Taʼlim sifati nazorati bo`limi
Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshligi:
Matrasulov Bahodir Erbutayevich
Qabul
kunlari: Dushanba-Juma
14:00-16:00
Rus, ingliz tillari
(97) 155-25-98
bahodirm@mail.ru
1993-1998 -yy. - Guliston davlat universiteti talabasi
1998-2002 -yy. - Guliston davlat universiteti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi o‘qituvchisi
2002-2006 -yy. - Guliston davlat universiteti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi
2003-2011 -yy. - Guliston davlat universiteti umumiy iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi
2011-2019- yy. - Guliston davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi
2019-2025- yy. - Guliston davlat universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i
2025 yy. - h.v. - Guliston davlat universiteti Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i

Ta’lim sifati nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi : Sidiqov Farrux Jumanazar o‘g‘li
Rus tili
(94) 583-23-93
farruxsidiqov1993@gmail.com
2021-2023- yy. - Guliston davlat universiteti ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) yo‘nalishi magistranti
2021-2022 -yy. - Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 50-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
2022-2022-yy. - Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 50-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yetakchi mutaxassis
2022-2023- yy. - Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 50-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
2023-2025- yy. - Guliston davlat universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi
2025 y. - h.v. - Guliston davlat universiteti Ta’lim sifati nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi

Ta’lim sifati nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi : Quvondiqov Muxriddin Xamza o‘g‘li Rus tili
Rus tili
(99) 989-56-14
muxriddinquvondiqov4@gmail.com
2017-2021-yy. – Guliston davlat universiteti talabasi
2021-2022-yy. – Sirdaryo suv taьminoti aksiyadorlik jamiyatida haydovchi
2021-2023-yy. – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistratura talabasi
2022-2023-yy. – Sirdaryo suv taьminoti aksiyadorlik jamiyatida avariya-tiklash ishlari chilangari
2022-2023-yy. – Sirdaryo viloyat Yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida murabbiy
2025-2025-yy. – Mirzaobod tumani sport maktabida murabbiy
2025 – h.v. – Guliston davlat universiteti Ta’lim sifati nazorati bo‘limida bosh mutaxasis
Guliston davlat
universiteti Taʼlim sifati nazorati bo‘limi
NIZOMI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi 275-son qaroriga muvofiq ishlab
chiqilgan bo‘lib, Guliston davlat universiteti tarkibidagi Ta’lim
sifati nazorati bo‘limi faoliyatini tashkil etish tartibini
belgilaydi.
2. Bo‘lim boshlig‘i
va uning xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
huzurida Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi boshlig‘i bilan kelishgan
holda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. Mazkur lavozimlarga tayinlash va
ozod etish mehnat qonunchiligiga muvofiq universitet rektorining
buyrug‘i bilan (O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi” talablari
asosida) rasmiylashtiriladi.
3. Bo‘lim faoliyati O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda -
Vazirlik deb yuritiladi), Agentlik hamda universitet rektorining buyruqlari va qonuniy
ko‘rsatmalariga, shuningdek, Bo‘lim to‘g‘risidagi mazkur Nizomga muvofiq
tashkil etiladi.
O‘quv yili boshida bo‘lim tomonidan ishlab chiqilgan
hamda universitet rektori va Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l
xaritasi” asosida ichki attestatsiya va ta’lim sifatiga oid ishlarni amalga
oshiradi.
2-bob. Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari
4. Bo‘limning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
Ta’lim muasssasasida kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini ichki baholashni amalga
oshirish;
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning
davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan
dasturlari, ishchi o‘quv rejalar va fanning ishchi dasturlari bilan
ta’minlanganligi hamda o‘zaro muvofiqligini tahlil etish;
malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarning
kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh
kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;
taʼlim tashkilotida taʼlim sifati
madaniyatini shakllantirish, ichki sifat nazorati mezonlari va tartiblarini
takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar
berish;
taʼlim sifatini baholashning mezon va
usullarini xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribalarni inobatga olgan
holda ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
talabalar bilimini baholash jarayonlarida kuzatuvchi
sifatida ishtirok etish;
talabalar bilimini nazorat qilish va baholash jarayonlari xolislik va shaffoflik asosida amalga
oshirilganligini o‘rganish;
universitet dekanatlari tomonidan
shakllantiriladigan dars jadvallarini optimallashtirishda
ishtirok etish;
talabalar davomati va
professor-o‘qituvchilarning darsga munosabati monitoringini olib borish;
professor-o‘qituvchilarga o‘quv
yuklamalarining adolatli taqsimlanganligini o‘rganish;
dars o‘tish uchun ishlab chiqarish
(amaliyotdan) malakali mutaxassilarni jalb etilganligini o‘rganib borish;
mustaqil ta’limni talab darajasida tashkil
etilganligini o‘rganish va tahlil qilib borish;
bitiruvchilarning bilim darajasini o‘rganish
maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari hujjatlari bilan
tanishish;
universitetni ichki attestatsiyadan
o‘tkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, ta’lim sifatiga
salbiy ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni universitet rektoriga
va Agentlikka taqdim etish;
ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning
holatini monitoring qilish, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan
universitet rektoriga takliflar berish;
ta’lim sifatini oshirish maqsadida
professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usul va
uslublardan foydalanish samaradorligi, dasturlarga fandagi yangiliklarning
kiritilganligini tahlil qilish;
taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini
taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oʻrganish yuzasidan
ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish hamda soʻrovnomalar oʻtkazish;
ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini
tahlil qilish, uni rivojlantirish va
takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
universitetda talabalar amaliyotining ta’lim
yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini inobatga olgan holda tashkil etilganligi
va uning samarasini nazorat qilish;
universitet reytingini aniqlash, baholash,
attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok
etish;
universitetdagi ijtimoiy
muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida
professor-o‘qituvchilar va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan
ijtimoiy so‘rovlar jarayonida ishtirok etish, natijalari yuzasidan tavsiyalar
ishlab chiqish;
bitiruvchilarning ta’limning keyingi
bosqichiga o‘qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qilishda
ishtirok etish;
universitetda ichki jamoatchi
ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida
seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;
o‘quv jarayoni bilan ishlab
chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va
texnologiyalarni kengaytirish yuzasidan takliflarni berish;
taʼlim sifatini baholash boʻyicha
faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida jamoatchilik va
manfaatdor tomonlar ishtirokida yillik hisobotlarni eʼlon qilib borish;
taʼlim sohasidagi davlat dasturlari va
strategiyalarida belgilangan maqsadli koʻrsatkich va natijalarga erishilishini
tahlil qilish hamda tavsiyalar ishlab chiqish;
taʼlim sohasi va ilmiy-tadqiqot faoliyatini
rivojlantirish, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha
takliflarni ishlab chiqish hamda istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish;
ta’lim sifati holatini
o‘rganish natijalariga asoslanib, tegishli takliflarni universitet rahbariyatiga
taqdim etish.
5. Bo‘lim oʻziga yuklatilgan vazifalarni
bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
idoraviy mansubligi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy
shaklidan qatʼi nazar oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim,
shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish,
malakalarni baholash sohalarida tashqi baholashni amalga oshirish boʻyicha:
taʼlim tashkilotining belgilangan normativ-huquqiy
hujjatlar hamda meʼyor va qoidalarga amal qilishini tahlil qiladi;
taʼlim tashkilotini maxsus va kompleks
davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazadi;
taʼlim tashkilotida taʼlim-tarbiya va
ilmiy-tadqiqot jarayonlari sifatini qiyosiy taqqoslash asosida uning milliy
reytingini yuritadi;
taʼlim dasturlarining kasbiy standartlarga
va belgilangan malakalarga muvofiqligini baholaydi;
taʼlim tashkilotida tenglik va
inklyuzivlikni taʼminlash orqali barcha taʼlim oluvchilar uchun adolatli va
qoʻllab-quvvatlovchi muhit yaratilganini tahlil qiladi;
akkreditatsiyaga oid axborot tizimlarida
maʼlumotlar almashish samaradorligini oshirish uchun davlat organlarining
tegishli platformalari bilan integratsiya jarayonlarini yoʻlga qoʻyadi;
taʼlim tashkilotida taʼlim sifati madaniyatini
shakllantirish, ichki sifat nazorati mezonlari va tartiblarini
takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar
berish boʻyicha:
sifat madaniyatini shakllantirish va
taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha taʼlim tashkilotiga uslubiy jihatdan
koʻmaklashadi;
xalqaro tajribalar asosida ichki sifatni
taʼminlashga oid mezonlar, indikator va qoʻllanmalarni ishlab chiqishda
ishtirok etadi;
taʼlim va ilm-fanda korrupsiya
holatlarining oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf
etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tavsiyalar ishlab
chiqadi;
taʼlim sifatini baholashning mezon va usullarini
xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda ishlab
chiqish hamda takomillashtirish boʻyicha:
ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganadi va
ular asosida milliy taʼlim sifatini baholashning mezon va usullarini ishlab
chiqadi hamda takomillashtirib boradi;
taʼlim sifatini baholash mezonlari va
usullarini yangilab borish boʻyicha mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb
qiladi;
milliy malaka tizimiga mos ravishda
akkreditatsiya mezonlarini takomillashtirib boradi;
taʼlim tashkilotida taʼlim sifatini taʼminlashga
qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oʻrganish yuzasidan ilmiy va amaliy
tadqiqotlarni olib borish hamda soʻrovnomalar oʻtkazish boʻyicha:
taʼlim tashkilotida taʼlim sifatini
taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oʻrganish yuzasidan
