Nikohni haqiqiy emas deb topişning huquqiy asoslari: sud amaliyotidagi muammolar va qonunçilikni takomillaştiriş istiqbollari

Oila jamiyatning asosiy böğini hisoblanib, uning huquqiy jihatdan mustahkamligi davlat va jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Nikoh munosabatlarining qonuniy asosda vujudga kelişi, er-xotinning huquq va majburiyatlari kafolatlanişi hamda oilaviy munosabatlarda qonuniylikni ta’minlaş oila qonunçiligining asosiy vazifalaridan biridir.

Biroq amaliyotda ayrim hollarda nikoh qonunçilikda belgilangan şartlarga rioya qilinmagan holda tuzilişi, taraflardan birining haqiqiy xohiş-irodasi mavjud bölmasligi yoki nikoh tuzişdan közlangan maqsad oila quriş bilan boğliq bölmasligi mumkin.

Bunday holatlarda nikohni haqiqiy emas deb topiş instituti şaxslarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklaşning muhim huquqiy vositasi hisoblanadi.

Şu bilan birga, mazkur toifadagi işlarni körib çiqişda nikohni haqiqiy emas deb topiş asoslarini töğri aniqlaş, taraflarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş, dalillarni har tomonlama va xolisona tekşiriş bilan boğliq ayrim muammolar mavjud.

Xususan, Oila kodeksining 49-moddasiga muvofiq, nikoh qonunçilikda belgilangan nikoh tuziş şartlari buzilganda, soxta nikoh tuzilganda, şuningdek nikohlanuvçi şaxslardan biri tanosil kasalligi yoki OIV infeksiyasi mavjudligini ikkinçisidan yaşirgan hollarda, ikkinçi tarafning talabi bilan haqiqiy emas deb topilişi mumkin.

Nikohni haqiqiy emas deb topiş faqat sud tartibida amalga oşiriladi.

Mazkur huquqiy institutning nikohdan ajratiş institutidan asosiy farqi şundaki, nikohdan ajratişda qonuniy ravişda vujudga kelgan nikoh munosabatlari kelgusida tugatiladi. Nikoh haqiqiy emas deb topilganda esa, sud tomonidan bunday nikoh tuzilgan vaqtidan boşlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Demak, nikohni haqiqiy emas deb topişda sud nafaqat oilaviy munosabatlarning mavjudligi yoki tugatilişini, balki nikohning vujudga keliş paytida qonunçilik talablariga rioya etilgan-etilmaganligini ham aniqlaşi lozim.

Sud amaliyotida uşbu huquqiy munosabat yuzasidan quyidagi muammolar uçramoqda.

Birinçi muammo – soxta nikohni aniqlaş va isbotlaş bilan boğliq.

Amaliyotda ayrim şaxslar yaşaş uçun ruxsatnoma oliş, fuqarolik, mol-mulk yoki boşqa manfaatlarga erişiş maqsadida nikohni qayd ettirişi mumkin.

Biroq nikoh qayd etilganidan keyin er-xotinning birga yaşamasligi, umumiy xöjalik yuritmasligi yoki özaro yaqin munosabatlari mavjud emasligi har doim ham nikoh soxta tuzilganligini anglatmaydi.

Çunki oilaviy hayotda turli obyektiv sabablarga köra er-xotinning alohida yaşaşi, uzoq muddatli xizmat safari, mehnat faoliyati yoki boşqa şaroitlar yuzaga kelişi mumkin.

Şu sababli sudlar nikoh qayd etilgan vaqtda taraflarning oila quriş maqsadi mavjud bölgan-bölmaganligini, ularning özaro munosabatlarini, nikohdan keyingi xatti-harakatlarini va boşqa muhim holatlarni birgalikda baholaşi lozim.

Ikkinçi muammo – nikoh tuzişga majburlaş holatlarini isbotlaş bilan boğliq.

Oila kodeksining 53-moddasiga muvofiq, majburlab tuzilgan nikoh jabrlanuvçi yoki uning qonuniy vakillari, şuningdek prokurorning arizasi asosida haqiqiy emas deb topilişi mumkin.

Biroq majburlaş faqat jismoniy tazyiq bilan çeklanmaydi. Ruhiy bosim, qörqitiş, tahdid qiliş va şaxsning erkin xohiş-irodasiga ta’sir körsatadigan boşqa holatlar ham alohida baholanişi zarur.

Mazkur holatlarni aniqlaşda guvohlarning körsatuvlari, yozişmalar, audio va videoyozuvlar, tegişli vakolatli organlarning hujjatlari hamda boşqa dalillarning ahamiyati katta.

Uçinçi muammo – nikoh haqiqiy emas deb topilişining mulkiy oqibatlarini aniqlaş bilan boğliq.

