Fizika kafedrasi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Fizika kafedrasi

Êafedra mudiri :Ashirov Shamshidin Annazarovichkafedralar/fizika.jpg

Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (yakshanbadan tashqari)

Telefon: +998 (94) 3531962

E-mail: Sh.ashirov62@mail.uz

Kafedra bosh ilmiy mavzusi: «Quyosh energiyasidan xalq xo’jaligida foydalanish», «Yangi tipdagi yarimo’tkazgichli qotishmalardan tayyorlangan fotoelementlarning elektrofizik, fotoelektrik xossalarini o’rganish».

Kafedra tarixi.

Kafedra 1972-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda “Fizika” kafedrasi Guliston davlat universiteti “Fizika-matematika” fakulteti tarkibidagi 3 ta kafedralardan biri sifatida faoliyat ko`rsatmoqda. Kafedrada jami 19 nafar professor o`qituvchi faoliyat yuritadi. Shulardan kafedrada 1 ta professor, 6 ta dotsent, 2 ta katta o’qituvchi va 6 ta o’qituvchi va 4 nafa doktorant faoliyat ko’rsatmoqda. To`liq shtatda 15 nafar, 0,5 shtatda 2 ta, 0,25 shtatda 2 ta professor o`qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqdalar. Kafedra professor-o`qituvchilarning  o`rtacha yoshi 54. Ilmiy salohiyat 58 % ni tashkil etadi.

Kafedrada bakalavriat va magistratura ta’lim yo’nalishlari mavjud. Fizika kafedrasi 5140200, -Fizika yo’nalishi bo’yicha bakalavr mutaxassislar tayyorlaydi. 5A140202, -Fizika yo’nalishi bo’yicha magistirlar tayyorlaydi. 2019 yildan boshlab kafedrada 5A140208 (qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqarir atrof muhit fizikasi) magistratura ta’lim yo’nalishi tayyorlamoqda.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar: (Yaratilgan o’quv-uslubiy adabiyotlar) “Mexanika”, “Molekulyar fizika”, “Elektr va magnetism”, “Optika”, “Atom fizikasi”, “Atom yadro va elementar zarralar fizikasi”, “Elektrodinamika”, “Umumiy fizika”, “Nazariy mexanika”, “Kvant mexanika”, “Fizika tarixi”, “Radioelektronika”, “Termodinamika va statistik fizika”, “Elektrotexnika va maktab kabinetlarida elektr qurilmalari”, “Al va KHK larda fizikadan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tish”, “Qattiq jismlar fizikasi”, “Yarim o’tkazgichlar fizikasi”, “Geliofizika”. Ushbu fanlar bo’yicha hozirgi vaqtda adabiyotlar ta’minoti yetarli darajada. Bu adabiyotlar tarkibiga darslik, o’quv qo’llanmalari, o’quv-uslubiy majmualar, ma’ruza matnlari, TMI ishlanmalari, o’quv adabiyotlarining elektron variantlari, virtual va animatsion ishlanmalar va boshqa OO’Yu laridan olib kelingan o’quv-uslubiy manbalar kiradi. Kafedra fanlarini o’qitish yangi pedagogik texnologiyalar va AKT asosida amalga oshiriladi.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar: Kafedra a’zolari quyidagi muammolar bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar: «Quyosh energiyasidan xalq xo’jaligida foydalanish», «Yangi tipdagi yarimo’tkazgichli qotishmalardan tayyorlangan fotoelementlarning elektrofizik, fotoelektrik xossalarini o’rganish». Êàôåäðà ¢қèòóâ÷èñè 2020 éèëäà Òóðñóíìàõàòîâ Êàõðàìîí 01.04.08 “Àòîì ÿäðîñè âà ýëåìåíòàð çàððàëàð ôèçèêàñè. Òåçëàòãè÷ëàð òåõíàêèñè” ìóòàõàññèñëèãè á¢éè÷à “Ïåðèôåðèàë ÿäðîâèé çàðÿäëàíãàí çàððàëàðíè óçàòèø ðåàêöèÿñèíèíã àñèìïòîòèê íàçàðèÿñè âà óíèíã ÿäðîâèé àñòðîôèçèêàäà қ¢ëëàíèëèøè” ìàâçóñèäà äèññåðòàöèÿíè õèìîÿ қèëäè âà ôèçèêà-ìàòíìàòèêà ôàíëàðè á¢éè÷à ôàëñàôà äîêòîðè (PhD) èëìèé äàðàæàñèíè îëäè.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar va hamkorlik aloqalari: Kafedra a’zolari shu kunlarda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun asosida o’qitish jarayonini zamonaviy talablar darajasida shakllantirilishi va zamonaviy pedagogik texnologiya, dars jarayonida AKT dan foydalanish bo’yicha ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshirmoqdalar. O’quv dasturlarini ko’rib chiqish, yangi o’quv qo’llanmalarini yaratish, o’quv jarayoniga yangi uslubiy texnologiyalarni kiritish ustida ishlar olib bormoqda.

Ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish va magistrlar tayyorlash yuzasidan kafedra quyidagi O’zFA institutlari va oliy o’quv yurtlari bilan ilmiy aloqalar yo’lga qo’yilgan: O’zFA Fizika - Quyosh fizikasi IICh birlashmasi Fizika –texnika instituti. O’zFA Yadro fizikasi instituti. O’zFA Elektronika instituti. O’zbekiston Milliy universiteti. Qarshi davlat universiteti. O’sh davlat universiteti. Samarqand davlat universiteti. Toshkent davlat pedagogika universiteti. Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti. Rossiya federatsiyasining Dubno shahridagi Yadro fizika instituti.

Kafedra manzili: Guliston shahar 4-mavze, GulDU, Fizika-matematika fakulteti, 4-qavat 411-xona «Fizika» kafedrasi.

9501 | 2017-12-29 11:23
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->