Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Fuqaro va mexnat muxofazasi bo’limi

Bo’lim boshlig’i: Nazarov Komil

Qabul vaqti: Har kuni (9:00 dan   15:00 gacha)

Telefon: +99899-8774599

Elektron pochta:

Bo’limining asosiy vazifalari:

1. Mehnatning sog’lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil qilish va takomillashtirish.

2. Sog’lom va xavfsiz mehnat sharoiti hamda  o’quv - tarbiya jarayoni bo’yicha meyoriy-texnikaviy hujjatlar va huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishini ta’minlash.

3. Mehnat muhofazasi, o’t o’chirish, radiatsiya xavfsizligi qoida va me'yorlariga  amal qilishi va ular bajarilishini, xonadagi havoning shuningdek, atrof-muhitning holatini nazorat qilishni amalga oshirish.

4. Mehnat muhofazasi boshqarmasi tizimiga MIXX Davlat standarti, mehnat va o’quv standartlarini joriy qilish.

5. Mehnat va o’quv sharoitini malakali tekshirishni joriy qilish va o’tkazish.

6. Jarohatlanish, kasbiy va ishlab chiqarish bilan bog’liq kasallanishlar oldini olish maqsadida sog’lomlashtirish ishlarini tashkil qilish va o’tkazish.

7. Mehnatni muhofaza qilish meyoriy hujjatlarni  mehnatning xavfsizligi, standartlariga muvofiq tuzish va takomillashtirish.

8. Ilg’or tajriba o’quvchilar va ishlovchilar mehnati muhofazasi bo’yicha ilmiy ishlanmalarni o’rganish, umumlashtirish va joriy etish.

9. O’quvchilar o’rtasida o’quv-tarbiya jarayonini, ishlovchilar mehnatining xavfsiz va sog’lom sharoitini yaratish, baxtsiz hodisalar hamda o’quv yurtlarida kasbiy kasalliklar oldini olish ishlarini tashkil etishni muntazam suratda takomillashtirish.

10. Mehnat  xavfsizligi talablari  qattiqroq  so’raladigan ishlarni  bajariladigan xodimlarning mehnat xavfsizligi  bo’yicha o’qishini, mehnat   muhofazasi bo’limi  (byurosi) kasaba  uyushmasi rahbarligida mehnat muhofazasi sohasida  injener – texnik  xodimlar malakasini oshirishni tashkil etish va o’tkazish.

11. Qo’shimcha ta`til  olish, qisqartirilgan ish kuni, lavozim maoshlar 12 % oshirishga, davo- profilaktik ovqatlanish, sut yoki shunga teng boshqa oziq – ovqat mahsulotlari, sovun olishga haqi bo’lgan ishlab chiqarish, kasb va lavozimlar ro’yxatini tuzish va tasdiqlashga taqdim etish.

12. Ishchi va xizmatchilarni  maxsus poyabzal va boshqa individual himoya vositalari bilan ta’minlash tartibi haqidagi yo’riqnoma asosida maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa  indvidual  himoya   vositalariga  buyurtma tuzish va taqdim  etishni tashkil etish.

13. Sanitariya – epidemologiya stansiyalaridan  olingan ma’lumotlar, asosan,  vaqti – vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tib turish kerak bo`lgan shaxslarning  nomma – nom ro’yxatini tuzish.

14. Kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda mehnat muhofazasining  ahvolini  ma’muriy – jamiyat nazorat qilish, mehnat muhofazasi bo’yicha  jamoat ko’rigini o’tkazish.

15. Injener – texnik  xizmat xodimlarida ishlab chiqarishda ro’y bergan baxtsiz hodisalarni to’g’ri va vaqtida tekshirish mas'uliyati, baxtsiz hodisalar sabablarini tahlil qilish, ishlab chiqarishda jarohatning oldini olish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqarish va amalga oshirishda ishtirok etish.

16. O’quv yurti bo’yicha asbob – uskuna, mashina, mexanizm, ventilyatsiya tizimlari, elektrkuchlanish, isitish, gaz va kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlarini tozalashga ko’rsatmalar berish.

17.Mehnatni muhofoza qilish  bo’yicha belgilangan tartibda bo’lim va fakultetlarda yo’l-yo’riqlar berilishini nazorat  qilish.

FM BO’LIM BOSHLIG’IGA YUKLATILADI:

 

-   Guliston davlat universiteti FM shtabi va boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda universitet FM rejasini ishlab chiqish, ushbu rejani o’rnatilgan tartibda amalga oshirish;

-   boshqaruvni tashkillashtirish, aloqa va ogohlantirish va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda professor – o’qituvchi , talabalar va ishchi xizmatchilarni muhofazasini tashkillashtirish va yetkaziladigan zararlarni kamaytirish;

-   shaxsiy tarkibni maxsus kiyim va himoya vositalari bilan ta’minlash;

-   favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda shaxsiy va jamoa himoya vositalari bilan ta’minlash;

-   favqulodda vaziyatlar paytida shaxsiy tarkibni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

-   favqulodda vaziyatlar paytida evakuatsiya qilingan shaxsiy tarkibni xavfsiz hududga ko’chiriladigan aholini yig’ilish punktda joylashtirish va FM rejasiga asosan boshqarishni tashkil qilish;

-   FM tadbirlarini mukammal o’tkazilishini tashkillashtirish;

-   universitetda porfessor-o’qituvchilar, talabalar va ishchi-xizmatchilarni , FM bo’yicha maxsus mavzular asosida o’qitilishini tashkillashtirish;

-   favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlari o’tkazish va universitetda o’quv faoliyatini yaxshilash;

-   hozirgi kun talablari sharoitlarida FM bo’yicha hukumat talabnomalarini bilish;

-   FM bo’yicha huquqiy-me'yoriy hujjatlar talablarini bilish;

-   universitet  FM bo’lim  boshlig’i o’ziga yuklatilgan majburiyatlarni bilish va amal qilish;

-   radiatsiyadan muhofaza qilish va uni o’tkazish rejalarni ishlab chiqish va amalga tadbiq qilish;

-   aloqa va xabar berish ishlarni tashkillashtirish va o’tkazish;

-   boshqaruv tarkibi, ishchi xizmatchilar va tuzilmalarni favqulodda vaziyatlar paytida harakat qilishga o’rgatish;

-   qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni tashkil qilish va o’tkazish;

Guliston Davlat Universiteti 

12669 | 2017-12-29 13:54
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023