Istiqbolli rejalar

2017-2030 istiqbolli rivojlanish rejasi

Ushbu ilovada Guliston davlat universitetining 2017-2030 yillarga moʻljallangan istiqbolli rivojlanish dasturidagi ilmiy sohada amalga oshiriladigan ishlar rejasi yoritilgan.

II. Ilmiy tadqiqot ishlar sohasida iqtisodiyot tarmoqlari bilan innovatsion-korporativ hamkorlikni yanada rivojlantirish.

2.1. Universitet ilmiy-tadqiqotlarining ustuvor yoʻnalishlarini ilm-fan yutuqlari, ilgʻor xorijiy tajribalar hamda kafedralarning oʻziga xosligi asosida tizimli ravishda takomillashtirish. Respublikada fan va texnologiyalar rivojlanishining istiqbolli ustuvor yoʻnalishlari asosida universitet va kafedralar ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish bosh strategiyasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

2.2. Har yili ilm-fan yutuqlari, ilgʻor xorijiy tajribalar hamda kafedralarning oʻziga xosligi asosida ilmiy-tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini takomillashtirib borish. 2017-2030 yy. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, ilmiy boʻlim, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari. Universitet va kafedralar ilmiy-tadqiqotlarining ustuvor yoʻnalishlari aniqlanadi va izlanuvchilarga ushbu yoʻnalishlarda tadqiqot mavzulari beriladi. universitet va kafedralarning oʻziga xos imidji shakllandi.

2.3. Universitetda mavjud ilmiy salohiyat va korxona (tashkilot, taʼlim muassasa)larda toʻplangan boy amaliy tajribadan birgalikda samarali foydalanish orqali iqtisodiyotni zamonaviy rivojlanishiga qaratilgan innovatsion-korporativ hamkorlik faoliyatini keng koʻlamda yoʻlga qoʻyish, korxonalarning ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish salohiyatini yuqori koʻrsatkichlarga erishishini taʼminlash maqsadida korxonalarni, taʼlim muassasalarini texnik va texnologik modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb etish bilan bogʻliq dolzarb ilmiy-amaliy mavzular boʻyicha universitet innovatsion guruhlari doirasida ilmiy tadqiqot ishlarining hajmini oshirish. Universitet kafedralarining korxonalar, taʼlim muassasalari bilan hamkorlik ishlarini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

2.4. Korxonalar va taʼlim muassasalarining ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish salohiyatini yuqori koʻrsatkichlarga erishishini taʼminlash maqsadida innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida shartnomalar imzolanadi.

2.5. Shartnomalarga muvofiq innovatsion guruhlar faoliyati tashkil etiladi va ushbu guruhlarga professor-oʻqituvchilar, izlanuvchilar, magistr va talabalar jalb etiladi. 2017-2030 yy. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, ilmiy boʻlim, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari oʻzaro hamkorlikda innovatsion guruhlar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyilishi natijasida korxonalar va taʼlim muassasalarining ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish salohiyatini yuqori koʻrsatkichlarga erishishi taʼminlanadi, professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar, magistr va talabalarning stajirovka hamda malakaviy amaliyotlari tashkil etiladi, tayyorlanayotgan magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari hamda bitiruv malakaviy ishlarining sifati yanada oshadi.

2.6. Professor-oʻqituvchilar, tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda amaliy yordam koʻrsatish orqali universitet ilmiy salohiyatini 35-40 % gacha oshirish. Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya ishlarini bosqichma-bosqich himoya qilishlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq dissertatsiya ishlarining himoyasi oʻz vaqtida amalga oshiriladi.

2.7. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 304-sonli qarori asosida universitetda Kengash faoliyati samaradorligini oshirish, tayanch doktorantura va doktorantura izlanuvchilarining dissertatsiya ishlari himoyasini faollashtirish.

2.8. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda falsafa doktori (Doctor of Philosopy) va fan doktori (Doctor of Science) tayyorlash tajribasini chuqur tahlil qilgan holda falsafa doktori va fan doktorlari tayyorlash, yuqori ilmiy-uslubiy va amaliy-tatbiqiy ahamiyatga ega monografiya va ilmiy maqolalar tayyorlash hamda ularni nufuzli, yuqori ipakt-faktorga ega xorijiy ilmiy jurnallarda chop etishni faollashtirish. Professor-oʻqituvchilar tomonidan ilgʻor xorijiy jurnallar uchun maqolalar tayyorlash va chop etish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv seminarlari tashkil etiladi.

2.9. “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi”ning 4.4-bandi “Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish” bandida belgilangan chora-tadbirlardan kelib chiqib dissertatsiyalar himoyasini faollashtirish. Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida yozgi taʼtil davrida viloyatlar kesimida ishchi guruh faoliyati tashkil etiladi va ushbu ishchi guruhga professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar, magistrlar va talabalar biriktiriladi.

2.10. “Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar” respublika yarmarkasida kafedralarning faol ishtirokini taʼminlash orqali xoʻjalik shartnomalari, shu jumladan “Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar” respublika yarmarkasida shartnomalar tuzishni faollashtirish.

2.11. Universitet bilan korxonalar oʻrtasida oʻzaro innovatsion-korporativ hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida kafedralar filiallarini ochish va har yili professor-oʻqituvchilarni ilmiy-amaliy stajirovkalarini tashkil etish va monitoringini olib borish.

