Filologiya fakulteti
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Filologiya fakulteti

Filologiya fakulteti 2001 yildan buyon faoliyat ko‘rsatadi. Fakultet o‘zbek til va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, ingliz tili va adabiyoti va qozoq tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha viloyat va respublikaga kadrlarni tayyorlaydi.

FAKULTET MA’MURIYATI:

Filologiya fakulteti dekani: Filologiya fanlari doktori, dotsent Sharipov Fazliddin Galiyevich

Qabul vaqti:Dushanba, Chorshanba, Juma kunlari soat 15:00 dan 17:00 gacha

Telefon:(+99897) 278-74-16

E-mail: f_sharipov@umail.uz

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari:

Rashidov Ashurali Suyunovich

Tilavoldiyev Otabek Xusanbayevich

Qabul vaqti: Har kuni soat 9-00 dan 17-00 gacha

Telefon: (+99897) 777-14-28 (+99897) 277-83-26

E-mail: otabektkh@gmail.com ashirali9490gmail.com

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari:

Axrorov Alisher

Qabul vaqti: Dushanba, seshanba, payshanba, juma kunlari soat 14:00 dan 17:00 gacha

Telefon:(+99893) 325-1626

E-mail: ahrorovalisher@umail.uz

Fakultet kafedralari:

-Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi

-O‘zbek tilshunosligi kafedrasi

- O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi

-Rus tili va adabiyoti kafedrasi

-Fakultetlararo chet tillar kafedrasi

Fakultet quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:

5111400 – Xorijiy tili va adabiyoti: ingliz tili

5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti

5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: qozoq tili

5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili

5111300 – Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda

Bugungi kunda fakultetning moddiy-texnik va laboratoriya bazasi kengaydi: 2 ta kompyuter sinfi, 1 ta audio-video sinfi, faoliyat ko’rsatmoqda.

Fakultet professor-o‘qituvchilari o‘quv jarayoniga yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni tadbiq etish borasidagi ishlarda faol qatnashishmoqda. Professor-o‘qituvchilar yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratmoqdalar. Respublika va xorij o‘quv yurtlari bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Bular jumlasiga, Pushkin nomli Moskva pedagogika universiteti, Balashovo universiteti, Kembrij universiteti (Angliya), Chimkent universiteti (Qozog‘iston), O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti, O‘zMU, SamDU, TDPU, TDJTU kiradi. Fakul’tet professor-o‘qituvchilari Rossiya milliy markazi, Gyote institutlari bilan hamkorlik o‘rnatishgan.

Fakultet kafedralarida dolzarb ilmiy mavzularda tadqiqot ishlari olib borilmoqda: “Chet tili o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda distansion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodlari”, “O‘zbek tili va adabiyoti fanining dolzarb muammolari”, “Ingliz tilini o‘qitishda informatsion texnologiyalar orqali kommunikativ ta’limning uzluksizligini ta’minlash”, “Uzluksiz ta’lim tizimida rus tili va adabiyotini o‘qitishning dolzarb masalalari”, “Qozoq tili va adabiyotining dolzarb muammolari va o‘qitish metodikasi” kabi ilmiy muammolar shular jumlasidandir.

Fakultetda "Yosh olimlar kengashi" bilan birga mavjud kafedralarning barchasi qoshida Kichik maktab va fan to‘garaklari faoliyat olib bormoqda. “Yosh adabiyotshunos”, “Yosh she’rshunos”, “Yosh tilshunos”, “Yosh sharqshunos”, “Slovestnik”, “Russkoe slovo, “Learning English”, “Scientific English”, “Das kann ich auf Deutsch”, “Yosh adabiyotshunoslar”, “Deutsch als Frembsprache”, “Reading club”, “Speaking club”,"Til markazi" kabi to‘garak va klublarga iqtidorli talabalar jalb qilingan bo‘lib, ularning ilmiy izlanishlari natijalari to‘plam holida muntazam ravishda nashr qilinib kelinmoqda.

13596 | 2017-12-26 18:12
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->