sotsiologik va boshqa soʻrovnomalar oʻtkazadi;
taʼlim sifatini baholash boʻyicha faoliyatning
ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida jamoatchilik va manfaatdor
tomonlar ishtirokida yillik hisobotlarni eʼlon qilib borish boʻyicha:
taʼlim sifati va akkreditatsiya bilan
bogʻliq jarayonlarni raqamlashtirish choralarini koʻradi;
taʼlim tashkiloti bitiruvchilarining bilim
va koʻnikmalarini baholash hamda ularning mehnat bozoriga integratsiyasini
oʻrganish maqsadida hududiy ish beruvchilar soʻrovnomasini oʻtkazadi;
taʼlim tashkilotlari oʻquvchi va
talabalarining taʼlim sifati boʻyicha fikrlarini oʻrganishga qaratilgan
talabalar soʻrovnomasini, shuningdek, jamoatchilikning taʼlim sifati boʻyicha
fikrlarini oʻrganishga qaratilgan soʻrovnomalar oʻtkazadi;
taʼlim sohasidagi viloyat ijro etuvchi
hokimiyat organlari bilan hamkorlikda taʼlim tizimi faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ochiqlikni taʼminlash hamda korporativ
boshqaruv usullarini qoʻllash boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
taʼlim sohasidagi davlat dasturlari va
strategiyalarida belgilangan maqsadli koʻrsatkich va natijalarga erishilishini
tahlil qilish hamda tavsiyalar ishlab chiqish boʻyicha:
taʼlim sohasidagi viloyat ijro etuvchi
hokimiyat organlari bilan hamkorlikda jamoatchilik, yetakchi xorijiy
ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilarni keng jalb qilgan holda tizimdagi
eng dolzarb masalalar va muammolarga yechim topish choralarini koʻradi;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalaridagi barcha normativ-huquqiy
hujjatlar loyihalarini oʻrganib, oʻz taklif va eʼtirozlarini bildiradi;
taʼlim sohasidagi viloyat ijro etuvchi
hokimiyat organlari bilan hamkorlikda taʼlim xizmatlari isteʼmolchilari,
ilmiy-pedagogik jamoatchilik hamda davlat organlari va tashkilotlarining
takliflari asosida taʼlim sohasiga oid istiqbolli tashabbuslarni ishlab
chiqadi;
taʼlim sohasi va ilmiy-tadqiqot faoliyatini
rivojlantirish hamda ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha
takliflarni ishlab chiqish va istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish boʻyicha:
ta’lim muassasasida taʼlim va ilmiy sohada
amaldagi qonunchilikni tizimli oʻrganadi, tahlil qiladi va uni
takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
6. Bo‘lim oʻziga yuklatilgan vazifa va
funksiyalarni qonuniylik, xolislik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik
tamoyillari asosida amalga oshirish maqsadida universitet tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlar va
materiallarni olish huquqiga ega.
3-bob. Bo‘limning huquq
va majburiyatlari
7. Bo‘lim oʻziga yuklatilgan vazifa va
funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Bo‘lim
zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun universitet
tarkibiy tuzilmalaridan vazifalari doirasidagi zarur ma’lumotlar va
materiallarni olish;
Bo‘limga yuklangan vazifalar va
funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan
tartibda kiritish;
Ta’lim muassasasining taʼlim jarayonlarini
boshqarish axborot tizimlaridan (HEMIS) va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni
muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimidan toʻsiqsiz foydalanish;
taʼlim tashkilotiga taʼlim sifatini
oshirish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;
taʼlim sifatini taʼminlash,
akkreditatsiya, reyting va boshqa masalalar yuzasidan xalqaro va nodavlat
tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish;
taʼlim tashkilotida taʼlim sifati bilan
bogʻliq oʻrganishlar, monitoring va soʻrovnomalar oʻtkazish;
taʼlim tashkilotida “xavfni tahlil qilish”
tizimi asosida aniqlangan talab va shartlarning buzilishi holatlari yuzasidan Bo‘lim
tomonidan taʼlim tashkilotiga taqdimnoma kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf
etish uchun muddat belgilash;
taʼlim sifatini taʼminlash bilan bogʻliq
standartlar, mezonlar va indikatorlarni amaliyotga tatbiq qilish;
mahalliy ekspertlar ishtirokida ekspert
komissiyalari va ishchi guruhlar tuzish;
ekspert komissiyalari va ishchi guruhlar
tomonidan taʼlim sohasidagi joriy holatni chuqur tahlil qilish, baholash va
taklif ishlab chiqish boʻyicha texnik topshiriqlarni shakllantirish hamda
konsalting kompaniyalarni jalb etgan holda tegishli taʼlim sohasini isloh
qilish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan
pulli xizmatlar koʻrsatish;
oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha
konsalting va ekspert-tahliliy xizmatlar koʻrsatish, ushbu vazifalarni amalga
oshirish uchun tashkiliy-huquqiy tuzilmalarni tashkil etish;
tegishli davlat organlari bilan birgalikda
taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini oshirish va taʼlim jarayonlarini
yaxshilashga taalluqli masalalarni koʻrish.
8. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq,
shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi topshiriqlariga asosan Bo‘lim boshqa huquqlarga
ham ega boʻlishi mumkin.
9. Bo‘lim quyidagilarga majbur:
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli
va oʻz vaqtida bajarish;
davlat akkreditatsiyasini qonunchilik
hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshirish;
akkreditatsiya jarayonlarida va ularning
natijalarini ochiq holda eʼlon qilish orqali shaffoflikni taʼminlash;
akkreditatsiya qarorlaridan norozi boʻlgan
holatda shikoyat va apellyatsiya berish jarayonlarini tashkil etish;
ijro intizomini taʼminlash.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