2.12. Universitetning “GulDU Axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali faoliyatini takomillashtirish va kelgusida OAK roʻyxatiga kiritilgan xorijiy ilmiy jurnallar darajasiga erishish. Magistrantlar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish va ilmiy tadqiqotlar natijalarini chop etish maqsadida xorijiy ilmiy jurnallar tomonidan qoʻyiladigan talablar asosida maqolalar qabul qilinadi. Maqolalarni xorijiy ilmiy jurnallar tomonidan qoʻyiladigan talablarga mos ravishda chop etish yoʻlga qoʻyiladi.

2.13. Innovatsion-korporativ hamkorlik doirasida magistratura va bakalavriat bosqichi talabalarini hamkorlik oʻrnatilgan korxonalar va tashkilotlarda amaliyot oʻtishlarini kengaytirish va korxonalarda magistrlik dissertatsiya hamda bitiruv malakaviy ishlar himoyasini tashkil qilish. Bakalavriat va magistratura talabalarining korxonalar va taʼlim muassasalarida malakaviy amaliyotlari tashkil etiladi.

2.14. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi fundamental, amaliy, innovatsion, yoshlar loyihalari va xalqaro grantlar tanlovida kafedralarning faol ishtirokini taʼminlash. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi loyihalarda kafedra professor-oʻqituvchilarining faol ishtirokini taʼminlash maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Loyihalar sonini 1,5-2 martagacha oshirish choralari koʻriladi.

3. Universitet kafedralari tomonidan Oʻzbekistonda pedagogika sohasida tadqiqotlarni rivojlantirish hamda pedagogik kadrlar tayyorlash faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari va dolzarb vazifalari doirasida:

3.1. Bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik dissertatsiyalari va kurs ishlari mavzularini doimiy yangilab borish. Falsafa doktori va fan doktori dissertatsiyalari mavzularini shakllantirish (har bir kafedrada tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar sonidan kelib chiqib) va doimiy yangilab borish.

3.2. Har oʻquv yilida isteʼmolchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqib isteʼmolchi korxona, taʼlim muassasalari va tashkilotlarda mavjud muammolar oʻrganiladi. Ushbu muammolardan kelib chiqib ilmiy tadqiqotlar mavzularini yangilash boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.

3.3. Kafedralar professor-oʻqituvchilari tomonidan monografiya va risolalar chop etish hamda professor-oʻqituvchilarning kamida 2 ta maqola va 3 ta maʼruza tezislari chop etiladi. 2017-2030 yy. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, Ilmiy boʻlim, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari. Hamkorlik natijasida bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik, doktorlik dissertatsiyalar hamda kurs ishlari mavzulari yangilanadi. Professor-oʻqituvchilar tomonidan monografiya, risola hamda maqola va tezislar chop etish hajmi yanada ortadi.

3.4. Xorijiy hamkor OTM va tashkilotlar hamda diplomatik korpuslar hamkorligida Oʻzbekiston yutuqlarini xalqaro maydonda keng tushuntirish uchun xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy-amaliy anjumanlarni oʻtkazish. Diplomatik korpuslar bilan hamkorlikda anjumanlar rejasini ishlab chiqish. Xorijiy xamkorlarni jalb etish maqsadida videoroliklar, broshyura va bukletlar chop etiladi.

3.5. Universitetning iqtidorli, ibratli, odobli, Vatanga sadoqati yuqori boʻlgan talabalarining “Oltin fond”i ishini faollashtirish, kengaytirish hamda ularni Respublika talabalar fan olimpiadasida hamda Davlat stipendiyalari tanlovlarida faxrli oʻrinlarni egallashlariga erishish. Har oʻquv yilida iqtidorli talabalar tanlovini oʻtkazish orqali yuqori bilimga ega talabalar “Oltin fond”ga jalb etib boriladi.

4. Taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish.

4.1. Institutsional hamkorlik (Xalqaro ilmiy tashkilotlarga aʼzolik) - Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik miqyosini kengaytirish, bakalavr, magistrlar, ilmiy izlanuvchi, professor-oʻqituvchilar uchun almashinuv dasturlarini tuzishni yanada kengaytirish (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Rossiya, XXR va boshqa davlatlar). Xalqaro shartnomalar, oliy taʼlim sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim va shartnomalar imzolanadi va ularning bajarilishi taʼminlanadi.

4.2. Yevropa Ittifoqi va boshqa xorijiy loyihalar doirasida universitetda professor-oʻqituvchi va xodimlar almashinuvi taʼminlanadi va bu almashinuv natijasida universitet talaba va professor oʻqituvchilariga seminar-treninglar tashkil etiladi.

4.3. Ijtimoiy-madaniy hamkorlik, taʼlim xizmatlari orqali universitetning milliy iqtisodiy taʼlim nufuzini oshirish va dunyo miqyosida oʻz raqobatbardoshlik oʻrnini mustahkamlash hamda ijtimoiy-madaniy hamkorlikni kengaytirish.

Barcha prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari, xalqaro aloqalar boʻlimi. Universitetda nafaqat taʼlim, balki madaniy-maʼrifiy faoliyat xorijiy hamkorlar bilan birgalikda olib boriladi va aloqalar mustahkamlanadi.

371 | 2018-09-12 13:59
Sayt bo'ylab izlash
Virtual qabulxona
Ishonch telefonlari
0 (367) 225-41-76
Universitet rektoriga murojaat
'Huquqiy axborot' kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-02-75
Faks: (0367) 225-40-42

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!

Powered by Anvar Abduqayumov 2019
  • Kirish

    Login
    Parol
    Ro'yxatdan o'tish