Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

akt.jpg

Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi rahbari: Burxiyev Olimjon Boboyevich

Telefon: 0(3672) 254526

Elektron manzili: guldu_atm@edu.uz 

Qabul kunlari: Seshanba, chorshanba

Markaz faoliyati haqida malumot

 

-         Markaz o’zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy va multimediya mahsulotlari va boshqa mahsulotlar, ko’rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo’yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va moddiy-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi;

-         Ko’rsatiladigan xizmat va ish turlari bo’yicha buyurtmachilar, hamda texnikaviy resurslarni va qurilmalarni yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida olib boradi;

-         Markaz xo’jalik sub’ektlari va fizik shaxslar buyurtmalarini O’zbekiston Respublikasi qonunlarida va GulDU Nizomida ko’rsatilgan tartibda shartnoma asosida bajarishi mumkin;

-         Markazning boshqa tashkilotlar, korxonalar, fizik va yuridik shaxslar bilan xo’jalik faoliyati barcha sohalar bo’yicha shartnoma asosidagi o’zaro munosabatlar yordamida o’rnatiladi. Markaz O’zbekiston Respublikasi qonuniga va GulDU Nizomiga zid bo’lmasa, shartnoma predmetini, majburiyatlarni va xo’jalik munosabatlarini boshqa shartlarini aniqlashda erkin tanlash huquqiga ega.

 

Markaz quydagi faoliyat turlarini ko’rsatadi:

  • axborot marketingni tashkil etish;
  • kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini yaratish va joriy qilish;
  • axborot texnologiyalar va multimedia tizimlari sohasidagi ishlarni oliy ta’lim va fani sohalariga tadbiq qilish;
  • masofaviy ta’lim va o’qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta’minotini tashkil etish, ma’ruzalarning elektron versiyalarini yaratish;
  • horijiy mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar, kutubxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy o’quv yurtlari bilan o’zaro axborot aloqalarni ta’minlash;
  • internet tarmog’i va elektron pochta xizmatlarini ko’rsatish, aniq mavzular bo’yicha ma’lumotlarni qidirish va ular joylashgan adreslarni taklif etish;
  • hisoblash texnikasi vositalariga, kompyuterlarga servis xizmatini tashkil etish, ularni ta’mirlash va modernizatsiyalash;
  • axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish, ishga tushirish va sozlash;
  • ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash bo’yicha programma mahsulotlarini yaratish va joriy qilish;
  • ilmiy-tadqiqot, izlanish, loyihalash va eksperimental ishlarni tashkil qilish va o’tkazish;
  • seminarlar, konferensiyalar, tadqiqotlar, ko’rgazma va yarmarkalarni tashkil qilish va o’tkazish.

 Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: 

  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlab o’tilgan masalalarni yechish uchun, GulDU intellektual va axborot resurslarini muvofiqlashtirish;
  • o’quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o’quv jarayoniga tadbiq qilish;
  • O’zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazasini qo’llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo’yicha bilimlar, g’oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash;
  • talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar, professor-o’qituvchilar va xodimlarga informatika va axborot texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o’rgatish xizmatini tashkil qilish;
  • ta’lim tashkilotlarining o’qituvchi, ilmiy va o’quv-texnik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish;
  • o’quv va ta’lim tashkilotlariga texnik, axborot va metodik yordamni tashkil etish;
  • jahon axborot-kompyuter fazosida ishlashni va muloqot olib borish madaniyatini tadbiq etish;
  • yangi kurslar, metodik materiallarning elektron nusxalarini yaratish;
  • Markaz imkoniyatlaridan kelib chiqib masofaviy ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

10176 | 2017-12-28 10:21
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023