Pedagogika fakulteti
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Pedagogika fakulteti

Fakultet dekani: Komilov Jamoliddin Karimjonovich

Qabul vaqti: Haftaning ish kunlari, soat 14-00, 16-00

Telefon: +99 (867) 350-33-03, +99(897) 277-40-90

E-mail: jamoliddin1970@mail.ru

 O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari: Egamov Umidjon Shavkatovich

Qabul vaqti: Haftaning ish kunlari, soat 14-00,16-00

Telefon:+99 (867) 350-33-03, +99(897)275-11-26

E-mail: egamoffu@yandex.ru

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari: Kenjayev Shavkat

Qabul vaqti: Haftaning ish kunlari, soat 14-00,16-00

E-mail: kenjaev_sh@umail.uz

Fakultet kafedralari:

Boshlang'ich ta'lim metodikasi

Maktabgacha ta'lim

Texnologik ta’lim

Pedagogika va psixologiya

Bugungi kunda Pedagogika fakultetida 6 ta bakalavr ta’lim yo’nalishi bo’yicha Respublika va viloyatimizga pedagog kadrlarni tayyorlanmoqda:

5111700-Boshlang’ich talim metodikasi

5111800-Maktabgachata’lim

5112100-Mehnat ta’limi

5110900-Pedagogika va psixologiya

5210203-Psixologiya (Amaliy psixologiya)

5210200-Psixologiya (Rossiyaning Qozon Federal universiteti bilan qo`shma dastur asosida)

Uchta magistratura yo`nalishi:

5A111701-Ta`lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi (Boshlang`ich ta`lim)

5A111801-Ta`lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi (Maktabgacha ta`lim)

5A 110902-Pedagogika va psixologiya

Pedagogika fakulteti 1977 yilda Pedagogika va boshlang’ich ta’lim metodikasi nomi bilan tashkil topgan. Shu kunga qadar pedagogika fakulteti tarkibida minglab o’qituvchi xodimlar tayyorlanib, ular respublika va viloyatimiz ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borishmoqda. Fakultetga yillar mobaynida Ch.Niyatov, G`.Samadov, H.Abdukarimov, R.Ergashev, J.Komilov, H.Yodgorov M.Mamatqulovlar boshchilik qilishgan.

2018 yilning noyabr oyidan Pedagogika fakultetini dekan sifatida p.f.n., dotsent J.K.Komilov boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida fakultetda ta’lim sifatini yaxshilash, talabalar o’rtasida ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari samardorligini oshirish borasida na’munali ishlar yo’lga qo’yilmoqda. Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish, o’qitishning innovatsion texnologiyalarini qo’llash bo’yicha ilg’or tajribalar keng miqyosida ommalashtirilgan. Ko’plab iqtidorli talabalar davlat stipendiyasi, “Zulfiya” mukofati sovrindori, badiiy-ko’rik tanlovlari g’olibi, Xalqarova respublika musobaqalari sovrindorlari bo’lib yetishgan. Jumladan, “BT va STI” yo’nalishining 4-kurs talabasi Muroddinova Nilufar 2019-2020 o’quv yilida “Islom Karimov” nomidagi Davlat stipendianti bo’ldi. U hozirda B.Rahimov rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. “ BT va STI” yo’nalishining 3-kurs talabasi À. Turdiyev 2018 yil Indoneziyada o`tkazilgan 18-osiyo o`yinlarida akademik eshkak eshish bo`yicha osiyo o`yinlarida sovrindor, 2019 yil Koreyaning Jun Ju shahrida Osiyo chempionati, akademik eshkak eshish bo’yicha oltin va kumush medal sohibi bo`lgan. “BT va STI” yo`nalishining 1-bosqich talabalari SH.Tursunmurotova va V.Berdiqulova 2019 yil Bolgariyada o`tkazilgan shashka bo`yicha jahon chempionatida oltin medal sohibalari bo`lishgan.

Fakultet tasarrufida 2018/2019 o`quv yilidan boshlab 5À 5111701- “Ta`lim tarbiya nazaryasi va metodikasi” (Boshlang`ich ta`lim) va 5À111801- “Ta`lim tarbiya nazaryasi va metodikasi” (Maktabgacha ta`lim) yo`nalishlarida magistratura yo`nalishi faoliyatini boshlagan. 2019/2020 o`quv yilidan 5À 110902-“Pedagogika va psixologiya” yo`nalishi bo`yicha magistratura yo`nalishi faoliyat korsatmoqda. 2019/2020 o`quv yilidan 5210200- “Psixologiya” (Rossiyaning Qozon Federal universiteti bilan qo`shma dastur asosida) ta`lim yo`nalishi faoliyatini boshladi. 2019/2020 o`quv yilidan fakultet tarkibida ”Texnologik ta`lim” va “Maktabgacha ta`lim” kafedralari tashkil etildi.

 Fakultet tasarrufida quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:

-Boshlang’ich ta’lim metodikasi

-maktabgacha ta’lim

-Pedagogika va psixologiya

-Texnologik ta`lim

15484 | 2017-12-29 12:27
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->