Oila kodeksining 56-moddasiga köra, haqiqiy emas deb topilgan nikoh er-xotin uçun uşbu Kodeksda belgilangan şaxsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlarni vujudga keltirmaydi. Bunday şaxslarning mulkiy munosabatlari Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.

Biroq amaliyotda nikoh davomida birgalikda orttirilgan mol-mulk, uy-joy, pul mablağlari, kredit majburiyatlari va uçinçi şaxslar huquqlariga daxldor masalalarni hal etişda murakkabliklar yuzaga kelişi mumkin.

Ayniqsa, nikohning haqiqiy emasligini bilmagan va oilaviy munosabatlar mavjudligiga işongan tarafning manfaatlarini himoya qiliş masalasi alohida ahamiyatga ega.

Yuqoridagi muammolardan kelib çiqib, nikohni haqiqiy emas deb topiş bilan boğliq qonunçilikni takomillaştiriş uçun quyidagi takliflarni ilgari suriş mumkin.

Birinçi taklif. Oila kodeksida soxta nikohni aniqlaş mezonlarini batafsilroq belgilaş maqsadga muvofiq.

Xususan, nikoh qayd etilgan paytdagi taraflarning oila quriş maqsadi, özaro munosabatlari, umumiy xöjalik yuritişga munosabati va nikohdan közlangan maqsadni aniqlaşda e’tiborga olinadigan holatlarni qonunçilikda yoki Oliy sud Plenumining tegişli tuşuntirişlarida aniqroq ifodalaş lozim.

Bu esa sud amaliyotida bir xil mezonlar şakllanişiga va nikohning soxtaligini faqat alohida, yuzaki belgilar asosida aniqlaşning oldini olişga xizmat qiladi.

Ikkinçi taklif. Nikohni haqiqiy emas deb topiş töğrisidagi işlarni körişda isbotlaş predmetiga oid masalalarni aniqlaştiriş zarur.

Bunda nikoh tuzilgan vaqtdagi taraflarning xohiş-irodasi, nikohdan közlangan maqsad, majburlaş holatlari hamda nikoh tuziş şartlarining buzilganligi kabi holatlarni aniqlaşga alohida e’tibor qaratiş lozim.

Uçinçi taklif. Oila kodeksining 56-moddasida nikohning haqiqiy emasligini bilmagan va bilişi lozim bölmagan, halol harakat qilgan er yoki xotinning mulkiy manfaatlarini himoya qiliş kafolatlarini yanada aniqlaştiriş maqsadga muvofiq.

Bunda bunday şaxsning nikoh haqiqiy emas deb topilgunga qadar orttirilgan mol-mulkka qöşgan hissasi, yetkazilgan zarar va boşqa qonuniy manfaatlarini himoya qiliş mexanizmlarini belgilaş zarur.

Törtinçi taklif. Nikoh haqiqiy emas deb topilgan taqdirda ham undan tuğilgan bolalarning huquqlari töliq himoya qilinişini ta’minlaşga qaratilgan qonun normalarini qöllaş böyiça sud amaliyotini takomillaştiriş lozim.

Yuqorida ilgari surilgan takliflarning amalga oşirilişi natijasida:

nikohni haqiqiy emas deb topiş asoslarini aniqlaşda sud amaliyotining bir xilligi ta’minlanadi;

soxta nikoh va majburlab tuzilgan nikoh holatlarini aniqlaş mexanizmlari takomillaşadi;

dalillarni baholaşda yuzaki yondaşuvlarning oldi olinadi;

nikoh haqiqiy emas deb topilişidan manfaatdor bölmagan halol tarafning mulkiy huquqlari himoyasi kuçayadi;

nikohdan tuğilgan bolalarning qonuniy manfaatlari işonçli himoya qilinadi;

oilaviy munosabatlarda qonuniylik va huquqiy aniqlik mustahkamlanadi.

Xulosa örnida, nikohni haqiqiy emas deb topiş instituti oilaviy munosabatlarda qonuniylikni ta’minlaş, nikoh tuziş şartlari buzilgan holatlarda şaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini tiklaşga xizmat qiladi.

Mazkur toifadagi işlarni sudlarda körib çiqişda nikohni haqiqiy emas deb topiş uçun qonunda nazarda tutilgan asoslarning mavjudligini har tomonlama aniqlaş, taraflarning haqiqiy xohiş-irodasini baholaş va iş uçun ahamiyatli barça dalillarni özaro boğliqlikda tekşiriş muhim ahamiyatga ega.

Şu bois qonunçilikda soxta nikohni aniqlaş mezonlarini aniqlaştiriş, halol tarafning mulkiy huquqlarini himoya qiliş mexanizmlarini kuçaytiriş hamda sud amaliyotiga oid tuşuntirişlarni takomillaştiriş bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

D.Burxonov

Sirdaryo viloyat sudining sudyasi 



Ijtimoiy tarmoqlarda baham köring

Studentmisiz?