Vazir o‘rinbosari Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdi
15-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Prezidentimizning “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarori (14.02.2025 y.) ijrosi yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O.Murodov va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.Sharipovlarning amalga oshirayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlari tinglandi.
S.Buzrukxonov universitetdagi
“Kelajakka qadam” markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi, bitiruvchi talabalarining
bandligi masalasida mavjud muammolarni o‘rgandi va ularni hal etish bo‘yicha
amaliy taklif va topshiriqlar berdi.
Vazir o‘rinbosari bitiruvchi yoshlar
bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning ishga joylashish, kasbiy rivojlanish,
shuningdek o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish borasidagi fikr va
takliflarini tingladi, bitiruvchilar tomonidan taqdim qilingan innovitsion
ishlanmalar bilan tanishdi, mazkur loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan
tavsiyalar berdi.
Ochiq muloqotda Sirdaryo viloyati
“O‘zmilliybank”, Bandlik boshqaramalari vakillari tomonidan qaror yuzasidan
takliflari tinglandi.
“Kelajakka qadam” markazi –
bitiruvchilarning mustaqil hayotga dadil qadam tashlashi, kasbiy faoliyatda
muvaffaqiyatli bo‘lishi va yangi ish o‘rinlari yaratishiga ko‘maklashuvchi
muhim maydon hisoblanadi.
Tashrif yakunida vazir o‘rinbosari bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha universitet rahbariyatiga aniq vazifalar yukladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
