 o‘rinli), 2-sonli TTJda tikuvchilik (4 dona tikuv mashinasiga mo‘ljallangan) xonasi tashkil qilinib talabalarga to‘liq xizmat ko‘rsatadi.

- Universitetda talabalar turar joyiga talabalarni joylashtirishda yotoqxonaga talab yuqori bo‘lganligi sababli Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 noyabrdagi 1019-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talabalar turar joylari to‘g’risida”gi NIZOMning 4-bobi, (TTJ faoliyatini tashkil etish) 26-bandida ko‘rsatilgan talablar ketma-ketligi asosida joylashtiriladi.

  (Chin yetim talabalar, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, nogironligi mavjud talabalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, moddiy ahvoli og‘ir talabalar (shuningdek, bitta oilada 2 yoki undan ortiq shaxs to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan bo‘lsa), xorijdan kelib tahsil olayotgan talabalar, 1-2-bosqich talabalari, Yoshlar ittifoqining faollari, Xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar, yozgi ta’til davrida “Fidokor” yoshlar mehnat otryadi tarkibida TTJni ta’mirlashda ishtirok etgan talabalar, TTJda doimiy ravishda talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari va boshqa jihatlari bilan doimiy ravishda faollik ko‘rsatib kelayotgan talabalarga ustuvorlik beriladi).

163 | 2023-07-18 11:37
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->